A qodiriy nomidagi


O‘qituvchining kasbiy muloqoti bir necha bosqichni



Download 1,09 Mb.
bet60/196
Sana06.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#324442
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   196
O‘qituvchining kasbiy muloqoti bir necha bosqichni qamrab oladi. Bularquyidagilardir:

Muloqot jarayonida yo‘nalish belgilash. Bu bosqichda pedagog muloqotining anglanganligi yuzaga chiqadi. Shuningdek, muloqot uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniqlash vujudga keladi. O‘qituvchi o‘quvchida yaxshi taassurot qoldirishi uchun o‘z fanini mukammal bilishi, keng mushoxada qilishi, tashki ko‘rinishiga e’tibor berishi, darsda qaror qabul qilishda improvizatsiya vaziyatini yaratishi, auditoriya bilan ish boshlashdan avval, o‘quvchining holati, faoliyatga tayyorligi haqida o‘ylashi lozim.

Pedagogik faoliyatning muhim jihati - o‘quvchi bilan samarali muloqotni amalga oshirish. Dars jarayonida o‘quvchining diqqati barqaror bo‘lishi kerak. O‘ziga jalb qilishning quyidagi usullari mavjud:

-verbal muloqotda bo‘lish(nutqiy);

- tanaffus qilish;

- harakatli (slaydlarni namoyish etish, doskada yozish, guruhlar bilan ishlash);

- aralash usul (yuqoridagilarni birgalikda qo‘llash),

Darsda ko‘pincha aralash variant usulidan foydalaniladi.

O‘qituvchi yuz ifodasi, imo-ishoralar orqali darsda o‘z fikrini bayon etadi.

O‘quvchi shaxsini muloqotga tayyorlash kasbiy-pedagogik muloqotning zaruriy jihatidir.

Pedagogik muloqotning yana bir bosqichi - bu verbal muloqot, ya’ni o‘qituvchining yangi materialni o‘quvchilarga og‘zaki bayon qilib berishidir. Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot tizimida pedagogning so‘zisiymolar,obrazlar qo‘zg‘otuvchisi bo‘lib hisoblanadi.

Pedagogning jonli, oxanglarga boy, ifodali nutqi tinglovchilarning idrokini to‘liq qamrab oladi.

Yosh o‘qituvchilar uchun kasbiy-muloqot treninglarini o‘tkazish samarali natijalar beradi. Ular ikki bosqichda, ya’ni:

a) pedagogik kommunikatsiya elementlarini amaliy egallashga qaratilgan mashqlar;

b) berilgan pedagogik vaziyat asosida muloqotning barcha tizimini egallashga qaratilgan mashqlar asosida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Trening samarali bo‘lishi uchun bir nechta pedagog birlashgan holda ish olib borishlari lozim. Quyida shunday kasbiy-muloqot treninglaridan namunalar keltiramiz:

I bosqich- hamma uchun yaratilgan sharoitda harakat qilishni o‘rganish. Masalan, hayolingizdagi auditoriyaga kiring, doskaga sanani yozing, yuring, materiallarni tayyorlang, stolga o‘tiring, kitobni yoki jurnalni oching, eshikni yoping, tashqariga chiqing. Bu harakatlarni yana bir marta qaytaring, tezda kirish, tezda chiqishni o‘rganing.

II bosqich- Pedagogik faoliyat jarayonida musqullar erkinligini shakllantirish. Qo‘llaringizni qimirlating, hisqiling, qaerga sizning quvvatingiz boryapti (bo‘yningizgami, boshqa tana a’zolaringizgami); ortiqcha og‘irliqni (zo‘riqish) yo‘qotishga harakat qiling, barmog‘ingizni kattiq ushlang, bo‘yningizni erkin tuting, keyin elkangizni bo‘shating, qo‘lingiz erkin harakat qilsin, ko‘rsatgich barmog‘ingizni zo‘riqtiring. 10 gacha sanang, boshingizdan boshlab to oyoq barmoqlaringizgacha barcha musqullaringizni bo‘shatishga harakat qiling. Keyin 5 gacha sanab, barcha musqullaringizni yana bo‘shatishga harakat qiling.

Faoliyat jarayonida inson shaxsining har tomonlama yaxlit rivojlanishi, atrof olamga munosabati shakllanadi. Inson faoliyati maqsadga muvofiq amalga oshishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish va to‘g‘ri yo‘naltirish lozim. O‘qituvchining faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishda pedagogik qobiliyat muhim ahamiyatga ega. O‘zbek olimasi V.Karimova ta’kidlashicha: “qobiliyatlar - shaxsdagi shunday individual, turgun sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko‘rsatkichlari, yutuqlarini ta’minlaydi”.

Pedagoglik kompetensiyasini rivojlantirishda muomala shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi. Pedagogika fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushunilganda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettirib, ijtimoiy protsessual jabxasini ifodalaydi. Muomalaning eng muhim tarkibi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim o‘rin egallaydi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish