A qodiriy nomidagi



Download 1,09 Mb.
bet38/196
Sana06.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#324442
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   196
Reja:

1.Texnologik ta’limda pedagoglar ta’lim-tarbiya tizimidagi faoliyati.

2. Buyuk mutafakkirlar va ma’rifatparvarlarning tarbiyaga oid qarashlari.

3. Zamonaviy Texnologik ta’lim o‘qituvchilardagi xislatlar.
Bugungi pedagoglar ta’lim-tarbiya tizimida faoliyat olib borar ekan, ular faыat ta’lim berish, ya’ni o‘z fanlari yuzasidan ilmiy-nazariy bilimlar berish, ya’ni ta’lim bilan cheklanib qolishmoqda. Ta’lim beruvchi peda­gog bevosita tarbiya masalasiga ham alohida e’tibor qaratishi shart. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir. SHaxs qanchalik dunyoviy ilm va nazariy bilimlarga ega bo‘lmasin, uning xulq-atvori go‘zal bo‘lmasa, uni komil inson deya olmaymiz. Kadr­lar tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadi ham asosan jamiyatga har tomonlama etuk, in­tellektual rivojlangan komil insonni tarbiyalashdan iborat.

Kadriyat va o‘zini anglash o‘qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U atrof- muhitdagi voqea va xodisalarning mohiyatini ko‘ra oladi va tushunadi, bunga o‘zini yo‘nal- tiradi, pedagog sifatida o‘z fikrini asoslay oladi, muammo echimini topa oladi. Bu kompe­tensiya o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlaridagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmini ta’minlaydi.

Darhaqiqat, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama kamolga etgan, barkamol inson qilib tarbiyalashda ularning ma’naviy qirralari: iymon, e’tiqod, mehribonlik, va­tanparvarlik, do‘stlik, insonga cheksiz muhabbat, muruvvatlilik, qanoatlilik, sabr-toqatlilik, sahiylik, milliy g‘ypyp kabi fazilatlarni shakllantirish juda muhimdir. Tarbiya - tarixiy va ijtimoiy xodisadir. Tarbiya avlod-ajdodlarimizdan bizga etib kelgan buyuk meros bo‘lib, u komil insonni voyaga etkazishda muhimdir. Tarbiya insonlarning faoliyati jarayonida ularning ongi va irodasini o‘stirishga xizmat qiladi. SHu bilan birga, tar­biya ijtimoiy xodisa bo‘lib, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos mazmun va amalga oshirish shakliga egadir.

Buyuk mutafakkirlar va ma’rifatparvarlarning tarbiyaga oid qarashlari XX asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan xam ko‘ra muhim va dolzarbdir. CHunki fan-texnika taraqqiyoti, zamo­naviy kashfiyotlar insoniyatning qudratini oshiradi va yangi imkoniyatlarni vujudga kel- tiradi. Bunday holat insondan yanada yuksak ma’naviyat darajasiga ko‘tarilishni talab eta­di. O‘z navbatida, shaxsning ma’naviy yuksalishi uning ijtimoiy faolligini oshiradi va jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taraqqiyotning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglagan holda, «Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi»1, deb ta’kidlagani bejiz emas, albatta. Darhaqiqat, ma’naviyatni yuksaltirish shu kunning dolzarb vazifalaridan biri, kelajagimiz poydevori bo‘lmish yoshlar qalbi va ongiga boy ma’naviy merosni singdirish asosida barkamol avlodni shakllantirish esa un­dan ham dolzarbroqdir. Chunki Vatanimiz kelajagi, xalqimiz oldida turgan ulkan maqsadlarga erishish, avvalo yoshlarimizga, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib voyaga etishiga bog‘liqdir.

Demak, globallashuv sari borayotgan hozirgi paytda dunyodagi davlatlarning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvi, ularning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy ustunligi - ta’lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iktisodiy o‘sishini ta’minlovchi omillar ham aynan ta’lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir.

Xulosa qilib aytganda, bugungi globallashuv davrida zamonaviy o‘qituvchilarda quyidagi xislatlarni tarkib toptirish muhimahamiyat kasb etadi:


  • insonparvarlik, vatanparvarlik xislatlarini rivojlantirish;

  • kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish;

  • kasbiy mustaqillik, ishchanlik, xissiy barqarorlik, uz ishiga ijodiy yondashish xislatlarini tarkib toptirish;

  • pedagogik nazokat va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish;

  • nutq texnikasini, uz tovush, mimika, jest va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomil lashtirish;

  • zamonaviy fan va ishlab chiqarishdagi muammolar, pedagogik, axborot va yuqori darajadagi texnologiyalardan xabardor bo‘lish hamda ulardan zarurlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish va boshqalar.

Uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy o‘qituvchining vazifalari ko‘pqirrali va sermazmundir. Shu sababli oxirgi paytlarda ta’lim tizimida zamonaviy o‘qituvchining jamiyatda olib borayotgan faoliyati va shaxsiy hayotidagi ishlarini uyg‘unlashtirish uchun maxsus tayyorlangan mo‘taxasisslar yordamidan foydalanilmokda. Ushbu mutaxassislar “layf kouch”lar deb nomlanadi.

Layf kouch (ingliz tilida: life- hayot, couchihg-rejalashtirish) ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini to‘g‘ri rejalashtiradigan mutaxassis. Ma’lumki, o‘qituvchi pedagogik jarayonni rejalashtiruvchisi, boshqaruvchisi hamda yo‘naltiruvchisi hisoblanadi. Uning kasbiy, shaxsiy faoliyatini uyg‘unlikda olib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi guruh, sinfdagi o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berar ekan, shu bilan birgalikda jamiyat a’zosi bo‘lgan o‘z farzandlarini ham tarbiyalovchi ota-ona sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, o‘z ish joyidagi faoliyati bilan birgalikda, oiladagi, jamoadagi ishlarini uyg‘unlikda olib borish uchun kun tartibini to‘g‘ri rejalashtirib olishga zarurat tug‘iladi. Shunday paytda o‘qituvchiga layf kouch yordam beradi.

Shunday qilib, pedagogika sohasida yaratilgan adabiyotlarda o‘qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rniga ob’ektiv baho berilgan. SHu bilan birga ta’lim-tarbiya jarayonida qanday insonni shakllantirish lozim, ta’lim-tarbiya natijasida inson qanday bo‘lishi kerak, degan savollarga muntazam javob izlash zaruriyati mavjudligicha qoladi va asrlar osha mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan «komil inson tarbiyasi» g‘oyalariga hamoxang ravishda rivojlantiriladi.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish