Himoyadagi guruh harakatlar: Himoyadagi guruh harakatlari taktikasiga ikki va o’yinchini o’zaro muvofiq holda himoya harakatlarini qo’llash tushuniladi. Ko’mak berish usuli har bir himoyachining o’z sherigiga yordamga tayyor turishidir. Bu usul hujumchini qo’riqlashda, to’siq qo’yishda qo’llaniladi. Ya’ni bir himoyachi hujumchini qo’riklab turganda undan hujumchi qochishi bilan ikkinchi himoyachi uni ko’riqlab oladi. Almashinish usulida hujumchini qo’riqlab yurgan himoyachilar tez almashinib turadilar. Himoyachilar guruh harakatlarini tashkil etayotganda hujumchilarning to’siq qo’yishidan qochishlari ham tashkil etiladi. Himoyada guruh harakatlari ko’p holatda oldindan rejalashtirilgan yo’nalish asosida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |