A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Karimov I.A. Yusak m a’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: M a‘naviyat, 2008



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

1 Karimov I.A. Yusak m a’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: M a‘naviyat, 2008.
- B. 5 5 -5 6 .
306


lar saodatli um r kechirishni istasa, xalq kelajagi porloq bo‘lishini 
o‘ylasa, mamlakat tinchlik va barqaror taraqqiyotni maqsad qil­
gan bo‘lsa tarbiya, tarbiya va yana tarbiya masalasi dolzarb bo‘lib 
qolaveradi. Zero, ulug‘ ajdodimiz A.Avloniy ta ’kidlaganidek: 
«Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, 
yo saodat — yo falokat masalasidir».
Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari. 
Bugun shid- 
dat bilan rivojlanib borayotgan taraqqiyot zamonning o‘zgarishiga 
unga mos ravishda jamiyat a’zolariga bo‘lgan talablarning 
o‘zgarishiga olib keldi. Shu munosabat bilan inson hayotiga, 
uning turmush tarziga turli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi yangi 
tushunchalar kirib kelayapti. Ayniqsa, xususiy mulkchilik paydo 
bo‘lgach, tafakkurimizda, ongimizda juda ko‘p o‘zgarishlar ro‘y 
berdi. Zamon talablariga javob berishning bir ko‘rinishi sifatida 
turmush tarzimizga «Nikoh shartnomasi» degan atama ham kirib 
keldi. Aslida bu ko‘proq G ‘arb olamiga xos bo‘lib, u yerda turmush 
qurgan paytda er-xotin o‘rtasida nikoh shartnomasi tuziladiki, bir 
yil yoki ikki yildan so‘ng ajralishsa qancha tovon to‘lanadi yoxud 
farzand bo‘lsa yoki bo‘lmasa qancha tovon to‘lanishi va boshqalar 
lozimligi haqida oldindan kelishib olinadi. Yoxud o‘rtadagi mulk 
kimga tegishli bo‘lishi xususida avvaldan belgilab qo‘yiladi.
Nikoh shartnomalari (inglizcha «marriage kontrakt») hozirgi 
davrda G ‘arbiy Yevropa davlatlarida, AQSH, Kanadada keng om- 
malashgan. Bu tadbir, dastlab ming yillar ilgari Gretsiya va Rimda 
kelib chiqqan, ya’ni erkak va ayol nikoh tuzishdan avval mulkiy 
munosabatlari - kelgusida orttiradigan mulk va meros masalalari 
haqida kelishuvni rasmiylashtirishgani haqida ma’lumotlar mav­
jud. Dastlab biz uchun g‘ayritabiiy tuyilgan ushbu holat bugun­
gi kunda hayotimizdan o‘rin olmoqda. Bizning jamiyatimizda 
nikoh shartnomasi avvalo, mentalitetimizdan kelib chiqqan hol­
da, birinchi navbatda ayolni himoya qilishga qaratilgan. Chunki 
aksariyat ayollarimiz o‘z haq-huquqlarini yaxshi bilishmaydi, 
ajrashmoqchi bo‘lgan chog‘ida bolalarini yetaklagancha, «uyingni 
yelkamning chuquri ko‘rsin» deb chiqib ketaverishadi. Bizning 
tushunchamizda erkak kishi mardlarcha bola-chaqasiga mol- 
mulkni qoldirib (agar kelin-kuyov qaynona-qaynotasi bilan emas,
307


alohida yashayotgan bo‘lsa) yelkasiga choponini tashlab chiqib 
ketishi lozim, deyiladi. Biroq ayrim hollarda buning aksiga duch 
kelayapmiz.
Shu bois, bugungi kunda nikoh shartnomasi dolzarb masala 
hisoblanadi. Nikoh shartnomasining axloqiy ahamiyati shundaki, 
u mulkiy munosabatlarni tartibga solish orqali oilani mustahkam- 
laydi, er-xotinni bir-biriga tegishli mulkdan to‘g‘ri foydalanish- 
ga va uni yaxshi saqlashga, mulkiy majburiyatlarini o‘z vaqtida 
bajarishga undaydi va shu bilan birgalikda fuqarolarning axlo­
qiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, sud 
orqali mulkni bo‘lishdek ko‘ngilsiz tortishuvlarning oldini oladi. 
FHDYO xodimlari va notariuslar tomonidan huquqiy targ‘ibot- 
ning kuchaytirilishi, nikohlanuvchilarning nikoh shartnomalari 
qoidalari bilan tanishtirilishi kelgusida nikoh shartnomalarining 
rivojlanishi va oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni bar- 
taraf etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish