25
Nukleozidlarning to`liq va qisqartirilgan nomlari
1-jadval
Asoslar
Ribonukleozid
qisqargan
belgisi
Dezoksiribonukleozid
qisqargan
belgisi
Adenin
Adenozin
A
Dezoksiadenozin
dA
Guanin
Guanozin
G
Dezoksiguanozin
dG
Sitozin
Sitidin
S
Dezoksisitidin
dS
Timin
Timidin
T
Dezoksitimidin
dT
Uratsil
Uridin
U
-
-
Nukleotidlar nukleozidlarning monofosforli efirlaridir. Ular nuklein
kislotalarning monomeri hisoblanadi. Ularning tarkibida azotli asoslar (purin va
pirimidin), uglevod komponentlari (riboza va dezoksiriboza) va fosfor kislotalari
bo`ladi.
Ribonukleotidlarda fosfor kislotasi ribozaning 2
/
, 3
/
va 5
/
atomlariga
bog`lanishi mumkin.
Dezoksiribonukleotidlarda fosfor kislotasining qoldig`i dezoksiribozaning 3
/
va 5
/
uglerod atomlari orqali bog`lanadilar.
Nuklein kislotalarning qoldiqlari mononukleotidlar bo`lib, ular ikki xil
bo`lishlari mumkin. RNK ning mononukleotidlari: adenozin-3
/
- va 5
/
-fosfatlar
(adenil kislota), guanozin-3
/
- va 5
/
- fosfatlar (guanil kislota), sitidin-3
/
va 5
/
-
fosfatlar (sitidil kislota), uridin -3
/
- va 5
/
- fosfatlar (uridil kislota).
DNKning mononukleotidlari: 2
/
-dezoksiadenozin -3
/
-va 5
/
- fosfatlar
(dezoksiadenil kislota), 2
/
dezoksiguanozin-3
/
-5
/
- fosfatlar (dezoksiguanil kislota),
2
/
dezoksitimidin -3
/
va 5
/
- fosfatlar (dezoksitimidil kislota), 2
/
dezoksisitidin-3
/
va
5
/
fosfatlar (dezoksisitidil kislota).
26
Monofosfatlarda fosfat atomi uglerodning 5
/
atomiga bog`langan bo`lsa
ularni AMF, GMF, dAMF lar deb ataladi.
Nukleozidmonofosfatlardan tashqari, tirik organizmlarda nukleoziddifosfat
va nukleozidtrifosfatlar uchraydi:
Nukleoziddifosfat va nukleotidtrifosfat tarkibidagi fosfat kislotalari bir-
birlari bilan yuqori potensial energiyaga ega bo`lgan angidrid bog`lari orqali
bog`lanib, ularni makroerglar deb ataladi. Makroergli ribonukleotidtrifosfatlar
RNK va DNKlarning biosintezida dastlabki substrat hisoblanadi.
Hujayra metabolizmida ATF markaziy o`rin egallab oksidlanishi, substratli
va fotosintetik fosforlanish reaksiyalarining mahsuli bo`lib, organizmda
akkumulyatorlik vazifasini o`taydi. Har qanday biologik jarayonlarda energiya
manbai sifatida ATF hizmat qiladi. ATF dan tashqari bo`lgan trifosfatlar ham
muayyan biologik vazifalarni bajaradilar. Jumladan, GTF oqsilning
translyatsiyasida, UTF uglevodlar sintezida va STF esa glitserofosfolipidlar
biosintezida ishtirok etadilar.
Nukleotidlarning molekulyar og`irligi 330 ga teng. Bakteriofagdagi nuklein
kislotasining molekulyar massasi 1,9
.
10
6
Da. Demak, tarkibida 5760 nukleotid
qoldig`i bor (900000:330).
Hujayrada oddiy nukleotidlardan tashqari yana siklik -3
/
,5
/
-adenil va siklik
3
/
,5
/
guanil kislotalar ham uchraydi:
27
Siklik nukleotidlar biologik faol moddalar bo`lib, hujayraga tashqaridan
keladigan habarlar (gormon, neyromediator va boshqa) uchun vositachilik rolini
bajaradilar. Ular siklaza fermentlari yordamida sintezlanib, faolliklari esa har xil
effektorlar, jumladan, gormonlar orqali boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: