A s daminov, B. S. Salimov


partenitlari bo‘lishi mumkin



Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/166
Sana03.01.2022
Hajmi4,99 Mb.
#316256
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   166
Bog'liq
zoologiya (1)


partenitlari bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekiston  sharoitida  uchraydigan  o‘pkali  qorinoyoqlilardan  g‘altak 
shaklidagi chig‘anoqli va yolong‘och shilliq qurtlarni ko‘rsatish mumkin.  
Sinf:  Ikki  pallalilar  –  Bivalvia. 
Bu  sinfga  kiruvchi  mollyuskalarda  bosh 
qism reduksiyalashgan, jag‘, qirg‘ich va so‘lak bezlari bo‘lmaydi. Ularning  tanasi 
sirtqi  tomonidan  ikkita  bir  xil  chig‘onoq  bilan  qoplangan.  Chig‘anog‘dagi 
xalqalarga  ko‘ra  mollyuskaning  yoshini  aniqlash  mumkin:  chig‘anog‘ida  xalqalar 
soni  nechta  bo‘lsa  yoshi  ham  shunga  teng.  Chig‘anoqning  o‘zi  uch  qavatdan 
tuzilgan: 1- sirtqi qavat organik modda konxialindan hosil bo‘lgan. Shuning uchun 


59 
 
ham  uni  konxialinli  qavati  deb  ataladi.  2-  o‘rta  qavat,  chig‘anoq  yuzasiga 
perpendikulyar  joylashgan  ohak  kristallaridan  hosil  bo‘lgan  bo‘lib,  uni  “chinni” 
qavat deb ataladi. 3- “Sadaf” yoki perlamutrli qavat ichki qavat hisoblanadi.  
Chig‘anoq ostida mantiya pardasi yotadi. Sadafdor - Anadonta cygnea ning 
chig‘anog‘i  bilan  tanishib  chiqing  yoshini  aniqlang  va  chig‘anoqning  rasmini 
chizing.  Chig‘anoqlar  elka  tomonda  maxsus  paylar  yordamida  o‘zaro  birlashgan, 
pastki  qirralari  esa  erkin,  ochiq  bo‘ladi  va  undan  tananing  oldingi  qismidan 
ponasimon oyog‘i chiqib turadi. 
Gavdaning  oldingi  va  keyingi  qismida  chig‘anoqlarni  tortib  turuvchi  maxsus 
muskullar  bo‘ladi.  Bu  muskullarni  ehtiyotlik  bilan  kesib  chig‘anoqni  ochish 
mumkin.  Chg‘anoq  ostida  parda  shaklidagi  mantiyani  ko‘rish  mumkin.  Mantiya 
pardalarining  oralig‘ida  oyoq  va  plastinka  shaklidagi  jabralar  joylashgan.  Pastki 
tomonida  ikkala  mantiya  pardasi o‘zaro birlashgan.  Keyingi qismida  ikkita  teshik 
bor. Uning yuqorigisi chiqarish sifoni, pastkisi (kattarog‘i) jabra yoki kirish sifoni 
deb  ataladi.  YUqori  tomonida  mantiya  pardasining  ostida  yurak  oldi  xaltachasi 
(perekard)  joylashgan.  Uning  ichida  yurak  yotadi.  Perekard  selomning  yagona 
qoldig‘i  hisoblanadi.  Perekardning  old  qismida  maxsus  bez-kaberov  organi 
joylashgan,  u  qo‘shimcha  ajratish  organi  vazifasini  bajaradi  va  o‘z  mahsulotini 
perekard bo‘shlig‘iga ajratadi.
 
 
                     
 
29-rasm. Baqachanoq. 
A-Baqachanoq chig‘anog‘ining tuzilishi 
V-Baqachanoqni ustki tomondan ko‘rinishi. 
S-Baqachonoqni ichki organlari. 
A. 1-konxialin qavat, 2-chinni qavat, 3-sadaf qavat, 4-mantiya sirtqi qavati,    
     5-parenxima, 6-mantiya ichki qavati. 
V.  1-ponasimon  oyoq,  2-chig‘anoqning  oldingi  qismi,  3-chig‘anoqning  cho‘qqisi,          
4-chig‘anoqning keyingi qismi, 5-chig‘anoqning qirrasi, 6-yillik xalqalar. 


60 
 
S. 1-chig‘anoq, 2-yopuvchi muskullar, 3-muskullar birikadigan joy,  
4-chiqarish sifoni, 5-kirish sifoni, 6-jabralar, 7-mantiya cheti, 8-oyoq. 
 
 
 
 
 
30 - rasm. Baqachanoqning ichki tuzilishi: 
 
Ikki  pallalilar  sinfga  kiruvchi  mollyuskalarda,  bosh  qismi  bo‘lmaydi. 
Tananing oldingi qismida, yopqich muskul bilan ponasimon oyoq oralig‘ida og‘iz 
teshigi joylashgan bo‘lib, uning ikki yon tomonida maxsus og‘iz oldi o‘simtalari (4 
dona) – elkan (velum) joylashgan. Og‘iz teshigidan keyin qizilo‘ngach joylashgan 
va  u  oshqozonga  ochiladi.  Qizilo‘ngach  ham,  oshqozon  ham  jigar  bilan  o‘rab 
olingan.  Jigarning  maxsus  yo‘llari  oshqozonga  ochiladi.  Ichagi  uzun  bo‘lib,  o‘rta 
va  keyingi  yoki  to‘g‘ri  ichakdan  tashkil  topgan.  Ajratish  organlaridan  buyrak 
metanefredial  tipda  bo‘lib,  uning  bir  uchi  perekardga,  ikkinchi  uchi  mantiya 
bo‘shlig‘iga ochiladi. 
Sadafdorlarning  nerv  sistemasi  uch  juft  nerv  tugunlari  va  ularni  bog‘lab 
turuvchi  tolalardan  iborat.  Ular  boshqa  to‘qimalardan  o‘zlarining  sarg‘ich  rangi 
bilan ajralib turadi.  

Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish