bo’linadi. Barcha metallar va ularning qotishmalari kristall jismlarga kiradi. Kristall
jismlar qizdirilganda ma’lum temperaturagacha (suyuqlanish temperaturasigacha)
qattiqligicha qoladi, bu temperaturada esa ular suyuq holatga o’tadi. Amorf jismlar
22
qizdirilganda katta temperatura oralig’ida yumshaydi, avval ular qovushoq bo’lib
qoladi, so’ngra suyuq holatga o’tadi.
Ximiyaviy toza metall elementlari (masalan, temir, mis, alyuminiy va boshq.)
ancha murakkab moddalar hosil qilishi mumkin.
Ikki yoki undan ortiq (metall bilan metallning, metall bilan metallmas
moddaning yoki metallmas moddalarning) elementlarning aralashmasidan tashkil
topgan moddalar qotishmalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: