mehíiat natijasi sifatida namoyon b o ‘ladi, bu qo‘shimcha qiym at,
uningcha, rentadir.
U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlarga
salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek, u sotuvchiiar sonini ham
keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va yer egalarining
daromadlarini belgilash uchun umumiy bo‘lgan «Renta» tushunchasi
kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir
eslang). Uning fikricha, renta mahsulot (natura) ko‘rinishida ish haqi
va urug‘Iikni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng
bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo‘shimcha mahsulotga teng. Pul
holidagi renta qo'shimcha m ahsulotning kumush m iqdoriga teng
qiymatidir.
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo‘q, renta
barcha qo'shim cha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababli
renta to ‘g ‘risidagi nazariyada amalda qo ‘shimcha qiymat haqida gap
boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin
renta (qo‘shimcha qiymat)ni qo‘shimcha mehnat natijasi ekanligini
aniqlaydi. Buni fermeming foydasi sifatida ham qaraydi.
Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir
bo‘lagi
sifatida tahlil etib, Petti m uhim qisqacha xulosalar chiqaradiki,
unga ko‘ra ish haqi va renta bír-biriga qarshi. Masalan, — deydi u, —
bir bushel (36,4 kg) bug‘doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi
yer rentasiga, 40 pensi yer egasining ish haqi sifatida berilsa va ish
haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko‘tarilsa, yer egasining 1
bushel bug‘doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko‘tariladi, yer rentasi esa 20
dan 15 pensga (ya’ni 5 pensga) kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to ‘g‘risida ham muhim va qiziqarli
fíkrlami beradi (umuman, renta absolut va differensial b o ‘ladi).
Differensial rentaning kelib chiqishini u yer uchastkalarining turlicha
joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya’ni bozorga uzoq-
yaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini
ham aniqlab, yeming tabiiy unum dorligining turlicha ekanligini
ko‘rsatgan. Olimlaming fikricha, V.Petti differensial rentani Adam
Smitdan ham yaxshi bayon etgan.
Absolut renta haqida gap borganda shuni aytish kerakki, b u renta
yerga xususiy mulkchilik bo‘lganda namoyon boMadi. V.Petti yer bahosi
masalasini juda qiziq va noyob ravishda hal etishga uringan. Uning
fikricha, yemi sotib oluvchi har yili renta olish huquqini qo‘lga kiritgan
shaxsdir. Shu sababli yeming bahosi bir yillik rentani m a’lum bir
songa ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Hamma masala shunda bo‘lib, uni
tanlash talab etiladi. Xo‘sh, u nima bo‘lishi mumkin?
V. Petti bu savolga javoban shunday deydi: yer sotib oluvchi o‘zi va
o ‘ziga yaqin avlod-ajdodlarining manfaatlarini e’tiborga olib ish yuritadi.
Uningcha, odatda, uch avlod vakillari bir vaqtda hamkorlikda yashay-
d ila r buva (50 yosh), o ‘g‘il (28 yosh) va nabira (7 yosh). U shu uch
avlodning hamkorlik davrida yashagan yillar rentasi yig‘indisini yer
bahosi deb qabul qiladi. U Angliya uchun bunday son 21 yilga teng
ekanligini aniqlaydi. Demak, yeming bahosi shuncha bir yillik rentalar
yig‘indisiga teng, degan xulosa chiqariladi.
V.Pctti yemi sotib oluvchi uchun yer yillik daromad manbai ekan
ligini tushungan. Shunga muvofiq u yeming bahosi shunday summaga
teng bo‘lishi kerakki, bu summa har yili olinadigan renta huquqini
beradigan bo‘lishi kerak, deb to ‘g‘ri hisoblagan. Amalda
Do'stlaringiz bilan baham: