4. Bayoning emotsionalligi.
Agar o‘qituvchi o‘zi bayon qilayotgan materialga
loqaud munosabatda bo‘lsa, bu hol talabalarga ham o‘tadi. Va aksincha, o‘qituvchi
materialni ta’sirchan yusinda bayon qilsa (faktlarni to‘g‘ri tanlash bunga yordam
beradi, u holda lar yangi yangi ma’lumotlarni yaxshi idrok qiladilar va xotirala
rida), yaxshi saqlab qoladilar.
5. O‘qituvchining nutq madaniyati.
O‘qituvchining nutqi ravon va tekis
hamda ular tushuna oladigan bo‘lishi lozim.
4. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning ko‘rgazmali usullari
Ta’limning ko‘rgazmali metodlari o‘zida muhim didaktik talabni aks ettiruvchi
usullar majmuasini ifodalaydi. Hozirgi davrda zamonaviy didaktika ko‘rgazmali
vositalarni qo‘llashning eng yuqori ta’limiy, tarbiyaviy hamda shaxs sifatlarini
rivojlantiruvchi variantlarini qo‘llashni talab qilmoqda. U pedagoglarni
ko‘rgazmali vositalarni qo‘llash barobarida ta’lim oluvchilarning asbtrakt
tafakko‘rini ham rivojlantirishga yo‘naltiradi. Ko‘rgazmali ta’lim metodining
xususiyati uning hamma vaqt ma’lum darajadagi og‘zaki metodlar bilan omuxta
shaklda berilishidir(2-rasm).Mustaqil kuzatishlar
mutaxassislik fanlarini
o‘qitishning shunday usulidirki, ularni tabiiy sharoitlarda hodisalar va ishlab
chiqarish jarayonlarini bevosita idrok qilishini ta’minlaydi. Bu usuldan
texnologiya jarayonlarining borishini, mashinalar va ularning ish rejimini
o‘rganish uchun mashinalarning ishidagi nuqsonlarni aniqlash, texnologiya usullari
va ularning ayrim qismlarini o‘rganish vaqtida foydalanish mumkin.
Rasm.2.Ko‘rsatmali o‘qitish usullari.
Talabalarning mustaqil kuzatishlarini qo‘yidagi tartibda tashkil etish va o‘tkazish
maqsadga muvofiqdir:
1. O‘qituvchining kuzatish ob’ektlarini tanlashi.
2. Kuzatishga oid yakka tartibdagi va jamoa topshiriqlarini
tayyorlash va
berish.
3. Bevosita kuzatishlarning bajarilishi (kuzatishni qanday
olib borish, qanday
sistemada va izchillikda o‘tkazish kerakligi)haqida yo‘l –yuriq berish.
Kuzatish jarayonlari yoziladi, grafik hisobotlar tarzida rasmiylashtiriladi. Kuzatish
natijalarini jamoa tarzida muhokama qilish va ularga baho berish.
Ko‘rgazmali qo‘llanmalarni namoyish qilish mutaxassislik fanlarining o‘rga
nilayotgan obektlarini ko‘rgazmali xissiy idrok qilishga asoslangan usulidir. Bu
usul o‘quv materialini bayon qilish jarayonida qo‘yidagilarni ko‘rsatishni nazarda
tutadi:
- Tabiiy namunalar: mashinalar, stanoklar, mexanizmlar, moslamalar,
asboblar, zagotovkalar, materiallar va hakozolar;
- YAssi va xajmdor qo‘llanmalar (plakatlar, sxemalar, jadvallar ,
diogrammalar,maketlar va modellar),
- ekranli qo‘llanmalar (diapozitivlar, diafilmlar, o‘quv kinofilmlari va xokazo).
Ko‘rgazmali qo‘llanmalarni namoyish qilish vaqtida muayyan izchillikka amal
qilish, lar ko‘zatayotgan obektni bayon qilinayotgan material
mazmuni bilan
bog‘lash kerak .
Tabiiy namunalarni namoyish qilish jarayonida agar ular
yirik obektlar
bo‘lsa, texnologiya o‘qituvchisi ularni to‘g‘ridan –to‘g‘ri ish joyini o‘zidan turib
ko‘rsatishi mumkin.
YAssi va hajmdor qo‘llanmalar bevosita o‘qituvchining
ish joyidan turib
namoyish etilishi mumkin.
Mutaxasssilik fanlari darslarida ekranli qo‘llanmalarni namoyish qilishlarga
bayon qilinayotgan materialni yaxshirok tushunish va o‘zlashtirib olish imkonini ,
o‘qituvchiga esa darsga tayyorgarlik ko‘rish va buyumlarni namoyish qilish vaqtini
ko‘rsatish imkonini beradi. Masalan, detal tayyor lashning texnologik jarayonini
tushuntirganda o‘qituvchilarga diapozitiv ning tayyor lentasini namoyish qilish
yoki texnika va mashinaning kinema tik sxemasining tushuntirish vaqtida (ayniqsa
tegishli plakatlar mavjud bo‘lmagan) epidiaskop yordamida kitoblarda
joylashtirilgan sxemalar va suratlarni namoyish qilish mumkin.
Amaliy mashg‘ulotlarda texnologiya usullarini ko‘rsatish mutaxas sislik
fanlari buyicha ta’limini texnologiya usullari, jarayonlari va ularning qismlarini
o‘rganish vaqtida foydalaniladigan alohida usulidir. YAngi texnologiya jarayonini
o‘rganish vaqtida o‘qituvchi undan talabalar o‘zlashtirib olishi zarur bo‘lgan eng
muhim texnologiya usullarining alohi da ajratib ko‘rsatish zarur. Mehnat usulini
ko‘rsatishni shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin:
- O‘qituvchining mehnat usulini ish suratida ko‘rsatish.
- Mehnat usulini alohida qismlarga (ish va ish bajarishdagi harakatlarga)
ajratish va ulardan har birini sekin surat bilan ko‘rsatish.
- Mehnat usulini ish suratida takroriy ko‘rsatish.
- Talabalarning ko‘rsatilgan mehnat usulini (uning qismlarini) sinov tariqasida
bajarish bilan o‘zlashtirishlarini tekshirish .
Mehnat usulini ko‘rsatish vaqtida uning talabalarga yaxshi ko‘rinadigan
bo‘lishini ta’minlash zarur. O‘qituvchi mehnat usulini ko‘rsatar ekan, uning ayrim
qismlarini qanday bajarish usullarini bataf sil tushuntirib berish lozim.
Mehnat usullarini ko‘rsatish vaqtida o‘qituvchi talabalarning diqqati va qizi
qishini ko‘rsatilayotgan narsaga qaratishi, ularni texnolo giya harakatlarini faol va
ongli ravishda o‘zlashtirishga undashi zarur. Mehnat usullarini ko‘rsatishning sama
radorligi texnologiya o‘qi tuvchilarning malakasiga bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zlari
ham bu usullarni nuqsonsiz bajarishlari talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: