To’pni ushlash: Darvozabonning asosiy harakati hisoblanib, darvozaga yo’naltirilgan to’pni ushlashi yoki qo’l va oyoqlar bilan to’sib qolishi kerak. To’pning yo’nalishi va uchish tezligini hisobga olgan holda to’sish yoki ushlab qolish harakatlari turlicha bo’ladi. Past uchib kelayotgan tezligi katta bo’lgan to’plarni oyoqlarda to’sish mumkin. Agar tezligi sust bo’lgan to’p bo’lsa qo’lda ushlash mumkin. SHunga muvofiq, tezligi katta bo’lgan to’plarni darvozabon urib yuborishi yoki gavda bilan to’sishi mumkin. SHuningdek, tezligi sust bo’lgan to’plarni qo’l bilan ushlashi mumkin. Darvozabon to’pni bir qo’llab hamda ikki qo’llab to’sishi va ushlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |