A. R. Babajanov, A. M. Muqumov, Z. X. Xafizova yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/113
Sana08.06.2022
Hajmi3,59 Mb.
#645650
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Bog'liq
2 5285002264690299419

Institutsional
–fermer xo‘jaliklarini yuritish, shuningdek mahsulotlarni qayta 
ishlash va marketing bo‘yicha zaruriy tajribalarni yo‘qligi; rejalashtirishning 
markazlashgan tizimini buzilganligi, bozor mexanizmlarini esa to‘la ishlab 
chiqilmaganligi; ferma ishchilarida majmuali malakaviy tayyorgarlikni mavjud 
emasligi va boshq. 
Yuqorida 
sanab 
o‘tilgan 
hamda 
yaylov 
yerdan 
foydalanishini 
yomonlashtiradigan qator boshqa sabablar quyidagilarni e’tirof etish imkonini beradi: 
-bugungi kunda u inqiroz holatida hamda uni yaxshilish bo‘yicha shunga mos 
radikal tadbirlarni talab qiladi; 
-yaylov yerdan foydalanishida, ayniqsa yaylov yerlarini qayta tiklashda tizimli 
yondoshuv mavjud emas; 
-bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan chorvachilikni yuritishning 
zamonaviy tizimi mavjud emas. 
Sabablar majmuasini sanab o‘tishning o‘zi oqilona yaylov yerdan foydalanishi 
va chorvachilik muammolarini nihoyatda murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Har bir 
yuqorida sanab o‘tilgan sabablarni turlicha rejali va chuqur xurujliligi shuni
tasdiqlaydiki, ushbu muammoni yagona echimi mavjud emas, balki bunda yaylov 
mintaqasi har bir regionining o‘ziga hos xususiyatlarini hisobga olgan xolda 
tabaqalangan echimni izlab topish zarur bo‘ladi. 
Barqaror yaylov yerdan foydalanish konsepsiyasi, eng avvalo, yaylov yerlarini 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishini, aholini yashashi va xo‘jalik faoliyati uchun 
normal ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni ta’minlaydigan tabiiy majmualar va jamiyatni 
garmonik rivojlanishini ko‘zda tutish zarur. Shu sababli ham, hech ham kechiktirib 
bo‘lmaydigan echimni talab qiluvchi birinchi galdagi muammolar–bu texnologik 
(maxsus) muammolar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ekologik, hamda ijtimoiy–iqtisodiy 
muammolar echimi hisoblanadi. Bunday zaruriyat mavjud ekologik holatdan kelib 
chiqadi va u inson–tovar ishlab chiqaruvchining manfaatlari eng yuqori bo‘lgan 
respublikada bozor munosabatlarini rivojlanishini ko‘zda tutadi. 
Yaylov yerlaridan foydalanishining butun bir majmuasini barqaror rivojlanishini 
birinchi navbatdagi vazifasi, fikrimizcha, respublikada yaylov yerlarini mintaqalash 
va rayonlashtirishdir. Tabiiy sharoiti bo‘yicha mintaqalash, ma’lumki, oldin 
o‘tkazilgan, ya’ni yaylovlarda cho‘l, tog‘oldi (adir), tog‘ va balandtog‘ (yaylov) 
mintaqalari ajratilgan. 
Yaylov yerlarini rayonlashtirishni ekologik va iqtisodiy belgilari bo‘yicha 
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda yukoridagi to‘rtta mintaqadan har birida 
ekologik ijtimoiy, iqtisodiy omillardan qay biri ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha 
rayonlarga bo‘linadi. 


37 
Ekologik maqbul rayonlarga yaylov yerlari to‘la yoki ularning yirik qismi 
buzilgan hududlar kiradi. Ushbu maqsadda yaylov yerlarini degradatsiyaga 
uchraganlik darajasini baholash uchun shunga mos mezonlar ishlab chiqilishi 
zarur.Yaylov yerlarini tiklash muammosini hal qilish tabiiy resurs sifatidagi yaylov 
yerlarini o‘z-o‘zini muvofiqlashtirish jarayonini buzmaslik uchun unga antropogen 
ta’sirni belgilash talab qilinadi. Bu chegaradan oshib ketgan rayonlarda yaylov 
yerlarini qayta tiklash uchun maxsus tadbirlar amalga oshirilishi zarur, xo‘jalik 
faoliyati bu yerda yoki chegaralanadi, yoki bo‘lmasa tuproq qatlami hamda yerlar 
unumdorligi to‘la tiklangunga qadar to‘la ta’qiqlanadi. Chegaralanish muddatlari
o‘tkaziladigan tadbirlarning samaradorligi bilan belgilanadi. Bunday yaylov 
rayonlariga buyurtma bog‘lar yoki kurikxonalar makomini berish maqsadga 
muvofiqdir. 
Ijtimoiy omillar aksariyat hollarda ta’sir etuvchi rayonlarga me’yor bo‘yicha 
qabul qilinadigan past darajadagi ijtimoiy sharoitga ega bo‘lgan hamda nisbatan yirik 
miqdorlarda aholi to‘plangan yaylovlar kiradi. Davlat tomonidan moliyalash 
hisobiga o‘tkaziladigan ijtimoiy xarakterdagi tadbirlarni tadbiq qilishga asoslangan 
bunday rayonlarda keyinchalik o‘zining muhimligi hamda va zarurlik darajasi 
bo‘yicha muhim bo‘lgan ekologik xarakterdagi masalalar ham xal qilinadi. Ijtimoiy 
muammolarning hal qilinishiga hamda ijobiy ekologik holatga qarab rayonning 
rivojlanishida iqtisodiy qirra muhim bo‘ladi. 
Uchinchi guruh rayonlarga ekologik hamda ijtimoiy jihatlardan ijobiy (yoki 
nisbatan ijobiy) bo‘lgan rayonlar kiradi. Bu yerda asosan ishlab chiqarishni 
rivojlantirishning iqtisodiy muammolari hal qilinadi. 
Respublikaning butun yaylov mintaqasi miqyosida yaylov yerlarining taklif 
etilgan rayonlashtirish ekologo-ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash hamda yaylov yerdan 
foydalanishini samaradorligi bo‘yicha aniq birinchi darajali tadbirlarni o‘z vaqtida 
amalga oshirishga imkon beradi. Qayd qilish zarurki, yaylov mintaqalaridagi holatni 
yaxshilash bo‘yicha respublika hukumati tomonidan qat’iy tadbirlar qabul 
qilinmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu 
yo‘nalishdagi qarorlari, xususan “Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish hamda 
dehqon (fermer) xo‘jaliklari manfaatlarini himoya qilish va fermerlarni 
xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 87-sonli (1994 y) va “Navoiy viloyati Tomdi va 
Uchquduq 
tumanlaridagi 
qorako‘lchilik 
fermerlarini 
xususiylashtirishni 
chuqurlashtirish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida”gi 246-sonli (1996 y) va boshqalar 
shular jumlasidandir. 
Oqilona (barqaror) yaylov yerdan foydalanish muammosini hal qilish ikkita 
birin-ketinli vazifaga bo‘linadi: ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik sharoitlarni maqbul 
(me’yoriy) darajagacha tiklash hamda keyinchalik barqaror yaylov yerdan 
foydalanishni ushlab turish. 


38 
Demak, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishi (mamlakat iqtisodiyotining 
boshqa tarmoqlari yerdan foydalanishlariga nisbatan) o‘zinig tarkibi, xarakteri hamda 
yerdan foydalanishning intensivligi bo‘yicha anchagina murakkabdir. Shuning uchun 
u bugungi kunda anchagina muammoli masaladir va uning uchun quyidagilar 
harakterlidir: 
-yerdan foydalanishda tizimlilik mavjud emas, Yerdan foydalanish o‘zining 
to‘la qayta tiklanish siklida qaralmaydi; 
-qishloq xo‘jalik yerdan foydalanishining to‘la holatdagi tarkibi hamda har bir 
kichik tipdagi yerdan foydalanishdagi ekin turlarining tarkibini maqbullashtirishning 
yo‘qligi; 
-qishloq xo‘jaligi mohiyatidagi yerlarni qayta tiklanishiga zaruriy e’tiborni 
yo‘qligi; 
-asoslanishni talab qiluvchi sug‘oriladigan yerlarning sifat holatini yaxshilashga 
investitsiyaning etarli emasligi; 
-meliorativ tadbirlarni o‘tkazishni majmuali emasligi, tarqoqligi; 
-o‘rmon himoyalash polosalarini yartish va rekonstruksiya qilishga e’tiborni 
etarli emasligi; 
-yer-suv resurslaridan foydalanishda bozor prinsiplarini etarli darajada 
qo‘llanilmaganligi. 
Umuman, qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanishning majmuali muammosi – 
tuproq unumdorligini qayta tiklash, mamlakatni eksport imkoniyatlarini hisobga 
olgan holda jamiyatni oziq-ovqat va xom-ashyo bilan ta’minlash bo‘yicha oldinga 
qo‘yilgan vazifalarni tadbiq etish maqsadida yerlardan oqilona va samarali 
foydalanishni ta’minlash, uni tarkibini maqbullashtirishdir. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish