A s daminov, B. S. Salimov


Zuluklar sinfi - Hirudinae



Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/166
Sana03.01.2022
Hajmi4,99 Mb.
#316256
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   166
Bog'liq
zoologiya (1)

 
Zuluklar sinfi - Hirudinae 
 Zuluklar  kam  qillilar  –  Oligochaeta  sinfning  kuchli  o‘zgarishiga  uchragan 
avlodlaridan  bo‘lib,  ularning  ayrim  oligoxetalarga  o‘xshashlik  belgilari  tuban 
darajadagi  zuluklarda  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Ular  qildor  zuluklar  (Acanthobdelle) 
deb  ataladi.  Bunday  zuluklarning  oldingi  gavda  segmentlarida,  yomg‘ir 
chuvalchanglariniki  singari,  qillar  bo‘ladi.  Ularda  selom  yo‘qolgan,  organlar  orasi 
parenximali to‘ima bilan to‘ldirilgan. Haqiqiy qon tomirlar yo‘qolib, selom qoldig‘idan 
yangi  qon  tomirlar  paydo  bo‘lgan.  Ayirish  organlarida  voronka  bo‘lmaydi.  O‘rta 
ichakda  hosil  bo‘lgan  yon  o‘simtalarda  so‘rib  olingan  o‘lja  qoni  saqlanadi.  So‘lak 
bezidan  so‘rib  olingan  qonni  ivib  qolmasligi  uchun  girudin  shirasi  ishlab  chiqaradi. 
 
Zuluklarning  hayot  tarzi  yirtqichlik  va  ektoparazitlik  yo‘li  bilan  kechadi. 
Xartumli zuluklardan kelib chiqqan yassi zuluklar va baliq zuluklari turli umurtqasiz va 
umurtqalilarning  qoni  va  shiralari  bilan  oziqlanadi.  Ular  ektoparazitlardir.  Xartumsiz 
zuluklardan paydo bo‘lgan jag‘li zuluklarning bir guruhi shu jumladan tibbiyot zulugi 
umurtqalilarning  qoni  bilan,  ikkinchi  guruhi  yirtqich  bo‘lib  hisoblanadi.  Zuluklarning 
ko‘pchiligi  mayda  umurtqasizlarni  iste’mol  qilib  yirtqichlik  yo‘li  bilan  yashashga 
o‘tgan. 
Hozirgi  vaqtda  zuluklarning  400ga  yaqin  turi  fanga  ma’lum.  Ular  asosan, 
chuchuk  suvlarda  hayot  kechiradi.  Zuluklarning  sirtqi  bo‘g‘imlarining  soni  ichki 
bo‘g‘imlarga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Odatda  bir  xaqiqiy  bo‘g‘imga  3-5  ta  sirtqi  bo‘g‘im 
to‘g‘ri keladi.  


54 
 
Zuluklarning  ko‘pchiligida  oldingi  va  orqa  so‘rg‘ichlari  bo‘ladi.  Selom 
reduksiyaga uchrab u lakunar sistemaga aylangan. Ichki organlarining orasi parenxima 
bilan  to‘ldirilgan.  Ichaklari  ham  maxsus  yon  xaltachalar  hosil  qiladi.  Tomog‘iga 
maxsus  bezlar  ochiladi.  Zuluklarning  barchasi  germafrodit  bo‘lib,  metamorfozsiz, 
to‘g‘ridan – to‘g‘ri rivojlanadi. Zuluklarning tipik vakillari qilli zuluk, akontobdella – 
Acanthobdella peledina, meditsina (tibbiyot) zulugi -  Hirudo medicinalis, baliq zulugi 
– Piscieda geometra chorva mollarining tipik paraziti – ot zulugi -  limantius nilotica va  
limantius turkestanica- larni ko‘rsatish mumkin.  
YUqorida  nomlari  ko‘rsatilgan  zuluklarni  tashqi  ko‘rinishi  bilan  tanishib 
chiqing.  Ularning  bir  biridan  farqini  o‘rganing.  Akontobdella  bilan,  meditsina 
zulugining  rasmini  chizing.  Meditsina  zulugining    ovqat  hazm  qilish  sistemasini 
yorilgan zuluk yordamida o‘rganing va sxemasini chizing.  
 
 
NAZORAT  SAVOLLARI. 
 
1.  Xalqali  chuvalchanglarning  boshqa  chuvalchanglarga  nisbatan  progressiv 
belgilarini aytib bering.  
2. Yomg‘ir chuvalchangini ovqat hazm organlari qanday tuzilgan?  
3.  Yomg‘ir  chuvalchangini  ayrish  va  qon  aylanish  organlarining  tuzilishini 
ta’riflang.  
4. Halqali chuvalchanglarni tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.  
5.  Zuluklar  veterinariya  va    tibbiyotda  qanday  ahamiyatga  ega,  chorvachilikka 
keltiradigan zarari.  
 
Uyga vazifa:  Parazit chuvalchanglarni tuxum va lichinkalarini tuzilishini o‘qib 
o‘rganib kelish    

Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish