Vakillik organlari-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99- moddasiga muvofiq, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari hisoblanadi. Vakillik organlari davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab, o‘z vakolatlari doirasidagi masalalarni hal etadilar.
Vakillik hokimiyati-ma’lum bir muddatga xalq irodasini ifoda etuvchi parlamentga o‘z vakillarini saylash, xalq manfaatlarini ifoda etish orqali hokimiyatni tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 76-moddasiga asosan, Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi hisoblanadi va u qonun chiqaruvchilik hokimiyatini amalga oshiradi
Vijdon erkinligi-insonning hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’kidlovchi, BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1981 yil 25 noyabrda qabul qilingan 36-55-Rezolyusiyasida qayd qilingan insonning asosiy huquqlaridan biri.Mazkur huquq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida qayd qilingan va 1998 yil 1 mayda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun tomonidan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasida kuch ishlatishni targ‘ib qilish, millatlar va diniy tashkilotlar orasiga nizo solish uchun dindan foydalanish va konstitutsion tuzum asoslariga qarshi qaratilgan harakatlar man etiladi.
Demokratiya (yunonchi “demos” xalq, “kratos” hokimiyat)-“xalq hokimiyati” ma’nosini anglatadi. Jamiyat taraqqiyotida davlatchilikning turli shakllari, binobarin, demokratiyaning ham turli tiplari yaratilgan. Insoniyat tarixida demokratiyaning boshlanish nuqtasi ham, tugash nuqtasi ham yo‘q. Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidanoq, demokratiyaning kurtaklari paydo bo‘lgan va xatto, eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham u o‘zining so‘nggi cho‘qqisiga erishganicha yo‘q. Demokratiyani bo‘g‘ish, unga rahna solish mumkin, lekin butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi. Har qanday davrning, har qanday jamiyatning va har qanday xalqning o‘ziga xos demokratiyasi bo‘ladi.
Demokratiyaning muhim xususiyati shundaki, unda xalq hokimiyati, ya’ni ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunish qoidasi, rasmiy ravishda e’lon qilinadi hamda fuqarolarning erkinligi va teng huquqligi e’tirof etiladi. Bu shartlar asosiy qonun-Konstitutsiyada aks ettiriladi.
Konstitutsiya (lotincha “constitutio” -tuzilish, tartib)-davlatning asosiy qonuni.
Ma’lumki, har bir davlatda, uning ichki va tashqi hayotini tartibga solish va davlat mexanizmining rejali ishlab turishini ta’minlab turish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |