A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti



Download 197 Kb.
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi197 Kb.
#763558
1   2
Bog'liq
HADIS ILMNING SHAKLLANISHI VA IMOM BUXORIYNING JAXONSHUMUL XIZMATI

“Al-Jomi’ as-Sahih” (Ishonarli to‘plam) asari haqida so‘z ketganda shuni aytish mumkinki, mazkur manba Islom dini ta’limotida Qur’oni karimdan keyin asosiy manba sifatida foydalaniladi. Imom al-Buxoriy yashagan davrdan oldin ta’lif etilgan hadis kitoblarida sahih va g‘ayri sahih hadislar aralash holda berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardagi biror hadisni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini, hadis rivoyat qiluvchining ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmasdi. Buning uchun o‘quvchi o‘sha hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan so‘rashga majbur bo‘lardi.
Mana shunday og‘ir davrda Imom al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobini 16 yilda yozib tugatib, unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratib tartibli ravishda jamladi.
Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobiga mashhur olimlar tomonidan yuzdan ziyod sharh va xoshiyalar bitilgan. Jumladan, “Fathul-Boriy”, “Al-Kavkab ad-Daroriy”, “Irshodus-Sariy”, “Umdat al-Qoriy”, “Fayzul Boriy” va boshqa ko‘plab sharhlarni misol qilib keltirish mumkin.
Bundan tashqari, Imom al Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad” (Odob durdonalari), “Birr ul-Volidayn” (Ota-onani hurmat qilish), “At-Tarix al-Kabir” (Katta tarix), “At-Tarix al-Avsat” (O‘rtacha tarix), “At-Tarix as-Sag‘iyr” (Kichik tarix), “Al-Jome’ al-Kabir” (Katta hadislar to‘plami), “Kitab al-Ilal” (Nuqsonli hadislar kitobi), “Kitab al-Kunya” (Hadis roviylarining taxalluslari) kabi yigirmadan ortiq asarlarlari mavjud.
Imom Buxoriyning ijodiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to‘la-to‘kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini qurish taklifini bildirib, shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, o‘ziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin. Shunda ularning qalbida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi mas’uliyatini his etadi”. 
Demak, hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’on Karimdan keyingi asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to’plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o’rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrlarda to’rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug’ullangan. Mazkur bilimlarni o’rganishning o’ziga xos yo’nalishi bo’lib, «hadis ilmi» nomi bilan yuritilgan. Keyingi yillarda Muhammad Alayhis-salomning hayoti, faoliyati hamda uning diniy-axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” («Ishonarli to’plam»), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning “Ash-SHamoil an-nabaviya” asarlari nashr etildi. “Hadis” yoki “Sunna” so’zlari bir ma’noni anglatib, Rasulullohning hayoti va faoliyati hamda diniy va axloqiy ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.
Muhammad alayhissalomning ibratli ishlari, e’tiqod, poklik va insonga xos ma’naviy-axloqiy xislatlarni ifodalovchi so’zlari, pand-nasihatlari uning nomi bilan bog’liq hadislarda mujassamlangan. 
Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg’ambar Muhammad Alayhis-salom arab bo’lmagan kishilarning hadislarni Qur’oni Karim oyatlari bilan adashtirib yuborishlaridan cho’chib, hadislarning yozib borilishiga ruxsat etmaganlar. Biroq payg’ambar Muhammad Alayhis-salom huzurida sahoblar bo’lib, ular Rasuli akramdan eshitgan hadislarini yodlab borganlar. Jumladan, hazrati Abu Hurayra ana shunday mo’’tabar kishilardan biri bo’lib, hadislarni mukammal yodlab borgan. Abu Hurayra tomonidan qayd etilgan hadislar to’g’ri, ishonarli (sahih) hadislar hisoblangan.
Lekin hadislarni yod olgan kishilar sonining tobora kamayib borishi natijasida ularning asta-sekin unutilib ketishi borasidagi xavf yuzaga keladi. Ana shu xavfning oldini olish maqsadida xalifalar ishonarli hadislarni to’plashga farmon berganlar. Hadislarni to’plash xususidagi farmon dastlabki xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan berilgan.
Hadislarni yozib borish bilan mashg’ul bo’lgan ilk muhaddislar sifatida Rabee bin Sabeh, Said ibn Abi Aruba, Molik bin Anas, Abdumalik bin Jurayj Makkiy, Abdurahmon al-Avzoiy SHoshiy, So’fyon Savriy Kufiy va boshqalardir.
VIII-IX asrlar hadis ilmining rivojlanishida “oltin davr” hisoblanadi. Bu davrga kelib, Islom ulamolari tomonidan hadislarning qay darajada to’g’riligi, ularning qanday manbalarga tayanilib to’planganligi jiddiy tadqiq etila boshlandi. CHunki ba’zi soxta, ishonchsiz hadislar ham paydo bo’la boshlagan, ularni tekshirib, asl hadislarni tiklash va yozma ravishda qayd qilish zamon talabi bo’lib qolgan edi. SHuning uchun ham birinchidan, hadislarni yoddan biluvchi haqiqiy, bilimdon, o’tkir mulohazali kishilarning asta-sekin kamayib ketayotganligi, ikkinchidan, hadislarning haqiqiy, ishonarli, ya’ni sahihlarini saqlab qolish maqsadida ular tekshirilib, asl holiga keltirib, yozib yig’ila boshlangan. Ana shu tarzda hadis ilmi rivojlana boshlagan.
Islom olamida oltita ishonchli to’plam (as-sahih as-sitta) eng nufuzli manbalar sifatida e’tirof etilgan. Ushbu manbalarning mualliflari IX asrda yashab ijod qilgan quyidagi muhaddislar bo’lganlar: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 194 (810), - 256 (870), Imom Muslim ibn al-Hajjoj 206 (819), - 261 (874), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (824), - 279(892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817), - 275(880), Imom Ahmad an-Nasoiy (215 (830), - 303 (915) va Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn YAzid ibn Mojja 209 (824), - 273(886). 
Muhaddislar tomonidan yaratilgan va ishonarli manbalar deya e’tirof etilgan “Al-kutub as-sitta” (“Olti kitob”) quyidagilardan iborat:
1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan yozilgan “Al-jome’ as-sahih” asari.
2. Imom Muslim an-Nishopuriy (Imom Muslim ibn al-Hajjoj) tomonidan yozilgan “As-sahih” asari. 
3. Imom ibn Mojja tomonidan yozilgan “Sunnan”. 
4. Imom Abu Dovud Sulaymon–Sijistoniy tomonidan yozilgan “Sunnan” asari. 
5. Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozilgan “Aj-jami al-kabir” asari. 
6. Ahmad an-Nasoiy tomonidan yozilgan “Sunnan”.
Movarounnahrda birinchi bo’lib hadis to’plagan muhaddis Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy sanaladi. Allomaning safdoshlari sifatida Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayh al-Marvaziy, Imom al-Haysam ibn qulayb ash-SHoshiy, Hofiz al-Xorazmiy, Imom Abdulhasan Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiy kabi vatandoshlarimizning nomlari ham mashhur.
Imom Ismoil al-Buxoriy
“Sahih” yo’nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida “Amir-ul-mo’’minin”, “Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo’lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba’zi manbalarda 810 yilning 20 iyulida) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan. Go’dakligida otadan yetim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og’zaki ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo’r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o’rgandi. Abdulloh ibn al-Muborak, Vaqi’ ibn Jarroh kabi olimlar tomonidan to’plagan hadislarni yod olgan, shuningdek, hadis rivoyatchilari xususida so’z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy 825 yilda, o’n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo’lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo’lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u yerda yetuk muhaddislardan hadis ilmi bo’yicha, Damashq, qohira, Basra va Bag’dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fikh ilmi bo’yicha ta’lim oladi. SHuningdek, allomaning o’zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, toliblarga dars ham beradi.
Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o’tkir zehnli hamda ziyrak olim bo’lgan. “Manbalarga ko’ra, Bag’dod shahrida istiqomat qilgan vaqtda ko’pincha qorong’u kechalari sham yorug’i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o’sha fikrni qog’ozga tushirar, shu tahlitda ba’zan shamni yigirma martagacha o’chirib-yoqar ekan”1.
Imom Buxoriyning o’tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish mumkin.
Rivoyatlarga ko’ra, u qaysi bir kitobni qo’lga olib, bir marotaba mutoala qilsa, unda bayon etilgan barcha fikrlar, ma’lumotlarni yodda saqlab qolavergan. Imom Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz ming g’ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod bilgan. SHogirdlaridan Amir ibn Fallos “Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma’lum bo’lmagan hadis, albatta ishonchli hadis emasdur”, - deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning aytishicha, “Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas”.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o’tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o’tirardi. SHu tarzda qancha kunlar o’tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. SHunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan?, -deb ta’na qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og’zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan o’qib berdi. SHundan keyin biz yozib olgan hadislarimizdagi xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo’ldik”2.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko’p zabardast olimlardan ta’lim oladi. Manbalarda alloma ustozlarining soni to’qson nafarga yaqin bo’lgan deb ko’rsatiladi. Muhammad ibn YUsuf al-G’artobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy, Ishoq ibn Ibrohim ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o’zi ham yirik va mashhur olimlar Ishoq ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalaf ibn qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojlarga ustozlik qilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy o’ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, sahovatli inson ham bo’lgan. U hadis ilmining yetuk olimi sanalsada, zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o’rgangan. Alloma bir ming sakson nafar muhaddisdan hadis eshitgan. Allomaning o’zidan esa to’qson ming nafar kishi ishonarli hadislarini eshitgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to’plagan., 100 ming “sahih” va 200 ming “g’ayri sahih” hadislarni yod olgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talaba va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning targ’ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko’ra, xalifaning Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad ibn Xolid az-Zuhaliy uni saroyga kelib hadis ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo Imom Ismoil al-Buxoriy bu taklifni qabul etadi va: “Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo’lsa, bolalarni (ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga yuborsin”, -deb javob beradi1. SHu bois alloma bilan amir Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy o’rtasidagi munosabatga bir oz putur yetadi. Bunga ayrim hasadgo’y shaxslarning ig’volari ham sabab bo’ladi. Amir allomaning shahardan chiqib ketishga farmon beradi. Samarqand ulamolari Imom Ismoil al-Buxoriyni o’z yurtlariga taklif etadilar. Yo’lga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriy Samarqand shahriga yaqin bo’lgan Haftang qishlog’i (hozirgi Poyariq tumanining hududi)da betob bo’lib qoladi va shu yerda hijriy 256 yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 872 yil 1 sentyabr) 62 yoshida vafot etadi va shu yerga dafn etiladi. 

Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to’plam”), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), “At-tarix al-kibor” (“Katta tarix”), “At-tarix as-sag’iyr”, (“Kichik tarix”), “Al-qiroatu xalfa-l-Imom” (“Imom ortida turib o’qish”), “Vaf’ul-yadini fi-s-saloti” (“Namozda ikki qo’lni ko’tarish”) kabi asarlari mavjud bo’lib, ularning qo’lyozmalari bizgacha yetib kelgan. Ammo “At-tarix al-avsat” (“O’rta tarix”), “At-tafsir al-kabir” (“Katta tafsir”), “Al-jome’ al-kabir” (“Katta to’plam”), “Kitob-ul-hiba” (“Hadya kitobi”) nomli asarlari ham bo’lganligi ma’lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan. SHubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o’tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari “Al-jome’ as-sahih”dir. Bu asar “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham dunyoga mashhur. 4 jilddan iborat mazkur kitobda payg’ambarimiz Muhammad Alayhis-salom hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma’lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih” hamda 4000 ta takrorlanmaydigan hadislar kiritilgan. Bó kitob Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi.


Islom dini insonni ma’naviy kamolot sari yetaklovchi ta’limotdir. SHu sababli Qur’oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilarning qat’iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ’ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo’lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.
Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislarlar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʻz H.larini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng Hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.
Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif" hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon H.lar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan xadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (qarang Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta H. toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadishar qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat f-tlarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" Hadislar toʻplami 4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. - 1996, 3-j. - 1994, 4-j. -1992), 2nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muham-mad Termiziyning "Sahihi Termiziy" Hadislar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentdachop etildi. Bulardan tashqari "Ming bir hadis" tarjimasi, "Qudsiy hadislar" tarjimasi ham nashr etildi.
Hadis (حديث) Muhammad alayhissalomning aytgan gaplari, taʼkidlari yoki qilgan ishlari tasvirlangan manbalardir. Hadisni muhaddislar yigʻadi va o'rganishadi. Hadislar shariat normalari asosini tashkil etadi.
Download 197 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish