-
darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini
o‘rganish;
-
tarkatma materiallar bo‘yicha ma‘ruzalar qismini o‘zlashtirish;
-
mustaqil ishlar. keys-stadilar bilan ishlash;
-
fanga oid ma‘lumotlarni o‘rganish, ularni taxlil qilish;
-
talabaning o‘quv - ilmiy - tatqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar
bo‘limlari yoki mavzularni chuqur o‘rganish;
-
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
Talaba fandan kafedrada tasdiqlangan mustaqil ta‘lim mavzularidan 1tasini
tanlaydi. Tanlangan mavzusi bo‘yicha 5 ta vazifani bajaradi. Bu vazifalar –
mavzusi bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati va shu adabiyotlar asosida referat, maqola
yozish, test tuzish, BMI (bitiruv malakaviy ishi) rejasi tuzishdan iborat.
Eslatma: Mustaqil ta‘lim mavzulari va oraliq nazorat topshiriqlari darsiing 1
kunida talabalarga beriladi, bajarish muddati 2 oydan kam bo‘lmagan holda
o‘tkazilish kuni aytiladi va guruh jurnaliga yoziladi. Mustaqil ta‘lim mavzulari va
oraliq nazorat topshiriqlari 1 ta daftarda jamlangan holda belgilagan kunda yozma
va og‘zaki shakllarda asditoriyada o‘tkazilishi talabalarga e‘lon qilinadi.
Mustaqil ishni baholash mezonlari: Joriy va oraliq nazorat ishlariga ajratilgan
ballardan o‘quv fani soatiga ko‘ra 2 balldan 10 balgacha olinadi.
1. Adabiyotlarni baholashda – talabaning tanlagan mavzusiga oid kerakli
adabiyotlarni tanlay olishi (Prezident asarlari, qarorlar, dasturlar, nizomlar,
monografiyalar, risolalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, jurnallar, internet
saytlari) va foydalana olishi malakasiga asosiy e‘tibor beriladi.
1. Adabiyotlar 10 tadan ko‘p bo‘lsa va keltirilgan adabiyotlar mavzuga oid
bo‘lsa va adabiyotlar ro‘yxatida Prezident asarlari, qarorlar, dasturlar, nizomlar,
monografiyalar, risolalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, jurnallar, internet
saytlari berilgan bo‘lsa hamda referat, maqola yozishida, test tuzishda, bitiruv
malakaviy ishi rejasini to‘g‘ri tuzishida foydalana olsa - «a‘lo» (2 ball);
2. Adabiyotlar 10 tadan ko‘p bo‘lsa va keltirilgan adabiyotlar mavzuga oid
bo‘lsa va adabiyotlar ro‘yxatida monografiyalar, risolalar, darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar, jurnallar, ommaviy nashrlar berilgan bo‘lsa hamda referat, maqola
yozishida, test tuzishda, bitiruv malakaviy ishi rejasini to‘g‘ri tuzishida foydalana
olsa– «yaxshi» (1,6 ball);
3. Adabiyotlar ro‘yxati to‘liq bo‘lsayu, lekin bitta manbadan foydalangan bo‘lsa
va shu asosda referat, maqola yozgan, test va bitiruv malakaviy ishi rejasini tuzgan
bo‘lsa – «qoniqarli» (1,2 ball);
2. Referatni baholashda:
1.
Referatda mavzu to‘liq ochilgan, to‘g‘ri xulosa chiqarilgan ijodiy fikrlari
bo‘lsa – 4,6 – 5 ball;
2.
Referat mavzusi mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor – 4.1.-4.5. ball;
15
3.
Mavzu mohiyati yoritilgan, ammo iqtiboslar berilmagan, ayrim kamchiliklar
bo‘lsa, 3-4 ball;
4.
Mavzu mohiyati to‘liq ochib berilmagan bo‘lsa, -1.5-2.9 ball;
3. Maqolani baholashda:
1. Mavzuda o‘rganilayotgan obekt chuqur tahlil qilinib, asos, gepoteza ilgari
surilgan, muammo echimlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 4-5 ball;
2. Mavzu tahlil qilingan, muammoni echishga oid taklif berilgan bo‘lsa, 3-3.9
ball;
3. Mavzuda ilmiy faraz ilgari surilgan bo‘lsa -2-2.9 ball;
4. Mavzu targ‘ibot shaklda ifodalangan bo‘lsa, 1-1.9 ball.
4. Test savollarini baholashda:
Tuzilgan savollar mavzu mohiyatini to‘liq ochib bergan, muhim qoidalar,
g‘oyalar, qonuniyatlar to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa, 3-4 ball;
Savollar to‘g‘ri tuzilgan, lekin ayrim kamchiliklar bo‘lsa, 2-2.9 ball;
Tuzilgan savollar umumiy va g‘alizliklar bo‘lsa,1-1.9 ball;
5. Bitiriv malakaviy ish (BMI) rejasini baholashda:
BMI rejalari o‘rganilayotgan mavzuning o‘zagiga, mohiyatiga chuqur kirishga,
mavzuning dolzarbligini yoritishga, muammo echimiga qaratilagan bo‘lsa, 4-5
ball;
BMI rejalari o‘rganilayotgan mavzu bilan yaqindan tanishish, muayyan
bilimga ega bo‘lishga qaratilgan bo‘lsa, 3-3.9 ball;
BMI rejalari o‘rganilayotgan mavzuga munosabat bildirish asosida tuzilgan
bo‘lsa, 2-2.9 ball;
BMI rejalari referat shaklda bo‘lsa, 1 ball.
Masalan: Mavzu: Ibtidoiy jamoa tuzumining davrlarga bo‘linishi va uning
xususiyatlari..
V a z i f a l a r
1
2
3
4
5
Adabiyot
lar ruyxati
Referat
yozish
(5 bet)
Maqola
yozish
(2 bet)
Test tuzush
(10 ta)
Mavzu
bo‘yicha BMI
rejasini tuzish
Mustaqil ta‘lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Tarixiy
xotirasiz kelajak yo‘q» asarida tarix fanini rivojlantirish borasida bayon qilingan
konseptual g‘oyalarning ahamiyati.
2. «Avesto» - tarixiy manba sifatida.
3. O‘zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish
bosqichlari.
4. Imom Al-Buxoriyning «Jome‘ as-Saxix» asari - Islom dinining muxim tarixiy
16
manbasi.
5. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari - tarixiy manba sifatida.
6. O‘rta Osiyolik allomalarning jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan xissasi.
7. Amir Temur tuzuklari - davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi muxim manba
sifatida.
8. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat.
9. Jaloliddin Manguberdining Vatan ximoyasi yo‘lidagi jasorati.
10. Alisher Navoiy davlat arbobi va shoir sifatida.
11. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot.
12.Turkiston jadidlari ilgari surgan g‘oyalar, ma‘rifiy qarashlar va ularning
mazmun-mohiyati.
13.Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan
g‘alabaga qo‘shgan xissasi.
14. O‘zbekistonda 50-70 yillarda paxta yakkahokimligining kuchayishi va
ekologik muammolarning kelib chiqishi.
15. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida.
16. I.A. Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asari O‘zbekiston
tarixining dolzarb muammolarni o‘rganishda muhim qo‘llanma.
17. I.A.Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» asari.
18. I.A.Karimovning «Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning
garovidir» asari mazmun mohiyati.
19. I.A.Karimovning «Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch» asari mazmun
mohiyati.
20. Sh.M.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. T., O‘zbekiston, 2017 yil.
21. «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustivor yo‘nalishi bo‘yicha «Harakatlar strategiyasi».
22. Komil inson tarbiyasida tarixning o‘rni.
23. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda manbalarning o‘rni.
24. Jahon taraqqiyoti tarixida O‘rta Osiyo sivilizatsiyasining o‘rni.
25. Ibtidoiy davr madaniyati va tasviriy san‘at.
26. Avesto-Vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba
27. Ahamoniy istilochilarining O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishlari, Shiroq
jasorati
28. Yunon-makedon istilochilarining O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishlari,
Spitamen qo‘zg‘oloni
29. Antik davr davlatlari(Yunon-Baqtriya, Qang‘, Dovon davlatlari, Kushon
podsholigi)
30. Buyuk ipak yo‘li va uning O‘rta Osiyo xalqlari hayotida tutgan o‘rni
31. Xioniylar va kidariylar, eftallar davrida O‘rta Osiyo.
32. Turk hoqonligi
33. Mahalliy davlat uyushmalari (Farg‘ona, Xorazm, Choch va Eloq, Sug‘d,
Tohariston)
34. Temuriylar davlati inqirozi va uning oqibatlari.
17
35. O‘rta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishini.
36. Arablarning Movarounnahrdagi mustamlakachilik siyosati va unga qarshi
xalq harakatlari.
37. Islom dini va uning sharq xalqlari hayotidagi o‘rni.
38. Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar davlatlarining vujudga kelishi
39. Sharq mutafakkirlari va allomalarining jahon ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan
hissalari.
40. Islom madaniyati. hadislar va tasavvuf ilmi.
41. Mo‘g‘ul davlatining tashkil topishi va istilochilik yurishlari.
42. Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashda Jaloliddin Manguberdi jasorati
43. Chig‘atoy ulusining tashkil topishi, ulusda jtimoiy-iqtisodiy va madaniy
hayot.
44. Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni va uning yakuni
45. Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi.
46. «Temur tuzuklari» - va uning mazmun-mohiyati.
47. Amir Temur davrida ilm-fan va madaniyat ravnaqi
48. Amir Temur va hozirgi zamon.
49. Mustaqillik yillarida Amir Temur siymosining qayta tiklanishi
50. Mirzo Ulug‘bek – davlat arbobi va olim
51. Zahiriddin Muhammad Bobur – mohir sarkarda va shoir
52. Dashti Qipchoqda shayboniylar davlatining tashkil topishi.
53. Shayboniylar tomonidan Movarounnahrning zabt etilishi.
54. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi
55. Ashtarxoniylar davrida O‘rta Osiyo.
56. Xiva xonligi va uning ijtimoiy siyosiy tuzumi.
57. Qo‘qon xonligi va uning ijtimoiy siyosiy tuzumi.
58. Buxoro amirligi va uning ijtimoiy siyosiy tuzumi.
59. Toshkent hokimligi.
60. Rossiya imperiyasing Turkistonni bosib olishi
61. Rossiya imperiyasi mustamlakachilariga qarshi mahalliy xalqlarning
qahramonona kurashi. Jasorat va xiyonat.
62. Rossiya imperiyasing Turkistonda boshqaruv siyosati.
63. Rossiya imperiyasing Turkistonda ruslashtirish siyosati.
64. Rossiya imperiyasining mustamlaka zulmiga qarshi mahalliy xalq
noroziligining kuchayishi.
65. «Tosh otar» voqeasi yohud «Vabo» isyoni.
66. Andijonda Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni va uning yakunlari.
67. Turkiston o‘lkasida milliy ozodlik harakatlari: Samarqand qo‘zg‘aloni,
Qurbonjon dodhoh, Etimxon, Yoqubbek harakatlari.
68. Jadidchilik harakati va uning mohiyati.
69. Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar partiyalari.
70. 1917 yil fevral va oktyabr oralig‘ida Turkiston.
71. 20-30-yillardagi siyosiy qatag‘onliklar.
72. Milliy ziyolilarning qatag‘on qilinishi.
18
73. Sovet davrida O‘zbekistonning iqtisodiyoti va uning markazga qaramligi.
74. Sovet davrida O‘zbekiston madaniyati va uning ma‘naviy qashshoqligi.
75. «Dashnoqsyuntchilar» va ularning Turkistondagi faoliyati.
76. Oktyabr (1917 y.) to`ntarishi, Turkistonda sovetlar hokimiyatining zo`rlik
bilan o`rnatilishi.
77. Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi.
78. Turkiston muxtoriyatining faoliyati va unga bolsheviklar hokimiyatining
munosabati , mahalliy holining qo`llab quvvatlashi.
79. Milliy Ozodlik kurashining etakchilari: Kichik va Katta Ergash faoliyati.
80. Madaminbek hayoti va faoliyati.
81. Shermuhammadbekning hayoti va faoliyati.
82. O`rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanishning o`tkazilishi sabab va
oqibatlari.
83. O`zbekiston SSRni tashkil etish jarayoni.
84. O`zbekistonda sanoatlashtirish siyosati va uning mustamlaachilik mohiyati.
85. Turkistondagi 1921-1922 yillardagi er – suv islohati mazmun va mohiyati.
86. 1925-1929 yillardagi er- suv islohati mazmun mohiyati.
87. O`zbekistonda qishloq xo`jaligini kollektivlashtirish jarayoni.
88. Qishloq aholisiga nisbatan qatag`onlik siyosati (1929-1930 yillar).
89. Ta‘lim sohasidagi o`zgarishlar (20-30 – yillarda).
90. 30-yillarda ta‘lim, fan va madaniyat.
91. 20-30 yillarda O`zbekistonning halqaro aloqalari
92. O`zbekistonliklarning front ortidagi jasorati.
93. O`zbekistonliklarning urush jangohlaridagi jasorati.
94. Qoraqolpog`iston ASSR urush yillarida, qoraqopog`larning safarbar etilishi.
95. XX 40-yillar 2-yarmida 50-yillar boshida siyosiy qatag`onlar va uning
oqibatlari
96. Paxta yakka hokimligi va uning oqibatlari.
97. Orol muammosi va uning globallashuvi.
98. Orol bo`yida ekologik yaxshilash yuzasidan O`zbekistonning pozitsiyasi.
99. Qayta qurush yillarida O`zbekiston.
100. 80-yillarda O`zbekistonda fan va madaniyat.
101. 80- yillar oxirida O`zbekistonda millatlararo munosabatlar.
102. «Paxta ishi», «O‘zbeklar» ishi va uning oqibatlari
103. Sho`ro tuzumi inqirozining muqarrarligi, mustaqillik sari yo`l.
104. O‘zbek xalqining davlat mustaqilligini ko‘lga kiritishi va uning tarixiy
ahamiyati
105. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari
106. Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» va uning o‘ziga xos xususiyatlari
107. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda siyosiy islohotlar
108. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti
109. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti
110. «Yoshlarga oid davlat siyosati» va uning ahamiyati
111. Mamlakatimizda yillarga berilayotgan nomlar va ularning ahamiyati
19
112. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
113. Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm, unga qarshi kurashda
O‘zbekistonning o‘rni
O‘QUV YUKLAMA HAJMI
Mutaxasislik
K
urs
Seme
str
Um.y
uk.
hajmi
Ma‘ru
za
Semin
ar
Mustaq
il ta‘lim
Bakalavr
yo‘nalishlari
uchun
1
1
10
14
REYTING TIZIMI
Joriy nazorat 36
Oraliq nazorat 34
Yakuniy nazorat 30
3 = 19,8 – 25,2
4 = 25,5 – 30,6
5 = 30,9 – 36
3 = 18,7-23,8
4 = 24,1-28,9
5 = 29,2-34
3 = 16 - 21
4 = 21 - 25
5 = 26 - 30
ORALIQ NAZORAT MAVZUSI VA MUSTAQIL TA‘LIM
O.N
(2 marta)
Vaqti
Shakli
Mustaqil ta‘lim.
36 soat
1. Amir Temur va
temuriylar davlati, temuriylar
davrida im-fan va madaniyat
2. O‘tilgan mavzular
bo‘yicha
__.__.2
017
__.__.2
018
Yozma
Og‘zaki
1.Adabiyotlar
2.Test tuzish (10 ta)
3.Referat yozish (5
bet)
4.Maqola yozish (2
bet)
5.Mavzu bo‘yicha
BMI rejasini tuzish
Joriy nazorat ishini baholash mezonlari
«Qoniqarli» (1,4-1,7 b.) - an‘anaviy bilim, konsepsiya fikr va muammolarni
bilishi va ularni bayon qilish malakasiga ega bo‗lishi;
«Yaxshi» (1,8-2,1 b.) -turli ziddiyatli qarash va fikrlari qiyosiy tahlil qilish,
ularning ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlash mahorati uchun;
«A‘lo» (2,2-2.57 b.) - asosiy g‗oya va konsepsiyalarni tanqidiy tahlil qilish va
ularga nisbatan shaxsiy munosabatini bildirish mahorati uchun.
«O‘zbekiston tarixi» fanini o‗zlashtirgan talaba O‘zbekiston tarixi fanining
umumnazariy masalalarini o‗zlashtirishi va ular bo‗yicha mustaqil fikrlash
mahoratga ega bo‗lishi mumkin.
Eslatma: tahlil etilishi mo‗ljallangan adabiyotlarga individual yondashuv
belgilanib u qo‗yilgan maqsadning keng qamrovligi va aniqligi bilan belgilanadi.
20
Oraliq nazorat ishini baholash mezonlari
«Qoniqarli» (18,7-23,8 b.) - an‘anaviy bilim konsepsiyalari va ularni bayon
qilish maxorati uchun;
«Yaxshi» (24,1-28,9 b.) - turli ziddiyatli qarash va fikrlari qiyosiy tahlil qilish,
ularning ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlash mahorati uchun;
«A‘lo» (29,2-34 b.) - asosiy g‗oya va konsepsiyalarni tanqidiy tahlil qilish va
ularga nisbatan shaxsiy munosabatini bildirish mahorati uchun.
Eslatma:
1.
Tahlil etilishi mo‗ljallangan adabiyotlarga individual yondoshilib, u qo‗yilgan
maqsadning keng qamrovligi va aniqligi bilan belgilanadi.
2.
Oraliq nazorat ishlari o‗qituvchi va talabalarning xohishi asosida yozma,
og‗zaki yoki test nazorati usulida o‗tkazilishi mumkin.
Yakuniy nazorat ishlarini baholash mezonlari
86-100 ball bilan baholanadi:
-
Talaba O‘zbekiston tarixi fani bo‗yicha mustaqil mushohada yuritsa;
-
fanning qonuniyatlari, kategoriyalari va metodologiyasining mohiyati va
mazmunini tushunsa;
-
O‘zbekiston tarixi faniga doir aniq tasavvurga ega bo‗lsa, ularni jamiyat va
inson faoliyatiga oid misollar orqali ifodalab bersa, ularni amaliy faoliyatda qo‗llay
olsa;
-
o‗tilgan mavzular bo‗yicha xulosa va qarorlar kabul qilsa;
-
ijodiy fikrlasa, tanqidiy munosabatlar bildirsa, o‗z fikrini erkin bayon etsa;
-
ma‘ruza, amaliy mashg‗ulot va mustaqil topshiriqlarni o‗z vaqtida bajarsa va
to‗plagan ma‘lumotlarida birinchi manbalarga murojaat etgan bo‗lsa
71-85 ball bilan baholanadi:
-
talaba O‘zbekiston tarixi fani bo‗yicha mustaqil fikrlay olsa, bildirilgan
fikrlarini anglay olsa;
-
fanning muhim mezoniy tushunchalari to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lsa, uni
bilsa va tushuntirib bera olsa;
-
ma‘ruza, seminar va mustaqil ish uchun berilgan topshiriqlarni bajarsa.
56-70 ball bilan baholanadi:
-
fanning asosiy mezoniy tushunchalari va tamoyillarini tushunsa va aytib bersa;
-
ma‘ruza, seminar mashg‗ulotlari va mustaqil ishlarni yozgan va bajargan
bo‗lsa;
-
mashg‗ulotlarda o‗z mulohazasi bilan ishtirok etib tursa.
0- 55 ball bilan baholanadi:
-
fan va qonuniyatlari haqida tasavvurga ega bo‗lmasa, ularning mohiyatini
tushunmasa;
-
JN va ON larni topshira olmagan bo‗lsa;
-
ma‘ruza, amaliy mashg‗ulot va mustaqil topshiriqlarni yozmagan va
bajarmagan bo‗lsa;
-
darslarni sababsiz qoldirgan bo‗lsa;
21
-
darsda faol bo‗lmasdan va intizomsizlik qilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |