Ma’ruza (Leksiya, Lecture) – o‘quv materialini yoki masalani, mavzuni, bo‘limni, predmetni tizimli va ketma-ketlikda bayon etish.
Modul (Modul, Module) – biror o‘quv materialini tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklar.
Taqdimot (Prezentatsiya, Presentation) – diagramma, jadval, matn va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni maxsus dasturlardan foydalangan holda displey, videoproyektor kabilarda namoyish qilish uchun tayyorlash.
Elektron darslik (Elektronniy uchebnik, Electronic textbook) - axborot tashuvchi qurilmaga mo‘ljallangan nashr bo‘lib, turli xil axborot texnologiyalarining birgalikdagi mahsuloti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |