Asosiy qisim
Kurs ishi mavzusining maqsadi. Murakkab xulq-atvorga orgatish holatida (masalan, xat yozish ko'nikmasi, shaxslararo muloqot tartiblilikni hosil qilish) izchil yaqinlashish yoki shakllantirish metodidan foydalaniladi. Qadam-baqadam bosqichma-bosqich qo’llab-quvvatlash xulq-atvorni kutilgan yonalishga ozgartirishga bir necha marotaba qoshiladi. Orgatishning boshqa tamoyili qo’llab-quvvatlashning betoxtovligidir. Bolani mustaqil tartibli ovqatlanishga orgatishga muntazam qo'llab-quvvatlanadi: boshida bola orgatilganlarni tezda yodidan chiqarib qo'ysa-da, uni ruhlantirish har bir harakatlaridan faxrlanish, masalan, bola qoliga qoshiqni olib og'ziga olib borish harakati uchun uni maqtash kerak. Kutilgan natijaga faqatgina asta-sekin yaqinlashish natijasida bolada kiyim-kechak va stol ozodaligiga hamda tartibligiga erishish mumkin. B.F. Skinnerning takidlashicha, hatto verbal xulq-atvor yoki ogzaki nutq ham muvaffaqiyatli yoki izchil yaqinlashish orqali egallanadi. Lekin kopgina psixologlar operant asoslash tamoyilidan kelib chiqib tushuntirib bolmaydigan, ilk bolalik davrida nutqning bu qadar tez rivojlanishiga alohida urgu berib, bunday tarzda tilni ozlashtirish mumkinligiga mutlaqo qarshilar. Insonning ijtimoiylashuvi muammosi B.F.Skinnerning «Erkinlik va qadr-qimmatning boshqa tarafi» (1971), «Jamiyat va bixeviorizm haqida fikr-mulohazalar» (1978) kitoblarida tahlil qilingan. B.F.Skinner talimotida bolaning rivojlanishi bu qollab-quvvatlash yonalishi bilan muvofiqlikda uni meyoriy xulq-atvorga orgatishdir. Ilk bosqichlarda ijtimoiylashuv omillari va qollab-quvvatlash manbalari bolib, ota-ona hisoblanadi, keyinchalik, qollab-quvvatlash manbalarining soni ortadi: bular qoni-qoshnilar, maktab, tengdoshlar fikridir. B.F.Skinner «Inson xulq-atvori uning hayoti davomida ozgaradi va vaqti-vaqti bilan inqirozlar yuzaga keladi, degan fikrni qollab-quvvatlagan. Inqiroz holati muhitining shunday bir ozgalar tasirida yuzaga keladiki, unda individ xulq-atvor reaksiyalarining adekvat toplamiga ega bolmaydi. Muhit bolaning xulq-atvorini doimiy, uzluksiz va ketma-ketlikda shakllantiradi, deb hisoblagani uchun bixeviorizmda rivojlanishni yosh davrlarga ajratish (bolish) muammosi korib chiqilmaydi. Rivojlanishni davrlashtirish muhitga bogliq. Ushbu yosh davrida barcha bolalar uchun yagona rivojlanish qonuniyati mavjud emas: muhit qanday bolsa ushbu bolaning rivojlanish qonuniyati ham shunday boladi. Gap faqat malum bir konikmani shakllantirish orgatish bosqichlarini belgilash imkonini beradigan (oyinni rivojlanish bosqichlari yozishga yoki tennis oynashga orgatish) funksional davrlashtirishni yaratish haqida ketishi mumkin. 0rgatishning doimiy tajribasi boshqa psixologik maktablarda «Shaxs» deb nomlanuvchini yaratdi. Shaxsbu insonning butun umri (hayoti) davomida egallagan tajribasidir. Insonning (noyobligi) oziga xosligi irsiyat tavsif va orgatishning individual repertuarini oziga xos uygunligi biIan belgilanadi. Bunday tarzda psixik rivojlanish orgatish bilan tenglashtiriladi, yani har qanday bilim, konikma, malakani egallash bilan maxsus oqitish sharoitlarida va tasodifiy yuzaga kelgan holatlarda bilishga organgan. B.F.Skinner goyalari juda keng amaliy ahamiyatini topdi. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy qollab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qilgan. Ular taklifining aniq sohalari ortasida turli xil korinishdagi qorquv xavotirlanish va «yopishqoq» (miyaga ornashib qoladigan) holatlarni yengib otish destruktiv xulq-atvorni ozgartirish muloqot konikmalariga orgatish, oziga ishonchni mashq qilish, gipertenziya, muskul zoriqishlari, migren, xavotirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar otkazish. Operant metodikalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga, ruhiy kasalxona bemorlariga, qamoqxona mahbuslariga ham qollaniladi. «Jetonli taqdirlash», «Senzibilitatsiya va desensibilyatsiya», «toxtatilgan vaqt» yoki «taym-aut» metodikalari keng mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda dasturlashtirilgan oqitish B.F.Skinner tomonidan oylab chiqilgan tamoyillarga asoslanadi. Kopgina mutaxassislar «Xulq-atvor korinishi texnologiyasi»ning samaradorligini tan oladilar, biroq bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmiga moyilligini va rivojlanishning ichki omillarini (inson fikri, hissiyoti, qiziqishi) rad etilishini takidlaydilar va bu metodni haddan ziyod keng qollash mumkin emasligi haqida ogohlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |