A rafiyev, G. Muxamedjanova



Download 1,17 Mb.
bet64/75
Sana22.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#839243
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
Bog'liq
66091 882562357dec6a14c6ded7926fc9db00 (1)

Lug‘at
butun umrini – всю жизнь
bag‘ishlagan – посвятил
mahorat cho‘qqilari – пик творчества
jonli manzara – живая природа
bosh yo‘nalishidir – основное направление




  1. mashq. 4- topshiriq asosida rassomning mashhur asarlarining nom- larini daftaringizga ko‘chirib yozing.




  1. topshiriq. Matnni o‘qing va rasmga qarab mazmunini so‘zlang. Tasviriy vositalarga „Klaster“ tuzing.

104



O‘rol Tansiqboyev. „Jonajon o‘lka“ asari


Bahor. Quyoshning zarrin nurlari borliqni to‘ldirgan. Rang-barang tog‘ gullari muattar hidlarini har tarafga taratayotgandek. Shu gullar orasida yashiringan so‘qmoq yo‘l esa uzoqda, yashil daraxtlar orasida joylashgan obod qishloqqa olib boradi. Qishloq ortidagi osmono‘par qorli tog‘lar bu qishloq tinchligini qo‘riqlayotgandek… Hamma joyda sokinlik va osoyishtalik hukm suradi. Faqat osmondagi pag‘a-pag‘a bulutlar bu tinchlikni buzadi.
Bulutlar bir-ikki billur tomchilarini tashlab o‘tib ketadi. Lekin hayot davom etadi, quyosh zarrin nurlarini sochaveradi.
(„Bolalar ensiklopediyasi“dan)



Lug‘at
muattar hidlar – благоухающие запахи
yashiringan – спрятавший
so‘qmoq yo‘l – тропинка
qo‘riqlayotgandek – как будто охраняет
billur tomchilar – хрустальные капли



Uyga vazifa. O‘zbek musavvirlarining mashhur asarlari haqida ma’- lumot yozib keling.


105

3- dars

Adabiy o‘qish


6- topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.
Ertalab Mirak naqqosh keldi, gap orasida oʻzining favqulodda iste’dodga ega boʻlgan bir shogirdini eslatib oʻtdi, uning naqqoshlikdan koʻra rasmga koʻngli moyilligi, ham ajoyib rasmlar ishlay boshlaganini ustod samimiy gʻurur bilan aytgach, Navoiy juda qiziqdi. Boshqa gaplarni yigʻishtirib, uni surishtira boshladi.
– Bizning Kamoliddin Behzod hirotlik yetim bola edi, – dedi Mirak naqqosh, – rahmim keldi. Mening san’atimdan oʻzga shogirdlarim qatorida bahramand boʻlsa, yetim bola uchun tirikchilik yoʻli ochilur, degan andisha bilan uni shogirdlikka oldim. Zehni behad baland, qoʻli oltin ekan. San’atda juda tez ilgarilab ketdi.
Navoiy devonga borib, har kungi vazifasini bajarardi... Devondan chiqdi... Otga minib, Husayn Boyqaro qurdirayotgan Bogʻi Jahonoro- dagi saroylar, koʻshklarning ichki bezaklarini tomosha qildi. Kechga yaqin uyga qaytganda, Mirak naqqosh oʻz shogirdi bilan kutib oʻtirardi. Navoiy Kamoliddin Behzod bilan ulugʻ ogʻadek samimiy mehribonlik bilan koʻrishdi. Yosh rassom uzun boʻyni, ingichka gavdasida noziklik bilan pishiqlik goʻzal birikkan, oʻn besh-oʻn olti yashar oʻspirincha edi. Uning fikr, ilhom turgan qora koʻzlarida uyatchanlik va toza, ulugʻ ruhga xos qandaydir ma’sumlik jilvalanardi. Naqqoshning olacha toʻnli shogirdi dongdor shoir ham davlatning ulugʻ odami qarshisida qizardi.
Navoiy ularni oʻz xonasiga olib kirdi. Mirak naqqosh eskigina juzdonini ochib, shogirdining ayrim, maxsus qogʻozga solingan rasmlarini shoirga birma-bir taqdim eta boshladi. Navoiy birinchi varaqni qoʻliga olib, bir lahza diqqat bilan tikildi-da, Mirak naqqoshga ma’nodor qarab qoʻydi. Koʻzlarini suzib, yana tikildi. Koʻzlarini uzoq vaqt uzmadi. Mirak naqqoshning ta’rificha, qo‘li oltin bolaning chizgani jivir-jivir gullar, barglar, chiziqlar nozikligi, jonliligi, be- misl she’riyati bilan goʻyo uning koʻzlarini, ruhini sehrlagan edi. Boʻyoqlarning nafis ohangi, tong chogʻi toza zangori ufqlarga taram- taram yugurgan nurlardagi kabi benihoyat nozik tovlanar edi. Navoiy orom va hayajon bilan chuqur nafas oldi. Ikkinchi rasmni koʻrdi.
106
Ayni ruh, lekin yana boyroq, yana nafisroq… Mana ov tasviri, ohular goʻyo qogʻozdan sakrab oʻynoqlab ketayotganday tuyiladi. Bunda har bir nuqta koʻz kabi jonli. Navoiy oʻnga yaqin rasmni benihoyat toʻla zavq bilan tomosha qildi.
Kamoliddin Behzod ichki bir hayajon bilan boshini quyi solib oʻtirar, ba’zan bir zumgina Navoiyga koʻz qirini tashlab qoʻyardi. Mirak naqqosh uning oʻz koʻzi oldida yaratilgan bu rasmlarni goʻyo ilk daf’a koʻrgandek, zafqlanib tomosha qilar, Navoiy bilan fikr olishuvga tirishar edi. Nihoyat, shoir koʻzlarida yongan quvonch bilan yosh rassomni tabrikladi:

  • Bu koʻhna jahon, – dedi u shavq bilan, – sizningdek san’atkorni hanuza koʻrmagan edi. Qalamingizning husni har qanday ta’rifdan benihoyat balanddir. Bu kamolotni oliylashtirmoq yoʻlida samimiy harakat qilingiz.

Kamoliddin Behzodning yuzi allaqanday yorugʻlanib ketdi, titroq
lablar bilan dedi:

  • Ulugʻ iltifotingiz uchun ne til bilan tashakkur etmoqni bilmaymen, bu tasvirlar shogirdbachchangizning mashqlaridir, qalamim ustodlarning ta’limiga gʻoyat muhtojdir.

  • Ta’lim olmoqdan hech vaqt yuz oʻgirmangiz! – dedi Navoiy.



(Oybekning „Navoiy“ romanidan parcha)


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish