A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


-AMALIY MAShG’ULOT MAVZUSI: Internet va intranetda axborot xavfsizligi



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/488
Sana31.08.2021
Hajmi7,65 Mb.
#160773
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   488
Bog'liq
Axborot xavfsizligi MAJMUA2018-2019 — копия

14-AMALIY MAShG’ULOT MAVZUSI: Internet va intranetda axborot xavfsizligi 
 
Hozirgi vaqtlarda mavjud axborot tizimlarida juda katta hajmda maxfiy axborotlar saqlanadi va 
ularni himoyalash eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
Masalan, birgina AQSh mudofza vazirligida ayni chog’da 10000 kompyuter tarmoqlari va 1,5 
mln  kompyuterlarga  qarashli  axborotlarning  aksariyat  qismi  maxfiy  ekanligi  xammaga  ayon.  Bu 
kompyuterlarga  1999  yili  22144  marta  turlicha  xujumlar  uyushtirilgan,  ularning  600  tasida  Pentagon 
tizimlarining vaqtinchalik ishdan chiqishiga olib kelgan, 200 tasida esa maxfiy bo’lmagan ma’lumotlar 
bazalariga ruxsatsiz kirilgan va natijada Pentagon 25 milliard AQSh dollari mikdorida iqtisodiy zarar 
ko’pgan.  Bunaqa  hujumlar  2000  yili  25000  marta  amalga  oshirilgan.  Ularga  qarshi  kurashish  uchun 
Pentagon tomonidan yangi texnologiyalar yaratishga 2002 yili Carnegie Mellon universitetiga 35,5 mln. 
AQSh dollari mikdorida grant ajratilgan. 
Ma’lumotlarga qaraganda, xar yili AQSh xukumati kompyuterlariga o’rtacha hisobda 250—300 
ming hujum uyushtiriladi va ulardan 65 % i muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. 
Zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — bu tarakqiyot dasturiy-texnik majmuasidir 
va  ular  axborot  almashuvini  talab  etadigan  masalalarni  yechishni  ta’minlaydi.  Keyingi  yillarda 
foydalanuvchilarning ishini yengillashtirish maqsadida yangiliklarni tarqatish xizmati USENET-NNTP, 
multimedia ma’lumotlarini INTERNET-HTTP tarmog’i orqali uzatish kabi protokollar keng tarqaldi. 
Bu protokollar bir qancha ijobiy imkoniyatlari bilan birga anchagina kamchiliklarga ham ega va 
bu kamchiliklar tizimning zaxiralariga ruxsatsiz kirishga yo’l qo’yib bermokda.  
Axborot tizimlarining asosiy ta’sirchan qismlari quyidagilar: 

  INTERNET tarmog’idagi serverlar. Bu serverlar: dasturlar yoki ma’lumotlar fayllarini yo’q, 
qilish orqali, serverlarni haddan tashqari ko’p tugallanmagan jarayonlar bilan yuklash orqali: 
tizim jurnalining keskin to’ldirib yuborilishi orqali; brouzer — dasturlarini ishlamay qolishiga 
olib keluvchi fayllarni nusxalash orqali ishdan chiqariladi; 

 
ma’lumotlarni  uzatish  kanallari  —  biror-bir  port  orqali  axborot  olish  maqsadida  yashirin 
kanalni tashkil etuvchi dasturlar yuboriladi; 


148 
 

 
ma’lumotlarni tezkor uzatish kanallari  — bu kanallar juda ko’p mikdorda xech kimga kerak 
bo’lmagan fayllar bilan yuklanadi va ularning ma’lumot uzatish tezligi susayib ketadi; 

  yangiliklarni uzatish kanallari — bu kanallar eskirgan axborot bilan to’ldirib tashlanadi yoqi 
bu kanallar umuman yo’q qilib tashlanadi; 

  axborotlarni uzatish yo’li — USENET tarmog’ida yangiliklar paketining marshruti buziladi; 

  JAVA brouzerlari — SUN firmasi yaratgan JAVA tili imkoniyatlaridan foydalanib, appletlar 
(applets)  tashkil  etish  orqali  ma’lumotlarga  ruxsatsiz  kirish  mumkin  bo’ladi.  JAVA  — 
appletlari tarmoqda avtomatik ravishda ishga tushib ketadi va buning natijasida foydalanuvchi 
biror-bir  hujjatni  ishlatayotgai  paytda  xaqiqatda  nima  sodir  etilishini  xech  qachon  ko’ra 
bilmaydi,  masalan,  tarmoq  viruslarini  tashkil  etish  na  JAVA-appletlari  orqali  viruslarni 
jo’natish  mumkin  bo’ladi  yoqi  foydalanuvchining  kredit  kartalari  raqamlariga  egalik  qilish 
imkoniyati vujudga keladi. 
AQSh  sanoat  shpionajiga  qarshi  kurash  assosiasiyasining  tekshirishlariga  asosan  kompyuter 
tarmoqlari va axborot tizimlariga hujumlar quyidagicha tasniflanadi: 20% — aralash hujumlar; 40% — 
ichki hujumlar va 40% — tashqi hujumlar. 
Juda ko’p xollarda bunaqa hujumlar muvaffaqiyatli  tashkil etiladi. Masalan, Buyuk Britaniya 
sanoati, kompyuter jinoyatlari sababli, har yili 1 mlrd funt sterling zarar ko’radi. 
Demak,  yuqorida  olib  borilgan  tahlildan  shu  narsa  ko’rinadiki,  hozirgi  paytda  kompyuter 
tarmoqlari juda ko’p ta’sirchan qismlarga ega bo’lib, ular orqali axborotlarga ruxsatsiz kirishlar amalga 
oshirilmokda yoki ma’lumotlar bazalari yo’q qilib yuborilmokda va buning natijasida insoniyat mlrd-
mlrd AQSh dollari mikdorida iqtisodiy zarar ko’rmokda. 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   488




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish