A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/488
Sana31.08.2021
Hajmi7,65 Mb.
#160773
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   488
Bog'liq
Axborot xavfsizligi MAJMUA2018-2019 — копия

 
8.  Viruslar  va  "troyan  ot"  dasturlarini  o'z  vaqtida  payqashga  intilish  kerak.  Harqanday  tarmoqning 
xavfsizligi uchun virusga qarshi dasturlar himoyaning ajralmas qismidir. Ular kompyuter ishini nazorat 
qilib  zarar  keltiruvchi  dasturlarni  topib  beradilar.  Ular  tufayli  yuzaga  keladigan  yagona  muammo 
shundaki, himoya maksimal samara berishi uchun ular tarmoqning barcha kompyuterlariga o'rnatilgan 
bo'lishlari  va  muntazam  yangilanib  turilishlari  shart.  Buning  uchun  ko'p  vaqt  ketadi,  lekin  aks  holda 
vosita kutilgan samarani bermaydi. Kompyuterdan foydalanuvchilarga buni qanday amalga oshirishni 
o'rgatib  qo'yish  kerak,  ammo  faqat  ularga  bu  ishni  to'la  topshirib  qo'ymaslik  zarur.  Virusga  qarshi 
dasturlar bilan bir qatorda pochta serverida elektron xatlarga ilovalarni skanerlash ham lozim. Bu yo'l 
bilan foydalanuvchilar kompyuteriga yetib borishi mumkin bo'lgan viruslarning yo'li to'siladi. 
9.  Bardoshi  bo'sh  joylarni  skanerlab  turish  lozim.  Bunday  skanerlovchi  dasturlar  aniq  biror  turdagi 
tajovuzlarga qaltis (bardoshi bo'sh)kompyuterlarni topish uchun tarmoqni skanerlaydi. Ular qaltis joylar 
haqida  kattagina  ma'lumotlar  bazasiga  ega  bo'lib,  undan  u  yo  boshqa  kompyuterda  qaltis  joy  bor-
yo'qligini  topishda  foydalaniladi.  Tijoratli  va  bepul  skanerlar  mavjud.  Tizim  administratorlari  davriy 
tarzda bunday dasturlarni o'zlarining tarmoqlariga nisbatan o'z vaqtida bardoshi bo'sh kompyuterlarni 
o'zlari topib tegishli chora ko'rib qo'yishlari lozim. Alohida qurilmalarni himoyasidagi zaif bo‘g‘inlarni 
payqab olish uchun qaltislik darajasini baholash lozim. 
10. Tarmoq topologiyasini aniqlash va port skanerlarini ishga solib turish lozim. Bunday dasturlar tarmoq 
qanday tuzilganligi, unda qanaqa kompyuterlar ishlashi, har bir mashinada qanday xizmatlar bajarilishii 
haqida  to'la  manzarani  ochib  beradi.  Hujumkorlar  bu  dasturlarni  qaltis  kompyuterlar  va  dasturlarni 
aniqlash uchun ishga soladilar. Tarmoq administratorlari ham bunday dasturdan ularning tarmoqlarida 


200 
 
qanday  dasturlar  qaysi  kompyuterlarda  ishlayotganini  aniqlashtirish  uchun  foydalanadilar.  Noto'g'ri 
konfiguratsiyalangan kompyuterlarni topib ularga tuzatishlar kiritish uchun bu yaxshi vositadir. 
11. Parol  ochuvchilar  (Password  Crackers)ni  ishlatib  turish  lozim.  Xakerlar  ko'pincha  parollar  bilan 
shifrlangan  fayllarni  o'g‘irlash  uchun  kompyuterlarning  bardoshi  bo'sh  joylaridan  foydalanishga 
intiladilar.  So'ngra  parol  ochuvchi  maxsus  dasturlarni  ishga  soladilar  va  ular  orqali  shu  shifrlangan 
fayllardagi  bardoshi  bo'sh  parollarni  topib  oladilar.  Bunday  parol  qo'lga  kirishi  bilan  kompyuterga 
odatdagi  foydalanuvchi  kabi  kompyuterga  va  tarmoqqa  bildirmay  kirishning  turli  usullaridan 
foydalanadilar. Garchi bu vosita niyati buzuq kimsalar tomonidan ishlatilsa ham bu tizim administratori 
uchun ham foydalidir. Tizim administratorlari davriy tarzda bunday dasturlarni o'zlarining shifrlangan 
fayllariga  nisbatan  o'z  vaqtida  bardoshi  bo'sh  parollarni  o'zlari  topib  tegishli  chora  ko'rib  qo'yishlari 
lozim. 
12. Jangovor  muloqot  o'rnatuvchilar(war  dialer)ga  nisbatan  ziyrak  bo'lish  lozim.  Foydalanuvchilar 
ko'pincha  tashkilot  tarmog'i  himoyasi  vositalarini  chetlab  o'tib  o'z  kompyuterlariga  keladigan  telefon 
qo'ng'iroqlari  qabul  qilib  olishga  ruxsat  beradilar.  Ular  ba'zan  Ishdan  qaytish  oldidan  modemni  ulab 
kompyuterni  uydan  turib  modem  orqali  unga  ulanib  tarmoqdan  foydalanishni  ko'zlab  o'z  dasturlarini 
shunga  sozlab  ketadilar.  Tajovuzkorlar  jangovar  muloqot  o'rnatuvchi  dasturlardan  foydalanib  ko'plab 
telefon nomerlariga qo'ng'iroq qilib ko'radilar va shu tariqa chetdan modem orqali kirishga yo'l qoldirgan 
bunday  tarmoqlarga  suqulib  kirib  tajovuz  uyushtiradilar.  Foydalanuvchilar  ko'pincha  o'z 
kompyuterlarini  o'zlari  konfiguratsiyalashlari  tufayli  bunday  kompyuterlar  tajovuzlardan  yomon 
himoyalangan  bo'ladilar  va  tarmoqqa  tajovuz  qilishga  yana  bitta  imkoniyat  tug'diradilar.  Tizim 
administratorlari 
jangovor 
muloqot 
o'rnatuvchilardan 
muntazam 
suratda 
foydalanib 
o'z 
foydalanuvchilarining  telefon  raqamlarini  tekshirib  turishlari  va  unga  mos  qilib  konfiguratsiyalangan 
kompyuterlarni o'z vaqtida topib chorasini ko'rishlari lozim. Tijoratli va bepul tarqaltiladigan jangovor 
muloqot o'rnatuvchi dasturlar mavjud. 
13. Xavfsizlikka  oid  tavsiyalar  (security  advisories)dan  o'z  vaqtida  xabordor  bo'lib,  ularga  amal  qilish 
lozim.  Xavfsizlikka oid  tavsiyalar  – kompyuter jinoyatlariga qarshi kurash guruhlari va dastur ishlab 
chiqaruvchilar  tomonidan  yaqin  orada  payqalgan  dasturning  qaltis  joylari  haqida  e'lon  qilinadigan 
ogohlantirishlar. Tavsiyalar juda foydali bo'lib, o'qish uchun juda kam vaqt oladi va payqab qolingan 
qaltis joylar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan eng jiddiy xavf-xatarlardan ogoh etadi. Ular xavf-
xatarni ifodalab uning oldini olish uchun maslahatlar beradi. Ularni qator joylardan olish mumkin. Ikkita 
eng  foydali  bo'lgan  tavsiyalar  kompyuter  jinoyatlariga  qarshi  kurash  guruhi  e'lon  qilib  turadigan 
tavsiyalar bo'lib 
CIAC
 va
 
CERT
 saytlaridan olish mumkin. 
14. Xavfsizlik bilan bog'liq hodisalarni tekshirish guruhi muntazam faoliyat olib borishi lozim. Har qanday 
tarmoqda  ham  xavfsizlik  billan  bog'liq  hodisalar  sodir  bo'lib  turadi(yolg'on  trevoga  bo'lsa  ham). 
Tashkilot xizmatchilari avvaldan u yo bu holda nima qilishni bilishlari shart. Qaysi hollarda huquqiy-
himoya organlariga murojaat qilish kerak, qaysi hollarda kompyuter jinoyatlariga qarshi kurash guruhini 
chaqirish  va  qaysi  hollarda  tarmoqni  Internetdan  uzib  qo'yish  kerak  va  ahamiyatli  serverning  qulfi 
buzilganda nima qilish kerak. 
CERT
 AQSH doirasida bu borada maslahatlar beradi. 
FedCIRC
 AQSH 
jamoat va davlat tashkilotlariga maslahatlar berish uchun mas'uldir. Harbir davlatda bunday maslahat 
olish joylari bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 
 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   488




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish