Bog'liq Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va
1- rasm.
Manbadan qabul qilgichga ta’sir uzatishning mumkin bo‘lgan ikki usuliga muvofiq ravishda, yorug‘likning o‘zi nima, uning tabiati qanday, degan masalaga oid mutlaqo har xil ikki nazariya paydo bo‘ldi va rivojlana boshladi. Bu nazariyalar XVII asrda qariyb bir vaqtda paydo bo‘ldi.
Bu nazariyalardan biri Nyuton nomi bilan, ikkinchisi esa Gyuygens nomi bilan bog‘liq.
Nyuton yorug‘likning korpuskular1nazariyasi ijodchisi edi. Bu nazariyaga ko‘ra, yorug‘lik — manbadan har tarafga tarqaluvchi zarrachalaroqimidan(moddaning ko‘chishidan) iborat.
Gyuygensning tasavvurlariga ko‘ra, yorug‘lik alohida, faraziy muhitda — butun fazoni to‘ldiruvchi va barcha jismlarning ichiga singuvchi efirda tarqaladigan to‘lqindan iborat.
Ikkala nazariya ham alohida-alohida holda uzoq vaqt mavjud bo‘lib keldi. Ularning hech biri ham ikkinchisi ustidan g‘alaba qozona olmadi. Nyutonning obro‘sigina ko‘pchilik olimlarni korpuskular nazariyani afzal ko‘rishga majbur etdi. Yorug‘lik tarqalishining o‘sha vaqtda tajribadan ma’lum bo‘lgan qonunlarini ikkala nazariya ham ma’lum darajada muvaffaqiyat bilan izohlab berar edi.
Yorug‘lik dastalari fazoda o‘zaro kesishganda bir-biriga hech qanday ta’sir etmasligining sababini korpuskular nazariya asosida izohlab berish qiyin edi. Yorug‘lik zarrachalari o‘zaro to‘qnashib, har tarafga sochilishi kerak-ku, axir.
Òo‘lqin nazariya buni oson izohlab bera olar edi. Masalan, suv betidagi to‘lqinlar bir-biri orqali bemalol o‘tadi va bunda ular o‘zaro ta’sir etmaydi.
Ammo yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini va buning natijasida aniq soyalar hosil bo‘lishi sababini to‘lqin nazariya asosida izohlab berish ancha qiyin edi. Korpuskular nazariyaga ko‘ra esa yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishi inersiya qonunining natijasi deb qaralar edi.
Yorug‘likning tabiati to‘g‘risidagi bunday nomuqim ahvol XIX asrning boshigacha, yorug‘lik difraksiyasi (yorug‘likning to‘siqlarni aylanib o‘tishi) va yorug‘lik interferensiyasi (yorug‘lik dastalari bir-biri ustiga tushganda yoritilganlikning kuchayuvi yoki zaif- lashuvi) hodisalari kashf etilgan vaqtgacha davom etib keldi. Bu
1 Lotincha „korpuskula“ — „zarracha“ demakdir.
5
hodisalar faqat to‘lqin harakatlar uchun xos. Ularning sababini korpuskular nazariya asosida izohlab bo‘lmaydi. Shu sababli to‘lqin nazariya uzil-kesil va to‘la g‘alaba qilgandek bo‘ldi.
Bunday ishonch XIX asrning ikkinchi yarmida Maksvell yorug‘lik elektromagnit to‘lqinlarning xususiy holi ekanligini ko‘rsatgandan keyin ayniqsa mustahkamlandi. Maksvellning ishlari yorug‘likningelektromagnitnazariyasigaasos bo‘ldi.
Gers elektromagnit to‘lqinlarni tajribada aniqlagandan keyin yorug‘likningto‘lqinkabitarqalishigahech qanday shubha qolmadi. Bunga hozir ham shubha yo‘q.
Ammo XX asr boshida yorug‘likning tabiati to‘g‘risidagi tasavvurlar tubdan o‘zgardi. Rad etilgan korpuskular nazariya har holda haqiqatga yaqin ekanligi to‘satdan ma’lum bo‘lib qoldi.
Yorug‘likning uzlukli ekanligi, ya’ni unda kvant xossalari borligi payqaldi.
Nuqtaviy yorug‘lik manbayidan yorug‘lik hamma tomonga tarqaladi va atrofdagi jismlarga tushib, ularni isitadi. Yorug‘lik ko‘zimizga tushib, ko‘rish tuyg‘usi hosil qiladi va biz ko‘ramiz.
XX asrning boshlariga kelib, yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi asosida tushuntirish mumkin bo‘lmagan hodisalardan fotoeffekt va jismlar nurlanishi kashf qilindi. 1900- yilda nemis fizigi Plank tomonidan yorug‘likning kvant nazariyasi yaratildi. Yorug‘likning kvant nazariyasi Eynshteyn tomonidan rivojlantirilib, yorug‘likningfotonlarnazariyasiyaratildi.
Yorug‘lik ma’lum diapazondagi elektromagnit to‘lqinlardan iboratdir. Inson ko‘zi butun nurlanish tarkibidan faqat to‘lqin uzunligi 3,8•10–7m dan 7,7•10–7m gacha bo‘lgan nurlarnigina ko‘ra oladi. Òo‘lqin uzunligi 3,8•10–7m dan qisqa bo‘lgan nurlar ultrabinafsha nurlar, to‘lqin uzunligi 7,7•10–7 m dan katta bo‘lgan nurlar esa infraqizil nurlar deb ataladi. Ultrabinafsha va infraqizil nurlar ko‘zga ko‘rinmaydi.
Jismlardan yorug‘lik qaytib ko‘zimizga tushgandagina biz ularni ko‘ramiz. Ba’zi jismlar o‘zidan yorug‘lik sochganligi uchun yorug‘lik manbalaridan iborat bo‘lib, ular to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinadi.
Yorug‘lik manbalari deb, molekulalari va atomlari ko‘rinadigan nurlanish hosil qiladigan barcha jismlarga aytiladi.
Yorug‘lik manbalari ikki guruhga: tabiiy va sun’iy manbalarga bo‘linadi. Òabiiy yorug‘lik manbalariga Quyoshni, yulduzlarni va
6
ba’zi nurlanuvchi tirik organizmlar (baliqlar, hasharotlar, ayrim mikroblar) ni misol qilib keltirish mumkin. Òabiiy yorug‘lik manbalaridan quyosh nuri o‘simlik, hayvon va insonlarning hayot manbayidir.
Yorug‘likning sun’iy manbalari jumlasiga cho‘g‘langan jismlar, tok o‘tganda nurlanuvchi gazlar, luminessensiyalanuvchi (energiya yutish hisobiga shu’lalanuvchi) qattiq jismlar va suyuqliklar kiradi. Odatda yorug‘lik manbalari ma’lum o‘lchamli jismlar bo‘ladi, lekin ular ko‘pincha nuqtaviy yorug‘lik manbayi deb qabul qilinadi. Agar yorug‘lik manbayining chiziqli o‘lchami shu manbadan uning ta’siri o‘rganilayotgan joygacha bo‘lgan masofaga nisbatan juda kichik bo‘lsa, bunday yorug‘lik manbayi nuqtaviyyorug‘likmanbayi deb ataladi.
Yorug‘lik vakuumda c = 300000 km/s tezlik bilan, boshqa muhitlarda esa bundan kichik tezlik bilan tarqaladi.
Muayyan to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik, masalan, qizil, yashil, binafsha va shu kabi rangli yorug‘liklar monoxromatik yorug‘likdir. Yorug‘lik turli to‘lqin uzunlikdagi to‘lqinlardan iborat bo‘lsa, bunday yorug‘lik murakkabyorug‘likdeyiladi. Masalan, quyoshdan keladigan yorug‘lik murakkab yorug‘likdir.