Elektron hisoblash mashinasi (EHM) — asosiy funksional elementlari (mantiq, xotira va boshqalar) elektron lampalar yoki yarimoʻtkazgichli asboblar, integral mikrosxemalardan tuzilgan hisoblash mashinasi. Birinchi EHM — analograqamli hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi 20-asr 40- yillarida paydo boʻlgan. 70- yillardan boshlab kompyuter keng rasm boʻla boshladi. EHM ning boshqa tipdagi hisoblash mashinalariga nisbatan afzalligi (tez ishlashi, ixchamligi, puxtaligi, jarayonlarning avtomatlashtirilishy va boshqalar) tufayli ilmiytexnika hisoblarida, axborotlarni ishlashda, avtomatik boshqarishlarda keng qoʻllanilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |