Ko`krak tojlilar katta turkumi
Ko`krak tojli qushlarning aksariyat ko`pchiligi uchish qobiliyatiga ega, tush suyagida ko`krak toji suyagi taraqqiy etgan, yelpigich patlari ilmoqchalari bor, terisida apteriya bo`ladi, suyaklari pnevmatik. Ko`krak tojli qushlar yer yo`zida keng tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo`linadi.
Nay burunlilar turkumi
Bu turkumga tashqi ko’rinishi baliqchilarga o’xshaydigan bo`lib, juda yaxshi uchadigan, ochiq suv, dengiz va okeanlarda yashaydigan qushlar kiradi. Nay burunlilarning qanotlari uzun va o`tkir barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Burun teshiklarining kalta naychalar uchiga o`rnashganligi bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Bu turkumning tipik vakillari-buronqushlari bilan albatroslardir. Janubiy yarim sharda yashaydigan odatdagi albatrosning bo’yi 1 m ga, yozilgan qanotining uzunligi 3,5 m ga boradi. MDXning shimoliy dengizlarida bu qushlardan glupish uchraydi, Uzok Sharqda esa kashurkalar bor.
2.Ko`krak oyoqlilar yoki peliksimonlar turkumi
Ko`krak oyoqlilarga suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi, bularning xarakterli belgisi to’rtala barmog’ining umumiy suzgich parda bilan bir-biriga quchilganligi va pastki jag`ining ostida har xil darajada takomillashgan teri xaltachasi borligi xisoblanadi. Yer yo`zida keng tarqalgan, dengiz, ko’l va daryolarning quyi oqimlarida yashaydi.
MDXning Janubiy rayonlarida sakkoqush va qoravoylar yashaydi. Bular asosan baliqlar bilan ovqatlanadi. Koravoylar baliqlarning katta chuqurliklarga sho`ng’ib ushlasa, sakkoqushlar suvning sayoz joylarida tutadi.
3.Laykasimonlar turkumi
Bu turkumga laylaklar, ibislar va ko`tonlar kiradi. Laylaksimonlarning bo’yinlari, tumshuqlari va oyoqlari uzun bo`lib, suv bo’ylarida va botqoqlik joylarida yashaydi. Yer yo`zida ko`tblardan tashqari hamma joyda tarqalgan. Ba’zilari koloniya bo`lib daraxtlarda uya qursa, ko`tonlar, boshqalari yakka uya quradi. Bizda oq laylak va qora laylaklar tarqalgan va ikkalasi ham «Qizil kitob»ga kiritilgan. Kaspiy bo’ylarida o`ziga xos tumshug’i bo`lgan qizil ko’z ham shu turkumga kiritiladi.
4.Gozsimonlar turkumi
Gozsimonlar suvda yashovchi qushlardir. Barmoqlari orasida pardasi bor, dum bezlari yaxshi rivojlangan. Tumshuqlari yassi bo`lib, yumshoq shox qatlam bilan qoplangan, uchida qattiq tirnoqchasi bor, tumshuqning qirralarida esa shox plastinkalar yoki tishlari bo`ladi.
Bu turkumga g’ozlar, oqqushlar, o’rdaklar kiradi. Bularning hammasi ovlanadigan qushlardir. Bular yer yo`zida keng tarqalgan, suvda, qirg’oqlarda, yerda, daraxt kovaklarida uya quradi. Bu qushlarning biologik xususiyatlaridan biri tullashi xisoblanadi.
Jo’jalari katta bulg’ash, pana joylarga borib tullaydi. Qanot va rul patlari birdan tushib butunlay uchish qobiliyatini yo`qotadi. Natijada yirtqichlar va brokonerlar bularni osongina tutadi. Shu sababli G’ozsimonlarni tullash joylarida qo’riqlash kerak.
5. Lochinsimonlar turkumi
Bu turkumga o’rta va katta o’lchamdagi qushlar kiradi. Ustki tumshug’ida yumshoq teri voskovisasi bo`lib, burun teshiklari shu voskovisaga ochiladi. Ustki tmshug’ining uchi va tirnoqlari egilib ilmoq xosil qiladi. Qizilo`ngachida jig’ildon bo`ladi.
Kunduzgi yirtqish qushlar yer yuzining deyarli hamma qismida keng tarqalgan. Bular odatda juft bo`lib yashaydi va yerga, daraxtga, qoyalarga beuxshov uyalarini quradi. Yirik turlari 1-3 ta, kichik turlari esa 4-7 tuxum qo’yadi. Tuxumlarni erkaklari va urg’ochilari nisbatlashib bosadi. Tuxumdan ochib chiqqan jo’jalari ko`zi ochiq, lekin nimjon o’ladi, terisi yumshoq pat bilan qoplangan bo`ladi. Bu qushlar faqat hayvonlar bilan ovqatlanadi.
Ko`pchilik kunduzgi yirtqich qushlar xasharot va kemiruvchilarni qirib foyda keltirsa, tasqaralar o’limtiklar bilan ovqatlanib tabiat sanitari vazifasini bajaradi. Yirik yirtqich qushlar dala hayvonlariga xujum qilsada, kasal va nimjonlarini tutib olib, tabiiy tanlashga yordam beradi. Ba’zi joylarda yirik lochinlar, qarchigaylar, burgutlar sport va xatto sanoat ovida ushlovchi- tutuvchi qush sifatida foydalaniladi.
6.Tovuqsimonlar turkumi
Bu turkumga kiradigan qushlar gavdasining pishiqligi, oyoqlari va tirnoqlarining kuchliligi, yerni kovlashga moslashganligi, qanoti kalta va serbar bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Erkagi, urg’ochisiga nisbatan katta va tiniq rangda bo’lishligi bilan ajralib turadi.
Tovuqsimonlarda nasl uchun qayg’urish faqat urg’ochilari zimmasida bo`ladi. O`z uyalarini odatda yerga qo’yadi va uyada 6 tadan 24 tagacha tuxum bo`ladi.
Bu turkumga Avstraliya va Tinch okeanining ba’zi orollarida yashovchi g’alati chuptovuqlar, qirgovullar oilasiga kiradigan Shimoliy Amerikada yashaydigan kurka, Afrika sesarkasi, Xindiston tovusi, bankiv tovug’i, qirgovullar kakliklar, bedanalar, ko’rsimonlar oilasiga kiradigan ko’r, karko’r, oq kuropatka va boshqa bir qancha turlar kiradi. Tovuqsimonlarning deyarlik hammasi ovchilik ob’ekti xisoblanadi.
7.Turnasimonlar turkumi
O`lchami, tashqi qiyofasi va ekologik xususiyatlari har xil bo`lgan turnasimonlar 190 ga yaqin turni o`z ichiga oladi va bizda asosan turnalar, suvmoshaklar va tuvaloklar oilalarining turlari tarqalgan.
Turnalarning oyog’i va bo’yni uzun bo`ladi. Botqoqlik va quriq joylarda uya quradi. Bizda oq turna va bo`z turnalar yashaydi.
Suvmoshaklarga suv bo’yidagi changalzorlarda, botqoqliklarda va o`tloqlarda yashaydigan qashqaldoq, tar-tar, Gozganjirlar kiradi.
Tuvaloklar odatda cho’l, saxrolarda yashaydigan qush bo`lib, bo’yinlari va oyoqlari uzun, oyoqlarida faqat uchta barmog’i bor. Dum usti bezi rivojlanmagan. Bu oilaga og’irligi 16 kg gacha keladigan dudak yoki tuvalok, bizg’aldoq va yurgatovuqlar vakil bo’ldi. Go’shti uchun ovlanadi. Bularning soni keskin kamayib ketganligi sababli «Qizil kitob»ga kiritiladi.
8.Baliqchisimonlar turkumi
Baliqchisimonlar mayda va o’rta kattalikdagi qushlar bo`lib, gavdasi cho`ziq, qanotlari uzun va o`tkirdir. Oyoqlarida to’rttadan barmog’i bor, oldingi uchta barmog’i suzgich parda bilan o`zaro tutashgan. Tumshug’i katta va to’g’ri bo’lib, biroz yon tomondan qisilgan. Baliqchisimonlarning hammasi suvda yashaydi, yaxshi uchadi va ovqatni uchib axtaradi, suvda yaxshi suzadi, lekin sho`ng’iy olmaydi. Odatda uyalarini yerga qo’yadi va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi.
Bu turkumga tipik vakil qilib, daryo baliqchisi va kumush rang baliqchisini olish mumkin. Bu turkumga yana shigichilar ham kiradi. Bularning ustki tumshuqlarini uchi baliqchilarniki singari pastga bukilmagan va baliqchilarga nisbatan kichik bo`ladi.
9.Kaptarsimonlar turkumi
O’rtacha kattalikdagi donxo’r qushlardir. Jig’ildoni yaxshi rivojlangan. Qanoti uzun va o`tkirlashgan. Bu turkumga tashqi ko’rinishidan bir-biriga o’xshash, lekin biologiyasi bilan farq qiluvchi kaptarlar va bulduruklar kiradi.
Kaptarlarning ustki tumshug’i asosida yumshoq terili voskovisasi bo`ladi. Ko’k kaptar, o’rmon zonasida yashovchi gov kaptar va har xil musichalar shu turkumning tipik vakilidir.
Bulduruklar asosan cho’l va saxrolarda yashaydi. Tumshug’ida voskovisasi yo`q. Erkaklari urg’ochilariga nisbatan ochiq rangda bo`ladi. Yerdagi uyalariga uchta tuxum qo’yadi. Ko`payish vaqtida jig’ildoni kaptarlardagi singari «sut» ishlab chiqarmaydi. Suv ichish uchun uyasidan uzoq masofalarga muntazam ravishda uchib boradi. Bulduruk va oqbovurlar vakili xisoblanadi.
10.To`tisimonlar turkumi
Yer sharining tropik va subtropik o’rmonlarida yashovchi mevaxo’r qushlardir. Ustki jag`i bosh skeleti bilan xarakatchan quchilgan, pastki jag`i esa yuqori va pastga hamda yon tomonga qarab xarakat qiladi. Tumshug’i katta bo`lib, uchi ilmoq xosil qiladi, voskovisasi bor. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqа tomonga qaratilgan, jig’ildoni bor.
To`ti qushlarning tipik vakillariga Amerika ara-to`tisi, qafasda boqiladigan ko’k to`ti, Avstraliya kokildor kakadu- to`tisi, Afrika jakosi, Yangi Zelandiya nestori va boshqalar kiradi.
11.Kakkusimonlar turkumi
Daraxtda yashashga moslashgan. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqа tomonga qaratilgan. Asosan xasharotlar bilan ovqatlanadi. Kakkularning 70% ga yaqin uya paraziti xisoblanadi, ya’ni o`zlari uya qurmasidan tuxumlarini boshqa qushlarning uyasiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan bolasi uya egasini tuxumini yoki bolalarini uyadan chiqarib tashlaydi. Shu turkumga tipik vakil qilib odatdagi kakkuni olamiz.
12.Yapaloq qushlar turkumi
Tumshuqlari va tirnoqlarning uchi egilib, xuddi kunduzgi yirtqich qushlar singari ilmoq xosil qiladi. Tumshug’ida voskovisasi bor. Ko`zlari katta bo`lib, boshning oldingi tomoniga qaratilgan, eshitish organi yaxshi rivojlangan. Tashqi eshitish yo’lining chetida teri burmasi bor. Bu ovoz tuplash vazifasini bajaradi. Patlari juda mayin va uchgan vaqtda shovqin chiqarmaydi.
Yapoloqqushlar yer yuzida juda keng tarqalgan va kechasi aktiv xayot kechiradi. Daraxt kovaklariga, qoyalarga, yer kovaklariga uya quradi. Kemiruvchilar va xasharotlar bilan ovqatlanadi va qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Shimoliy kenglikda tarqalgan yapaloqqushlar, o’rta va janubiy mintaqalarda yashaydigan ukki, boyug’li, punqush, soglar, quloqdor yapoloqqushlar bu turkumning tipik vakillaridir.
13.Uzunqanotlar turkumi
Bu turkum bir-biridan yaxshi ajralib turadigan jarqaldirg’ochlar va qolibrlarni o`z ichiga oladi.
Jarqaldirg’ochlar kichik qushlardir, tumshuqlari kichik, qanoti uzun va o`tkir qilichsimon. Og`iz kesimi juda katta. Oyoqlari kalta, to’rttala barmog’i ham oldinga qaratilgan. Asosiy vaqtini xavoda o`tkazadi. Ovqatlarini-mayda xasharotlarni xavoda uchib yurib ushlaydi, xatto xavoda suv ichadi. Tarixiy yodgorliklar kovaklarida, uy shiplarida, tog’ qoyalarida uya qo’yadi. Bizda oq qorinli va qora jarqaldirg’ochlar yashaydi, Osiyoning janubiy-sharqiy tomonida saqlangan jarqaldirg’ochi yashaydi. Bu qush sulak bezlaridan chiqadigan yopishqoq moddadan uya quradi. Bu uyani odamlar ovqatga ishlatadilar.
Kolibriyalar eng mayda qushlar xisoblanadi. Og’irligi 1,5 g keladi. Janubiy va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Tumshug’i ingichka va uzun. Rangi odatda ochiq, yaltiroq. Katta tezlik bilan uchadi, og’irligi 20 g gacha o`lchami aridek keladi. Kattalari kichik qaldirg’ochdek uchadi, qanotini bir sekundda 20-25 xatto 50 martagacha qoqadi. Kechasi gavda temperaturasi +17+210S ga tushadi. O’rmonlarda yashab gul nektari va guldagi mayda xasharotlar bilan ovqatlanadi.
14.Raksimonlar turkumi
Tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi qushlar gruppasi xisoblanadi. Yopiq uya kuradi. Bu turkumga yashil xavo rangli kukkarga, sariq targ`il, kokildor sassiqpopichak, ariq va xovo`z bo’ylarida yashovchi xavorang kuktarqoq, asalarini qiradigan kurkunaklar kiradi.
15.Qizilishtonlar turkumi
Daraxta yashashga moslashgan kichik va o’rta kattalikdagi qushlar xisoblanadi. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqаga qaratilgan. Dum patlari prujina rolini o’ynaydigan elastik patlardan tashkil topgan. Tumshug’i qattiq va to’g’ri. Tili uzayadi va uning yordamida daraxt po’sti ostidan xasharotlarning lichinkalarini ushlab oladi. Qora, ola qanotli qizilishtonlar va burma bo’yin bu turkumning tipik vakillaridir.
16.Chumchuqsimonlar turkumi
Eng ko`p ya’ni 5000 ga yaqin turni o`z ichiga olgan turkumdir. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning 60% ni tashkil qiladi. Tashqi ko’rinishi va o`lchami nixoyatda xilma-xil bo`ladi. Bular yer sharining deyarlik hamma qismiga tarqalgan. Juda ham pishiq yasalgan uyalari turli joylarga qo’yiladi. Chumchuqsimonlar turkumiga qarg’alar, suydilar, zarg’aldoqlar, shaq-shaqlar, moyko`tlar, jiblajibonlar, qaldirg’ochlar, turgaylar, chittaklar, dexqonchumchuqlar, olyanpkalar kabi bir qancha oilalarning vakillari kiradi. Aksariyat ko`pchiligi xasharotxo’r qushlar bo`lib, qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi.
16-MA’RUZA
Do'stlaringiz bilan baham: |