A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 1,83 Mb.
bet191/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

AVLIYO BAHOVUDDIN ESHON. Bahovuddin eshonning qabri Xorazm viloyati Xiva tumanining SHixlar qishlog‘ida joylashgan. XVIII asrda Xiva shahrida tavallud topgan. Baxovuddin eshon Xivadagi maktab, madrasalarni bitkazib, Afg‘onistonning Karrux degan mavzesida joylashgan katta shayx-xalifalar ta’limni davom ettirigan. SHayxlik martabaasiga erishgach o‘z ona vataniga qaytgan va Xiva shahri yaqinidagi SHayxlar qishlog‘ida qorixona ochib, eshonlik bilan shug‘ullangan. Obidlik bilan shuhrat qozongan ulug‘ kishilardan bo‘lgan. Bahovuddin eshonning oltita o‘g‘li bo‘lib, ular ham otasidan eshonlik rasm-rusumlari va qoidalarini o‘rganib, otasidan keyin eshonlik ma’rtabaasiga erishganlar.

Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha Baxovuddin eshon o‘z davrida juda obro‘li va bilimli eshonlardan bo‘lib, u kishiga Xiva xonlari va aslzodalari xam e’tiqod qilishgan. Baxovuddin eshon shu sababli katta qorixona, xovli joy va katta miqdorda vaqf erlarga ega bo‘lgan.

Bahovuddin eshon so‘ngi vaqtlarda Xiva tumanining Pirnaxos degan qishlog‘ida masjid va qorixona qurdirib, o‘g‘li Boboxon eshonni shu masjid va qorixonaga SHayx qilib tayinlagan. Boboxon eshon esa o‘z navbatida so‘filar va xalqning yordami bilan, unga berilgan 15 tanob erdan keladigan va nazr-niyoz, xayr-ehsondan tushadigan daromad hisobidan YAngiariq tumanidagi (oldin Xiva shahridagi “Oq masjid”ning vaqf eri bo‘lgan) Oq masjid qishlog‘ida bir qorixona qurdirib, Xiva xonidan 40 tanob er olib u erga ham aholi yordami bilan bir qoriyxona qurdirgan va u erda o‘g‘li Fahriddin shayxlik qilgan. Faxriddin eshon ham o‘z navbatida so‘filar va shu qishloqning aholisi yordamida, 40 tanob erdan keladigan daromad va nazr-niyoz, xayr-ehsondan to‘plangan mablag‘ hisobidan katta masjid, maqbara, qoriyxona bunyod qildi.

Baxovuddin eshonning bunday saxiy, uddaburon, din xomiysi ekanini ko‘rgan Xiva xonlari uni doimo qo‘llab – quvvatlab turishgan. Bu kishi umrlarini oxirida Xiva xonidan 40 tanob er olib, Sayot qishlog‘ida ham qorixona ochib, bunga o‘g‘li SHamsiddinni shayx qilib qo‘ygan.

Baxovuddin eshon olamdan o‘tgandan keyin u kishi SHixlar qishlog‘ida dafn etilib, qabri ustiga baland peshtoqli xonaqo, gumbaz, qorixonalar va ziyoratchilar uchun turar joylar qurildi.

Xozirgi kunda Bahovuddin eshoning maqbarasi va uning atrofidagi qabriston saqlanib qolgan, lekin Sayod va Oqmachit qishlog‘ida masjid, qorixonalar buzilib, o‘rnida XX asrning 60 yillarida maktab binosi va kolxoz omborxonalari qurilgan.




Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish