Reja:
1. Kasbiy pedagoglik faoliyati
2. O‘qituvchining darsdagi xissiy munosabatlari
3. O‘qituvchi kommunikativ muloqoti
4. O`qituvchisining kasbiy kompetensiysini rivojlantirish shakllari.
O‘qituvchi mehnati – bu bebaho izlanish, ijobiy kechinmalar, quvonch, o`z faoliyatidan qanoat hosil qilishdir. Kasbiy pedagoglik faoliyati inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Kasbiy pedagoglik faoliyat - pedagogning taxsil oluvchilarga ta’lim va tarbiya berish vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta’sir utaazish vositalari bilan amalga oshiriladigan kasbiy faolligidir. O‘qituvchi bu mazkur faoliyatning bir necha turlarini bajaradi: utsitadi, tarbiyalaydi, yo‘l - yuritspar ko‘rsatadi, tashkil qiladi, targibot yurgizadi, mustaщp bilim olish bilan shugullanadi. Bularning hammasi bevosita yoki bilvosita o‘qitish va tarbiyalash vazifalarini hal qilishga yo‘naltiriladi.
Kasbiy pedagoglik faoliyat mobaynida motivatsion — mo`ljalli bosqich, vaziyatni tushunish bosqichi namoyon bo‘ladi; motivlar tug‘iladi, faoliyatga ruxiy tayyorgarlik vujudga keltiriladi, maqsad va vazifalar qo‘yiladi va o`zgartiriladi; pedagogning tarbiyalanuvchilar ruxiy rivojlanishiga ta’sir o‘tkazishi muvofiqlashtiriladi; pedagogik uz-o‘zini tahlil qilish usullari (diagnostika, bashorat, nazorat)dan foydalaniladi, qo‘yilgan vazifa hal etiladi,yo‘l qo‘yilgan pedagogik nuksonlar bartaraf etiladi.
Inson faoliyatining boshqa turlari kabi kasbiy pedagoglik faoliyati ham uz xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob’ekt, sub’ekt va vositalardan tashkil topadi. Bular:
birinchidan, kasbiy pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni kasbiy pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligini (ketma-ketligini) ta’minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ruyobga chiqaradi.
ikkinchidan, kasbiy pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga erishish osonlikcha kechmaydi. Pedagog uz faoliyati maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va maqsadga erishish o‘quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur.
uchinchidan, kasbiy pedagogik (ta’lim, tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki - pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan kura pedagog yakkolrok tasavvur qiladi. O‘quvchi esa ko‘p xollarda, hayotiy tajribasi etishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi, kelajakni esa tula tasavvur qila olmaydi. O‘qituvchi faoliyati ijodkorona faoliyatdir. Tajribasi ortib borgan sari pedagog dastlabki takdim kilgan o‘quv materiallaridan kungli t^lmaydi, yangi-yangi materiallarni dars jarayonida qo‘llashga harakat qiladi. Buning uchun unda ijodiylik xissi shakllangan bo‘lishi lozim. Ijodiylik xissi bo‘lsa, pedagog izlanadi, uz ustida ishlaydi. O‘zini xissiy tomondan tayyorlash- o‘qituvchida ijodiylik xissini keltirib chiqaradi.
Eng muhimi o‘qituvchi o‘zining darsdagi xissiy munosabatlarini aniqlab olishi lozim. Suz orqali o‘quv materiali takdim kilinayotganda o‘qituvchi oxangga, imo-ishora, yuz ifodasiga, badiiylikka e’tibor berishi, fikrlarning mantikiy uzviyligiga rioya qilishi lozimdir. O‘qituvchi darsga kirishdan oldin o‘ziga ko‘rsatma berishi maqsadga muvofiq. Masalan, o‘qituvchi quyidagi autotreningdan foydalanishi mumkin:
Men ijodkorman!
Men ishonch bilan dars o`ta olaman;
O‘quvchilarda ushbu mavzu katta qiziqish uygotadi;
Darsga jiddiy tayyorlanganman;
O‘quvchilar faolligini oshirish mening zimmamda!
O‘quvchilar va mening kayfiyatim yaxshi;
Menga o`z kasbim yoqadi!
Albatta, ushbu ko‘rsatmalar o‘qituvchining darsga puxta tayyorlanganligi zamirida aytilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |