Tadqiqot predmeti
«daromadlar taqsimotini boshqaruvchi qonun-
larini aniqlash»dan iboratdir. Ishlab chiqarish (moddiy ne’matlar)
sohasida yuzaga keladigan daromadlar taqsimlanishining obyektiv
qonunlarini aniqlash bosh vazifadir.
U Smitning g ‘oyalarini qo‘llash bilan birga uni toldirdi va qarshi
fikrlami ham ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilaming manfaatlari
bir-birlariga qarama-qarshi ekanligini ochib berdi, yer egalarining
manfaati ishchi va kapitalistlamikiga qarshi deb uqtiradi.
A.Smit kabi D.Rikardo ham mantiqiy abstraksiya usulini keng
qo‘llagan.
Rikardoning asarían iqtisodiyot fanining predmeti va metodini
aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini amaliy ishlab chiqishda
muhim o ‘rin tutadi. Uning fikricha, jamiyatning sinfiy tuzilishi uning
iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Siyosiy iqtisodning
asosiy vazifasi
«yer mahsuloti»
(ya’ni milliy daromad va milliy boylik)ni
uch asosiy sinf o ‘rtasidagi taqsimoti qonunlarini aniqlashdan iborat.
Bu taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va manfaatlaridan kelib chiqishi
kerak edi va bu Rikardoning yutug‘i edi, ammo uning xatosi shuki,
taqsimot usulini moddiy ne’matlami ishlab chiqarish usuli bilan bog‘liq
qilib qo‘ygan. U mantiqiy abstraksiya metodidan foydalandi, ijtimoiy
fanlarda aniq fanlaming usuli, ayniqsa, ilmiy deduksiyani keng qo‘lladi.
U o ‘z konsepsiyasi asosiga qiym at qonunini, ya’ni tovarlam ing
qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo‘ydi. Faqat bir omil -
«Mehnat»
qiymatining asosida yotadi, deb yozadi olim. Boshqa iqtisodiy
kategoriyalar shu qonunga qanchalik mos kelish-kelmasligini o ‘rgandi.
Rikardo kapitalizmni jamiyatni tashkil etishning yakkay-u yagona tabi-
iy va abadiy shakli deb o‘ylagan.
Rikardo qiymat qonunini ishlab chiqishda Smitning qisqacha xulo-
salariga suyandi va ulami rivojlantirdi. U tovaming ikki faktori: iste’mol
va almashuv qiymatlarini yanada aniqroq o‘rgandi (masalan, nonni
yeyish va sotish mumkm). Foydalilik (iste’mol qiymati) almashuv qiy
matining zaruriy sharti, ammo uning o'ichovi bo‘la olmaydi. Barcha
tovar-laming almashuv qiymati va ulami ishlab chiqarishga ketgan
mehnat sarilari va chiqimlari bilan aniqlanadi. Almashuv qiymati har
doim nisbiy bo‘lib, boshqa tovar yoki pulning ma’lum miqdorida o‘z
aksini topishi tufayli Rikardo absolut qiymat ham bo‘lishi kerak, degan
masalani qo‘ydi. Bu qiymat substansiyasi mehnatdagi m ehnat miqdori-
dir. Almashuv qiymati absolyut qiymat ro‘yobga chiqa oladigan zaruriy
va yagona mumkin bo'lgan shakldir. Lekin Rikardo bu g‘oyani umrining
oxirida tugallanmagan asarining
«Absolut va nisbiy qiymat
» bobida bergan,
ya’ni fikr mantiqiy oxiriga yetkazilmagan. Marksning fikricha, Rikardo
qiymatni faqat miqdoriy tekshirdi, tarixdan tashqarida o ‘rgandi, ya’ni
mehnatni qiymat bilan yaraluvchi mahsulotning tabiiy xususiyati va bu
jarayonni barcha ijtimoiy tuzumlarga xos deb o‘yladi.
Rikardo Smitning g'oyalarini to'ldirdi. Agar Smitning g‘oyasi
bo‘yicha qiymat oddiy tovar ishlab chiqarishda sarflangan mehnat
bilan aniqlansa, kapitalistik ishlab chiqarishda bu qiymat realizatsiya
qilinadigan daromadlardan iborat edi. Rikardo qiymatni aniqlashda
sarflangan mehnatdan foydalandi.
Rikardo ish haqining tovar qiymatiga ta’sirini rad etdi. «Masalan,
- deydi u, - agar mehnat unumdorligi oshmay turib, ish haqi ko‘taril-
sa, bundan tovar qiymati o‘zgarmaydi. Boshqa sharoitlar o ‘zgarmagan
holda, bu holat tovar bahosiga ham ta’sir etmasligi kerak, faqat ish
haqi va tovar bahosidagi foyda o'rtasidagi nisbatni o‘zgartirishi mumkin».
Kapitalistlar erkin raqobat sharoitida ish haqi o‘sishini bahoga ko‘chira
olmaydi va foydaning bir qismidan mahrum bo‘lishga majbur. Bu qoida
katta ijtimoiy-siyosiy xarakterga ega, chunki Smit ishchilaming ish
haqini oshirish uchun kurash befoyda, negaki ish haqi oshsa, baho-
lar ham oshadi, degan fikrda bo‘lgan (real daromad o‘zgarmaydi). Ish
haqi oshganda baholar o'zgarmaydi, kapitalistlaming foyda normasi
kamayadi.
Rikardo Smit kabi qiymatning mehnat nazariyasini kapitalistik ishlab
chiqarish sharoitida qo‘llashda katta qiyinchilikka uchradi. Qiymatning
ishlab chiqarish bahosiga aylanish muammosiga e’tibor berdi va uni hal
etishga urindi. Real hayotda kapitaldan olinadigan foyda shu kapitalning
miqdori bilan aniqlanadi yoki foyda normasi mo‘tadillashish tenden-
siyasiga ega. Ammo tovarlar ulami ishlab chiqarishga sarf bo‘lgan jonli
mehnat sarflariga mos ravishda bir-biriga almashsa, bunday bo‘lishi
mumkin emas. Bu holda kapitalning organik tuzüishi (C / Y) past
bo‘lgan yoki kapitali tez aylanuvchan tarmoqlar boshqa organik tuzilishi
yuqori bo ‘lgan va kapitali sekin aylanuvchan tarmoqlarga nisbatan
ustunlikka ega bo'ladilar. Birinchilari ko‘proq mehnat sarflaganlari uchun
tovar bahosi nisbatan yuqori bo‘ladi va kattaroq foyda oladi. Ammo
bunda kapital shu tarmoqlarga oqib o‘tar edi va ikkinchi tarmoqlarga
oqib o‘tmas edi, natijada ikkinchi tarmoqlar rivojlanmasdi. Bu qarama-
qarshilikni hal etish uchun Rikardo Smitning qiymat nazariyasini
o‘zgartirdi. Ammo ishlab chiqarish bahosi va o‘rtacha foydani oraliq
bo‘g‘inlami tahlil qilish va qiymat qonuni asosida hal etish o‘miga bu
kategoriyaiami qiymat qonuniga keltirishga urinadi. Bu bosqichda Rikardo
awalgi, ish haqi tovar qiymatiga amalda ta’sir etmaydi, degan tezisidan
voz kechdi. U, kapital tarkibi va aylanmasidagi farqlar mehnatga turlicha
haq to‘lash tufayli qiymatga ham ta’sir etadi, degan fikmi berdi. A m m o
bu g‘oya mantiqiy yechimga ega emas edi.
Rikardo ish haqi, foyda va renta masalalarim yechishga katta hissa
qo'shdi. U Smit kabi asosiy uch sinfning dastlabki daromadlari masalasiga
e’tibor berdi. U mehnatni tovar deb (aslida ishchi kuchi tovar) hisoblab
mehnatning bozor bahosi (ish haqi) tabiiy baho bo‘ladi va shu atrofda
o‘zgaradi; tabiiy baho deganda ishchi kuchining qiymatini tushungan.
Rikardo masalaga tarixiy an’analar asosida yondashishga urinsa ham ,
mehnatning tabiiy bahosini jismoniy minimumga tenglashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |