Transkripsiyaning elongatsiyasi
DNK ning bir zanjirida i-RNK ning ma'lum qismi hosil bo`lishi bilan, RNK-
polimerazaning muayyan subbirliklari DNK dan ajraladi. Kop-fermenti esa i-RNK
ni matritsada uzayishini davom ettiradi. Fermentning 5
/
-3
/
harakati davomida
DNK-matritsadagi ajralgan nukleotid qatorlari orasida qaytadan vodorod bog`lari
hosil bo`ladi. Sintezlangan i-RNK prokariotlarda oqsil sintezi uchun ribosomaga
jalb qilinadi. Eukariot hujayralarda esa yangi sintezlangan transkriptlar
posttranskripsion modifikatsiyadan so`ng i-RNK shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |