Kommunikasion modullarning asosiy vazifasi olingan paketni boshqa kommunikasion modulga
yoki abonent nuqtasiga ma’lum marshrut bo’yicha uzatishdir. Kommunikasion modul paketlarni
kommutasiyalovchi markaz deb ham yuritiladi.
Aloqa kanallari tarmoq elementlarini yagona tarmoqqa birlashtiradi.
Konsentratorlar axborotni tezligi katta bo’lgan kanallar orqali uzatilishidan avval zichlashtirish
uchun xizmat qiladi.
Tarmoqlararo shlyuzlar va ko’priklar tarmoqni lokal kompyuter tarmoqlari bilan ulashga yoki
global tarmoq segmentlarini birlashtirishga xizmat qiladi. Ko’priklar yordamida tarmoq protkollari bir
xil bo’lgan tarmoq segmentlari birlashtiriladi. Har qanday tarmoqda quyidagi qism tizimlarini ajratish
mumkin:
foydalanuvchi qism tizimi;
boshqarish qism tizimi;
kommunikasion qism tizimi;