Nazorat savollari:
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi normaning ahamiyati qanday?
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat tashqi siyosatining mazmun-mohiyati qanday yoritilgan?
Nima uchun ayollarning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini, ijtimoiy faolligini yanada oshirish turmushimizni farovon etish bilan uzviy va chambarchas bog‘liq?
Bagrikenglik tushunchasining mazmun-moxiyati nimada?
Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha qanday tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiq?
15-MAVZU. O’ZBEKISTON PANDEMIYA SHAROITIDA DAVLATIMIZNING XALQ SALOMATLIGINI ASRASH BORASIDAGI SAMARALI FAOLIYATI.
Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Talabalarga 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Kalit so‘zlar: Parlament, qonun ustuvorligi, modrnizatsiya, diversifikatsiya, baynalminallik, tolerantlik, paragmatik.
Asosiy masalalar (Reja):
1. Koronavirus pandemiyasi. Koronavirus kasalligining dunyo miqyosida tarqalishi oqibatida O’zbekistonga kirib kelishi.
2. Karantin choralari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida pandemiyaga qarshi kurashish borasida qo’yilgan muhim vazifalari. Davlat miqyosida maxsus komissiyaning tuzilishi, uning faoliyati.
3. Sinovli jarayonlarda aholini davlat ijtimoiy himoya tadbirlari bilan to’liq qamrab olish, sog’liqni saqlash va sanitariya-epidemiologia xizmatining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni o’z vaqtida aniqlash, ularga tibbiy yordam ko’rsatish.
4. Aholi salomatligini saqlash kasallikka chalinganlarga ko’rsatilayotgan yordamlar. Ta’lim tizimi faoliyatini masofaviy shaklga o’tkazilishi mamlakatimizda oliy o’quv yurtlari sohasining o’sib borishi.
Karantin davrida davlatimiz tomonidan aholini ish bilan ta’minlash kambag’allikini oldini olish borasida ko’rilgan chora tadbirlar. Mamlakatimiz iqtisodiyotini ko’tarish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar. Turizim sohasini yaxshilash, ichki turizmni rivojlantirish sohasida qilinayotgan ishlar ko’lami. Biznes va tadbirkorlikni yanada qo’llab quvvatlash borasida Prezident farmoni va qarorlari, ularning mazmuni va mohiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |