Foydalanish uchun so‘zlar: boshlangan, chiqib ketdi, to‘xtadilar, chiqardi, tarqalgan, tayyorlanadi.
4- topshiriq. Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘z va so‘z birikmalari ish- tirokida gaplar tuzing.
Mehnat mahsuli va ularning bunyodkorlari bo‘lgan mehnatkashlarni qadrlashimiz darkor. Har birimiz yoshligimizdan anglamog‘imiz va ulg‘ayib bu mehnatga ongli ravishda o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz zarur. Daraxtning soya-salqinida yotgan inson, jaziramada mehnat qilib meva yetkazgan bog‘bonning qadrini bilmaydi. „Mehnat baxt keltirar“ degan naql bejiz aytilmagan. Har kim o‘z mehnati bilan xalq olqishiga sazovor bo‘ladi. Inson o‘zining halol mehnati orqali baxtga erishadi.
44
5- mashq. Maqollarni yozing. Kesimlarning ifodalanishini tushuntiring.
Halol mehnat yaxshi odat, 4. Betashvish bosh qayda, Berur senga saodat. Mehnatsiz osh qayda.
Mehnatdan qo‘rqma, 5. Daryo suvini bahor toshirar, Minnatdan qo‘rq. Odam qadrini mehnat oshirar.
Yer boylikning onasi, 6. Mehnatdan kelsa boylik, Otasi – mehnat. Turmush bo‘lar chiroyli.
Uyga vazifa. 5-mashqdagi maqollarni yod oling va mazmunini izoh- lab bering.
dars Adabiy o‘qish
topshiriq. Matnni o‘qing. Lug‘at tuzing. O‘z ona tilingizga tarji- ma qiling.
Barkamol shaxs tarbiyasida, albatta, mehnat ta’limining ham alohida o‘rni bor. Ushbu o‘quv fani o‘quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat jarayonlari haqida keng tushuncha hosil qi- lish, mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’- limiy maqsadlarga xizmat qiladi. Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasblarni qadrlashga o‘rgatish, ijtimoiy hayotda ularning ahamiyatini tushuntirish kabi asoslari (texnologiyasi) haqida bilim hosil qilish hamda maktab davridan bolada kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limi fani o‘qituvchilarining asosiy vazifasiga kiradi. Xususan, mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o‘rgatish, texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan tanishtirish hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanining asosiy maqsadidir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun mehnat ta’limi o‘qituvchilari fan yo‘nalishi bo‘yicha yil davomida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishlari lozim.
45
6- mashq. Nuqtalar o‘rniga mos fe’l-kesimlarni qo‘yib, gaplarni ko‘- chiring.
Shahrimizda yirik korxonalar ishga ... . 2. Sanoat xalq xo‘jaligi uchun zarur mahsulotlarni yetishtirib ... . 3. Paxta chigitidan sifatli moy olishga imkon beradigan texnologiya ... . 4. Ohangaron va Angrenda toshko‘mir konlari ... . 5. O‘rta asrlardan boshlab Buxoroda zardo‘zlik matolari ... .
Do'stlaringiz bilan baham: |