5- ma’ruza
Yorug‘likning sinishi. Yorug‘likning yassi-parallel plastinkalar va uchburchakli prizmadan o‘tishi
Yorug‘lik nuri bir shaffof muhitdan ikkinchi shaffof muhitga o‘tish chegarasida o‘zining yo‘nalishini o‘zgartiradi. Bu hodisa yorug‘likning sinishi deb ataladi. Yorug‘likning sinishiga sabab turli muhitlarda yorug‘lik tezligining turlicha bo‘lishidir.
Birinchi muhitda tarqaluvchi va chegaragacha borib yetuvchi nur tushuvchi nur deb ataladi. U chegaraga tushish nuqtasi orqali
2 3
rasm.
o‘tkazilgan perpendikular (normal) bilan biror a burchak hosil qiladi, bu burchak tushish burchagi deb ataladi. Ikkinchi muhitga o‘tgan nur singan nur deyiladi. Singan nurning o‘sha perpendikular (normal) bilan hosil qilgan burchagi sinish burchagi deb ataladi (20- rasm).
Ikki muhit chegarasida yorug‘- likning sinishi quyidagi qonunga bo‘y-
sunadi: 1. Òushuvchi A nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasiga o‘tkazilgan normal qaysi tekislikda yotsa, singan nur D ham shu tekislikda yotadi. 2. Òushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit uchun o‘z- garmas kattalik bo‘lib, ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan nisbiy sindirish ko‘rsatkichi deyiladi:
sin n ,
bunda — tushish burchagi, — sinish burchagi.
Biror muhitning vakuumga nisbatan sindirish ko‘rsatkichi shu muhitning absolut sindirish ko‘rsatkichi deyiladi. Vakuumning absolut sindirish ko‘rsatkichi birga teng deb olinadi.
Nisbiy sindirish ko‘rsatkichi n21 bilan, ikkinchi muhitning absolut sindirish ko‘rsatkichi n2 va birinchi muhitning absolut sindirish ko‘rsatkichi n1 quyidagicha bog‘langan:
Demak, ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan nisbiy sindirish ko‘rsatkichi ikkinchi muhit absolut sindirish ko‘rsatkichnning birinchi muhit absolut sindirish ko‘rsatkichiga nisbatiga teng ekan.
Absolut sindirish ko‘rsatkichi muhitning muhim optik xarakteristikasidir: u yorug‘likning vakuumda tarqalish tezligi c ning muhitda tarqalish tezligi v dan necha marta katta ekanligini ko‘rsatadi:
n c .
2 4
Bu munosabatdan foydalanib, yorug‘likning sinish qonunini quyidagicha yozish mumkin:
sin n
n2
c / 2
1 . (5.3)
Demak, ikki muhit sindirish ko‘rsatkichlarining nisbati yorug‘likning shu muhitlarda tarqalish tezliklarining nisbatiga teskari ekan.
Absolut sindirish ko‘rsatkichi kichik bo‘lgan muhitni optik zichligi kichik, sindirish ko‘rsatkichi katta bo‘lganini esa optik zichligi katta muhit deyiladi.
(5.3) formulaga asoslanib quyidagi munosabatni yozamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |