1-Mashg`ulot: Lansetnikning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish
Mashg`ulotning maqsadi: Lansetnik misolidabosh skeletsizlar kenja tipi vakillariniing xordalilarga xos bo`lgan xarakterli xususiyatlari bilan tanishish, lansetnikning tashqi va ichki tuzilishini o`rganing.
Kerakli jihozlar: 70 darajali spirtda fiksatsiyalangan lansetniklar, lansetnikning total bo`ylama mikropreparati,ho`l preparati, qo`l lupasi, mikraskop, Lasetnik xalqumi va ichak atrofi ko`ndalang kesimidan tayyorlangan mikroprepapatlar, shtativli lupa, lansetnikning tashqi ko`rinishi, ichki organlarining joylashishi, halqum atrofi va ichak atrofi aks ettirilgan jadvallar hamda lansetnikning qon aylanish sistemasi sxemasi.
Darsning borishi:
1. O`tiladigan mashg`ulot yuzasidan savol javoblar o`tkazish.
2. Laboratoriya mashg`ulotini bajarish.
3. Ishchi albomdagi topshiriqlarni bajarish.
4. Mashg`ulotni adabiyotlar, tarqatma matеriallar, ko`rgazmali qurollar, ho`l va quruq prеapartlar yordamida mustahkamlash.
5. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bеrish.
Mashg`ulotning bajarish:
Lansetnikning tashqi tuzilishini ko`zatin va o’rganing
Lansetnikning teri qoplamini organing.
Lansetnikning muskul sistemasi va teri qoplamini o`rganing.
Lansetnikning nerv sistemasini jadvallardan o`rganing.
Lansetnikning ovqat hazm qilish sistemasini preparatlar va jadvallarda o`rganing.
Lansetnikning qon aylanish sistemasining tuzilishini va ayirish sistemasining tuzilishini o`ganing.
Cavoll va topsiriqlar: 1. Lansetnikqanday sistematik xolatga ega?
2. Lansetnik tashqwi tuzilishi qanday bo`ladi?
Lansetnik nerv sistemasi qanday tuzilgan?
Lansetnik larnind ovqat hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
Lansetnik lar qanday oziqlanadi?
Lansetnik larning qon aylanish va nafas olish sistemasini tushintirib bering
Lansetnik qanday ko`payadi?
Foydalanilgan adabiyotlar: Наумов C.П. «Умурткали хайвонлар зоологияси» Е 1995
Муратов Д.М «Умурткади хайвнлар зоологиясидан лаборатория мфшгулотлари» Т. 1980
Lahanov “umurtqali hayvinlar zoologiyasi” T 2002
S. Dadaev, S.To`ychiyev,P.Haydarova. T.2006 yil. 5-13 betlar
2-Mashg`ulot: Lichinka hordalilarning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish
Mashg`ulotning maqsadi: Yakka assidiya misolida lichinka xordalilar kenja tipi vakillarining xordalilarga xos bo`lgan harakterli xususiyatlarini o`rganish.
Kerakli jihozlar: Assidiyaning ho`l preparati, qo`l lupasi, voyaga etga assidiya va uning lichinkasi tuzilishi aks ettirilgan jadvallar.
Darsning borishi:
1. O`tiladigan mashg`ulot yuzasidan savol javoblar o`tkazish.
2. Laboratoriya mashg`ulotini bajarish.
3. Ishchi albomdagi topshiriqlarni bajarish.
4. Mashg`ulotni adabiyotlar, tarqatma matеriallar, ko`rgazmali qurollar, ho`l va quruq prеapartlar yordamida mustahkamlash.
5. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bеrish.
Mashg`ulotning bajarish:
Assidiyaning ho`l preparatini lupaga qarab tekshirihg. Tanasinig usti yarim qobiq (tunika) bilan qoplanganligini lupa yopdamida ko`zating
Tanasiniha yuqori uchidagi og`iz sifoni va yon tomonidagi kloaka sifoni hamda o`nga harama – harshi joylashgan aboral tomonidagi tovonini toping.
Assidiyaning lichinkasi rasmini ko`zating va unidagi xordaga e’tibor bering.
Assidiyaning tasviri tushipilgan ko`rgazmali qurollarda assidiyaning ichki tuzilishini o`rganing.
Cavoll va topsiriqlar: 1. Assidiya qanday sistematik xolatga ega? 2. Tunikaning qanday ahamiyati bor? Assidiyalar nima sababdan lichinka xordalilar deb ham ataladi?
Assidiyalarnind ovqat hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
Assidiyalar qanday oziqlanadi?
Assidiyalarning qon aylanish va nafas olish sistemasini tushintirib bering
Assidiya jinsiy sistemasi qanday tuzilgan va ular qanday ko`payadi?