2.3. Tajriba-sinov ishlari tahlili.
Tadqiqotni tajriba-sinovlarini o‘tkazish Jizzax viloyati shahridagi Ixtisoslashtirilgan San`at maktabi tayanch qilib olindi. Tajriba-sinovida 10-11 sinflardan 3 ta o‘quvchi va 5 ta o‘qituvchi qatnashdilar.
Birinchi bosqich : tadqiqotning mavzusi, muammoning hozirgi kundagi ahvoli, predmeti, vazifalari, farazi va uni o‘tkazishning uslubiyoti aniqlandi, yetarli dalil va asoslar yig’ildi: adabiyotlar, dasturlar, qo‘llanmalar musiqa madaniyati o‘quv mashg’ulotlariga oid materiallar o‘quvchilarning musiqa asarlari haqidagi umumiy taassurotlari tahlil qilindi; o‘quvchilarning musiqiy his- tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishga oid asosiy tarkibiy qismlar (komponentlar) tanlab olindi va unga tayyorgarlik darajasini ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.
Musiqiy mashg’ulotlar mazmunini tashkil qiluvchi tinglash, kuylash va tahlil qilishga oid asarlarining ro‘yxati tuzib chiqildi.
Ikkinchi bosqich : o‘quvchilarning musiqa tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablar mohiyati yangi dastur asosida o‘rganildi va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi. O‘quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda o‘quvchilarga tinglash, kuylash va tahlil qilish hamda musiqa cholg‘ularini ijro etish uchun berilgan asarlar ular tomonidan qanday o‘zlashtirayotganini tekshirib ko‘rish uchun kirishildi. Tabiiy tajriba-sinov mo‘ljallangan va ishlab chiqilgan ba’zi bir vosita va uslublarini tez sur’atda o‘quv-tarbiyaviy jarayonga foydalanish imkonini berdi. Shu bilan bir qatorda, bir vaqtning o‘zida uni boshqarish bilan o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar, aniq fikrlar kiritish mumkin bo‘ldi.
Tadqiqotimizning ilmiy farazi tajriba-sinov o‘tkazish jarayonida tekshirib o‘quvchilarning musiqa madaniyati darslarida musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishda ta’lim mazmunini umumdidaktik printsiplar asosida tashkil etishning qulay yo‘llari aniqlab berildi.
Uchinchi bosqich (6.04.2021.) tadqiqot natijalari tahlil qilindi, bir tuzumga solindi va umumlashtirildi, umumiy xulosalar chiqarildi, ilmiy-amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqildi :
Jumladan :
O‘quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishda darsning barcha faoliyatlari hamda musiqa cholg‘ularida yakka tartibda ijro etish asosiy vosita sifatida o‘rganildi va umumiy izoh berib chiqildi:
O‘quvchilarning musiqiy tuyg’usini rivojlantirish va takomillashtirishda musiqa faoliyatlari tarkibidagi asarlarning kuyi, ohang tuzilishi va badiiy-g’oyaviy mazmuni tahlil qilindi;
Musiqiy tuyg’uni rivojlantirishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hamda psixologik-fiziologik xarakterlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganib chiqildi.
Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishning shakl va usullari ishlab chiqildi hamda manbalar asosida yaratildi.
Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarning musiqiy his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan usul va yo‘llarning natijalari o‘rganildi va tahlil qilindi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undagi nazariy xulosalar ta’lim jarayonida o‘quvchilarning his-tuyg’ularini rivojlantirish va takomillashtirishda o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Muammoga tegishli nota shakllarini, uslubiy ko‘rsatmalarni musiqa maktablarining musiqa madaniyati darslarida qo‘shimcha manba sifatida foydalanish mumkin.
Tajriba sinovi obyekti qilib san`at maktabini tanladim. Predmet sifatida fortepiano mashg‘uloti asos qilindi. Ikkita o‘quvchi ustida olib borilgan amaliy tajriba muvoffaqqiyatli yakunlandi. San`at maktablarida olib boriladigan an`anaviy dars faoliyatlari birinchi o‘quvchi ustida davom ettirildi. Ikkinchi o‘quvchi ustida esa noan`anaviy metodlar asosida jamoatchilik fikriga asosan tajriba metodlari olib borildi va ijobiy natijaga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |