A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar



Download 6,84 Mb.
bet25/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

3. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. 2017 yildan e’tiboran yangi demokratik institut – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaat bilan chiqish instituti joriy qilindi. Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga har yili yo‘llaydigan ana shu Murojaatnomalarida belgilangan vazifalar milliy parlamentimizning, butun deputatlar korpusining faoliyatini tubdan modernizatsiya qilishning asosiy negiziga aylandi. Davlatimiz rahbari bu yangi an’anani parlament amaliyotiga kiritish taklifi bilan chiqdi. Ya’ni endilikda Bosh vazir hukumat a’zolari bilan birga O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi dorasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Senat va Qonunchilik palatasida har uch oyda hisobot berib boradi. Ushbu jarayonlar ommaviy axbort vositalarida tanqidiy-tahliliy asosda keng yoritiladi. Natijada xalqimiz Murojatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosi qanday holatda ekanligidan muntazam xabardor bo‘ladi4. Ushbu teran siyosiy va yuridik mazmun-mohiyatga ega bo‘lgan muhim institut parlamentning mamlakat hayotidagi roli va o‘rnini chinakamiga oshirish, O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi siyosiy yo‘lidagi muhim ustuvorliklar va vazifalar bo‘yicha ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlash uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.
Taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‘lgan 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Prezident Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib, “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish bu borada boshqa muhim masalalar qatorida davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash va ularning munosib ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish, ayni vaqtda mansabdor shaxslar javobgarligini oshirishni ham ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir, deb ta’kidlagan edilar5.
Ushbu Murojaatnomada “Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz”. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda deb ta’kidlagan edilar. Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o‘tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shug‘ullanishi bosh yo‘nalish bo‘lishi lozimligi uqtirildi. Shunday qilib mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev davlat rahbari sifatida islohotlarning ilk davridanoq mamlakatimiz siyosiy tizimining bir bo‘lagini tashkil etuvchi hokimiyat vakillik organlari ishiga katta e’tibor qaratib, deputatlarni xalqning haqiqiy vakillari, uning xohish-irodasi va manfaatlarining tom ma’nodagi ifodachisi sifatida e’tirof etgan holda, ular bilan uzluksiz muloqotda bo‘lib kelmoqda. Prezident tashabbusi bilan, deputatlarning har oy o‘n kun davomida bevosita saylov okruglarida ishlashi natijasida xalq noiblari o‘z saylovchilarining ehtiyojlari va muammolari to‘g‘risida axborot olishini ta’minlovchi barqaror mexanizm shakllandi. Shuningdek, ikki tomonlama hisobdorlik tizimi yaratildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishi ham yangi mazmun-mohiyat bilan boyidi. Parlament a’zolari bu Kengashlarning ishida doimiy asosda ishtirok eta boshladilar. Mahalliy va respublika darajasidagi deputatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan uzoq yillar davomida o‘z yechimini topmay kelayotgan ko‘plab masalalar tezkor ravishda hal etilmoqda.
Mamlakatimiz parlamenti faoliyatini modernizatsiya chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi uning rolini sezilarli darajada kuchaytirdi. Harakatlar strategiyasi umumjahon amaliyotida keng istemolda bo‘lgan bunday taraqqiyot dasturlarida nazarda tutilgan maqsadlarni vaqt, aniqrog‘i yillar hamda ularga mutanosib ravishda qabul qilingan davlat dasturlari kesimida realizatsiya qilib borish mexanizmi bilan farq qiladi. Bu, birinchidan ko‘zda tutilgan maqsadlar realizatsiyasi bilan bog‘liq vaqt omilining aniqligi, ikkinchidan, ushbu maqsadlarni ruyobga chiqarish imkoniyatlarining reallashuviga olib keladi6. Unda davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish imkoniyatini oshirish kabi maslalarga e’tibor qaratilgan7.
O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan milliy qonunchiligimiz tizimini insonparvarlik g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirish, oddiy odamlarning manfaatlarini davlat organlarining idoraviy manfaatlaridan ustun qo‘yish, davlat apparatini aholi, fuqarolik jamiyati institutlari bilan amaliy muloqotning faol sub’ektiga aylantirish bosh masala sifatida belgilandi. Mamlakatimiz rahbarining davlat hokimiyati turli tarmoqlarining o‘zaro bir-birini tiyib turish hamda muvozanatini saqlash mexanizmlari tizimida parlamentning rolini oshirishga qaratilgan tashabbuslari alohida ahamiyatlidir. Natijada Oliy Majlisning faoliyatiga hukumat ishi ustidan parlament nazoratining muhim turi — muntazam ravishda o‘tkaziladigan “hukumat soati” joriy etildi.
O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3755 sonli qaroriga muvofiq, istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashishi maqsadida O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratishchora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3755 sonli qarori bilan tasdiqlangan Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olio‘ bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘ytcha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi8.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish