2.2 Ekologik ta'lim-tarbiyaning yo’nalishlari
Ekologiyaning ta'lim-tarbiyaning asosiy yo'nalishlaridan biri jumhuriyatimizda tabiatni saqlash, uning turli boyliklaridan tejamkorlik bilan foydalanish borasida uzluksiz ekologik ta'limni tashkil qilish va shu sohaga oid umumiy ta'limni bog'chadan tortib turli korxonalarning xizmatchilari, rahbarlari orasida olib borishdan iborat.
Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:
1.Tabiat muhofazasiga oid ekologik ta'lim-tarbiyani kuchaytirish va to'g'ri yo'lga qo'yish uchun pedagogik tajribalar, kuzatishlar olib borish bilan bir qatorda o'quv darsliklarini yaratish, etarli darajadagi yuqori ma'lumotli mutaxasislar tayyorlash shart;
2.Ekologik ta'lim-tarbiyani hamma joyda aholining turli guruhlari o'rtasida uzluksiz olib borish, o'quvchilarga tabiatga mehr-muhabbat uyg'otish, ularning malakalarini oshirish, tabiiy boyliklarni saqlash, tejash borasida yoshlarni ekologik iqtisodchi qilib yetishtirish kerak;
3.Voqelikni o'rganish, muhitni muhofaza qilish borasida bog'cha, maktab bolalaridan toritib, yuqori yoshdagi rahbarlarda ekologik ta'lim-tarbiyaga nisbatan chidam, bartosh, toqat ko'nikmalar hosil qilib, ularga atrof-muhitga oid ta'lim beradigan qisqa va ko'p yillik kurslarni tashkil qilish shart;
4.Ekologik ta'lim-tarbiya olgan kishilar o'zlari yashab turgan joylarning ekologik holatidan xabardor bo'lishlari, yoshlarga o'rgatishlari, tabiatda biror-bir ekologik o'zgarish sodir bo'lsa, kerakli tashkilotlarga xabar berish yo'llarini bilishlari kerak.
Ekologik tarbiya. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichidan pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |