A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Instituti “Ta'lim muassasalarini boshqaruvi” yo’nalishi 2-bosqich magistratura talabasi
Shokirova Dilnozaning “2020-2021-o’quv yili uchun magistratura talabasining kalendar ish rejasi” yuzasidan 2020-yil sentabr oylarida
bajargan ishlar hisoboti
Jizzax-2020
A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika instituti Ta'lim muassasalarini boshqaruvi yo’nalishi 2-kurs talabasi Shokirova Dilnozaning “ 2020-2021 o’quv yillari uchun magistratura talabasining kalendar ish rejasi” yuzasidan sentabr oyi
HISOBOTI
Ta’lim mamlakatning eng muhim sohalaridan biri bo’lib, uning rivoji, sifati ushbu davlatning istiqboli uchun nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda ta’lim sohasi yildan-yiiga o’zgacha ko’rinish kasb etmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimi juda yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, oily ta’limning o’zida ikki bosqichli o’qish tizimi mavjud. Ma’lumki, bakalavr yo’nalishini tugatgan talabalar ilmiy darajasini yana bir pog’onaga ko’tarish, bir so’z bilan aytganda ilm yo’liga qadam qo’yishlari uchun magistratura yo’nalishi mavjud.
“Pedagogika-psixologiya” kafedrasida ta’lim-tarbiya , o’quv va ilmiy ishlami tashkil qilishga asosiy e’tibor qaratilgan bo’lib, ushbu ishlar yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Buning natijasida fakultet kafedralari tomonidan mutaxassislar bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda. O’quv jarayoni davlat ta’lim standarti va malaka talablari , o’quv rejalari va fan dasturlari asosida tashkil qiiinmoqda. Magistraturada o’quv jarayoni JDPi ning professor, dotsent kabi malakali pedagog kadrlar magistratura mutaxassisliklari talabalariga dolzarb mavzular, o’quv seminarlar, muammoli ma’ruzalar tashkil etishdi. Ilmiy tadqiqot ishlarni dastur va tasdiqlangan kalendar ish rejamiz asosida olib bordik. Tanlangan magistrlik dissertatsiyalari mazvulari ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib bordik, ilmiy izlanishlarni
amaliyotda qo’llashni o’rgandik. Magistratura bo’limi talabalariga ilmiy rahbarlar rahnamoligida turli gazeta va jumallarga ilmiy maqola va tezislami chop etishga maslahatlar berilib, amaliy yordam ko’rsatildi. Biz sentabr oyi davomida “Pedagogika-psixologiya” yo’nalishining bakalavr va magistrlar o’quv rejalari, fan dasturlari bilan tanishib, tahlil qildik. Ulami ishlab chiqish mexanizmlarini o’rgandik. Belgilangan fanlardan o’quv dasturlari ishlab chiqish, dastur asosida fan mavzulari bo’yicha kalendar ish reja tuzdik.
Sentabr oyi davomida “Kasbga yo’naltirilgan ingliz tili”, “Angliya- Amerika adabiyoti XX-XXI asrlar II”, “Maxsus fanlami o’qitish metodikasi” fanlar asosida ma’ruza, semenar mashg’ulotlarini professor, dotsent o’qituvchilar bilan olib bordik. Mazkur fanlar yuzasidan berilgan topshiriqlami muntazam ravishda bajarishga harakat qildim. Ilmiy rahbarimning bu borada ko-rsatgan nazariy va ilmiy ko’rsatmalariga amal qilgan holda tadqiqot olib bordim.
O’quv yili boshida dars mashg’ulotlarida qatnashish bilan birgalikda asosan ilmiy faoliyatga fikr qaratgan holda ilmiy rahbarimiz bilan shu vaqtgacha dissertatsiya mavzuimizga doir to’plagan ma’lumotlami nechog’lik to’g’ri va qay yo’sinda fikr yuritsak yanada samarali bo’lishini maslahatlashdik. Ilmiy maslahatchimiz o’zlarining ilmiy mavzuda ish yuritish va ilmiy izlanishga doir fikrlarini bildirdilar va topshiriqlarini berdilar.
Xullas, sentabr oyida asosan o’quv yilining boshlanib olishi bilan birgalikda ilmiy faoliyatga chuqurroq yondashish xususida amaliy ishlar
olib bordik. Ilmiy rahbarimning bu borada ko’rsatgan nazariy va ilmiy
ko’rsatmalariga amal qilgan holda tadqiqot olib bordim. Olib borgan tadqiqotlarim davomida dissertatsiya ishimning muommoli va dolzarb bo’lgan jihatlarini o’rganib xalqaro ilmiy jumailar va konferensiyaiar uchun ilmiy materiallar tayyorlay boshladim. Yarim yillik o’quv yili davomida rejada berilgan fanlami a’lo baholarga o’zlashtirdim. Birinchi kurs davomida o’tilgan fanlar yuzasidan imtihonlami yakunladik. Jumladan egallagan bilimlarimni yana bir bor amaliyotda sinab ko’rdim va malakali pedagog ustozlarimizdan kerakli maslahat va tajribalami o’zim uchun qabul qiidim.
Do'stlaringiz bilan baham: |