Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat
ramzlari. Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri - uning asosiy Qonuni - Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixiy rivojlanish ko'rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko'zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'ldi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta'minlash, uning mustaqil davlat sifatida e'tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish yo'1-yo'riqlari to'la mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitatsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari edi.
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xu-losaga kelindi. Ma'lumki, 1990-yil 24-martida respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qaror qabul qilib, O'zbekiston Prezidenti lavozimini ta'sis etgan edi. 1990-yil 1-noyabrda «O'zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» qonun qabul qilindi.
Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ish-lashni faollashtirishga vaziyat yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I. Karimov raisligida o'zining birinchi majlisi-ga to'plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog'liq barcha lashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olim-lardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil etildi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisining topshirig'i bilan 1991-yil boshlaridayoq bo'lg'usi konstitutsiyaning g'oyaviy mag'zi, ya'ni konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yaratildi. Respublika Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutinmg konsepsiyasi, Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsepsiyasi va Prezident devoni yuridik bo'limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos uchun qabul qilindi. U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazovor g'oyalari bilan boyitilib, umumlashgan, puxta, yagona g'oyaviy asos shakliga keltirildi. Konstitutsiyaviy komissiya va uning Raisi tomonidan ma'qullangan ana shu konsepsiya asosida bo'lajak Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo'lindi. U muqaddima, olti bo'limga bo'lingan 158 moddadan iborat edi. Ushbu loyiha yuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi.
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Konstitutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Majlisda Konstitutsiya loyihasini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi
Umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Shu davrda O'zbekiston Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo'ldi. Uning mazmuni shundaki, Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida (1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun yana ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va aniq-liklar kiritildi. Dastlabki variantdan 4 ta modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi.
Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqanida keltiramiz: Loyihaning 1-moddasida «O'zbekiston - demokratik respublika» deb yozilgan edi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» «so'zini qo'shib qo'ygan. Natijada bu modda «O'zbekiston - suveren demokratik respublika» tarzida bo'ldi.
Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha edi: «O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritdi. Ya'ni, respublikada davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab... amalga oshiriladi. Bu bilan Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi-dir» (7-m., 1-qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlik kuchaydi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992-yil 7-dekabrda bo'lib o'tgan majlisida Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-qizlar bilan erkaklar teng huquqli ekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi haqidagi moddalar bilan to'ldirishni taklif etdi.
1992-yil 8-dekabrda XP chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Sessiya ishtirokchilari yakdillik bilan 6 bo'lim, 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar.
Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o'z taqdirini o'zi belgilashi qoidasi mukammal tarzda o'rin olgan. Shu bois yangi Konstitutsiya xalq hokimiyati prinsipiga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. Xalq hokimiyati degan ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki ekanligini anglatadi. Xalq hokimiyati o'z vazifalarini ham bevosita, ham o'zi saylagan davlat organlari orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir». U xalq manfaatlarini ko'zlab amalga oshiriladi.
Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu tabiiy va o'tish davriga xos hodisa. Islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko'lami va miqyosi kerigaygani sayin, ular butun salmog'i bilan Asosiy Qonunda o'z ifodasini topishi va huquqiy asosiga ega bo'lishi lozim.
“O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun 1991-yil 18- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o'zligini ham aks ettiradi. Bayroqdagi moviy rang — mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang Sharqda azaldan qadrlanadi, o'z vaqtida buyuk Amir Temur ham o'z bayrog'iga bu rangni tanlagan. Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o'z yo'lida baland dovonlardan oshib o'tishi kerak. Bayrog'imizdagi oq rang yo'limizning musaffo va charog'on bo'lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo'llar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang — serne'mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari
keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir. Yarim oy — O'zbekiston xalqining ko'p asrlik an'analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar — musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog'imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o'lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.