A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Miqdor va sifatning bog‘liqligi qonuni



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Miqdor va sifatning bog‘liqligi qonuni. 
Olamning mavjudligi 
— miqdor va sifat voqeligi tarzida ham namoyon bo‘ladi. Bu- 
ning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilar- 
li bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, 
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash 
yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
116


Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z 
sifati bilan ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi 
muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini 
ifodalaydi. Sifat narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha ko‘rsatib 
beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bog‘liqlikda namoyon 
qiladi.
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nis- 
biy barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligi yoki o‘xshamasligini 
ifodalaydi. U keng m a’noda narsalarning turli-tum an xossalari 
yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tu- 
shunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi, muqarrar sur’atda, xossa- 
ning o‘zgarishiga olib keladi. Biroq xossaning o‘zgarishi har doim 
sifatning o‘zgarishiga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalar­
ning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo'lib ketishi mumkin. Sifat 
predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy 
tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi, 
o‘lchovi, ogMrligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsifla- 
nadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy to- 
monga ega. Chunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash 
va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xu- 
susiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar 
taraqqiyoti, m ehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan 
ham farq qiladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. 
Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo‘lgan, ya’ni sifati 
bo‘lib miqdori, miqdori bo‘lib aksincha, sifati bo‘lmagan nar­
saning o‘zi yo‘q.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog'liqligi me’yor tushun- 
chasida ifodalanadi. Me’yorning buzilishi predmet mavjudligi 
mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xos- 
dir. Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘rtasida qat’iy 
qonuniyat mavjud bo‘lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: 
miqdoriy o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq 
holatda muayyan tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu 
holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi sodir
117


bo‘ladi. Olamdagi barcha o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘ladigan 
miqdor o‘zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishlari muay­
yan chegarada sifatning barqarorligiga ta’sir etmaydi. Miqdoriy 
o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buzi- 
ladi. Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Taraqqiyot 
jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi 
bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi. 
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas 
bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xususiyat- 
larga ham ega. Chunonchi:
— birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. 
Hatto hodisalar sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miq­
doriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat o‘zgarishlariga 
o‘tish faqat m a’lum bir davrda boshlanadi;
— ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsa- 
larga muhim ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 
100° gacha suyuqlik holatini yo‘qotmaydi, keyin esa bug‘ga ayla- 
nadi, sifatini o’zgartiradi. Demak, sifat o‘zgarishlari hodisalarni 
tubdan o‘zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo 
qiladi;
— uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi 
va ko‘p hollarda sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha 
tez, ayrim holatda to‘satdan sodir bo‘ladi;
— to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qa- 
raganda tub o‘zgarish bo‘lib hisoblanadi.
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo'ladigan si­
fat o'zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bo‘lib, taraqqi- 
yotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez o‘tadigan ja- 
rayondir.
Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda 
uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalar- 
ning uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz 
rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy 
ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan ho- 
latgina emas, balki yangi sifat elementlari ko‘payishi orqali yuz 
beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
118


Sakrashning turlari o‘z xarakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda 
xilma-xil bo‘lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraq- 
qiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos tomoni shuki, bu sakrash- 
lar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni 
o‘rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amal- 
ga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki turga bo‘lish mumkin: bi- 
rinchisi — portlash yo‘li bilan bo‘ladigan sakrashlar, ikkinchisi 
sekin-asta, tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi tur 
sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda nar­
sa va hodisalarning yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz 
beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab 
yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining as- 
ta-sekin yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin 
to'planishi natijasida yangi sifat paydo bo‘ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega:
— birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan 
obyektiv va qonuniy jarayondir;
— ikkinchidan, 
sakrash tadrijiylikning uzilib, 
miqdor 
o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir;
— uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos 
keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli paydo bo‘ladigan 
ziddiyatlarni hal qilishdir;
— to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab bo- 
rishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish 
sharoitiga bog‘liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli 
shakllarda sodir bo‘ladi. H ar bir narsa, hodisa o‘zining aniq inkor 
qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miq­
dor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir 
bo‘ladigan jarayonlardan iborat.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish