A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta‘lim fakulteti pedagogika-psixologiya kafedrasi



Download 6,33 Mb.
bet34/178
Sana02.04.2022
Hajmi6,33 Mb.
#524342
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Ta‘limning ko‘rgazmali metodlari: ular shartli ravishda ikkiga bo‘linadi.


1. Illyustrastiya metodi: - plakat, xarita, doskadagi rasm, olimlarning portretlari, suratlar va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tugadi.


2. Namoyish qilish metodi - asboblar, tajribalar, texnik kurilmalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog‘liq. Namoyish qilish metodiga bog‘liq kinofilmlar va diafilmlar xam kiradi.


Ta‘limning amaliy metodlari: yozma mashqlar, ona tili va chet tili, matematika va boshqa fanlar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish mashqlari kiradi. Xuddi shuningdek, laboratoriya tajribalari, ustaxonalarda, o‘quv-ishlab chiqarish stexlari, o‘quvchilar brigidalarida mehnat topshiriqlarini bajarishllari ham ta‘limning amaliy metodidir.

    1. Ta‘lim vositalari: ta‘lim maqsadvni amalga oshirish yo‘lida xizmat qildirayotgan metodlarni muvaffaqiyatli chiqishida ishlatiladigan o‘quv asboblaridir. Ular issiqlik sig‘imini o‘lchash asbobi, kompyuterlar, EHMlar, logorifm lineykasi, apparat turlari, turli xil o‘quv asboblaridan tashkil topadi.




    1. Ta‘lim berish texnologiyasi-bu zarur bug‘in bo‘lib, amaliy fanlar va ta‘lim berish jarayonida ijodiy ko‘nikmalarni o‘zaro bog‘losh uchun xizmat qiladi. Bunda quyidagi o‘ziga xos muammolarni еchishga to‘g‘ri keladi:




  1. Kompyuterlarning o‘quv jarayonidagi o‘rni va vazifasi.

  2. O‘qituvchining ish sharoitlaridagi ahamiyati.

  3. O‘quv jarayonini kompyuter yordamida boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  4. O‘quvchilarning EHM bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish.

  5. Ta‘lim berishni individuallashtirish.

O‘quv metarialini tanlash va topshiriqlarni ishlab chiqish har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari asosida amalga oshiriladi. Muayyan o‘quv fanining qaysi bo‘limini o‘rganishni ta‘lim oluvchining o‘zi ko‘rsatishi mumkin. Bu holda JHM ko‘rsatilgan fan sohasiga doir topshiriqni ishlab chiqadi.


Keyingi yillarda intellektual ta‘lim tizimlari oliy va o‘rta ta‘lim maktablarining o‘quv jarayonigi mustahkam kirib, tobora ko‘p tarqalmoqda. Intellektual ta‘lim berish tizimi quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.





  1. Intellektual ta‘lim berish tizimlari ta‘lim berishni boshqarishning faqat natijasigagina qarab emas, balki masalani hal qilish jarayonida ham amalga oshiriladi.




  1. Ta‘lim berish oddiy tilda sodir etilar, hatti-harakatlarni rejalashtirish, ta‘lim berish strategiyasi muhokama etiladi.




  1. Ta‘lim oluvchi modeli ta‘lim jarayonida aniqlashtirishlari.




  1. Mazkur tizim ta‘lim berishning asosiy va yordamchi ta‘sirlarini tayyor holda olmaydi, balki ularni ishlab chiqadi.

Bunday tazimlarning afzalliklarini baholashda ularning imkoniyatlari, tajribalarni pedagogning faoliyati bilan solitshtiriladi.


Kompyuterli ta‘lim berishning tizimini tuzish uchun, eng avvalo, savollarning aniq tasnifini berish kerak. Savollar taxminan quyidagicha tasniflanadi:





  1. Berilgan savol o‘quv masalalarining qaysi sinfiga mansub (tushunishga oid masalalargami, reflekstiyagami, fanigami).




  1. Mazkur savol o‘quv faoliyatining qaysi jihatiga qaratilgan (mazmuniy, operastion, motivistion).




  1. Savol aniqmi yoki noaniqmi. U faollikning qaysi turini (unumli yoki unumsiz) dasturlaydi.




  1. Savollarning umumlashganlik darajasi.




  1. Ushbu tizim javobni tahlil qilishning turli usullaridan, shu jumladan, raqamli usuldan, muhim so‘z va so‘z birikmalari, etallonlar, shakliy ifodalar usullaridan foydalaniladi.

Ta‘lim berishning texnologiyasi-ta‘lim berishning umumiy nazariyasi bilan


uning amaliy tadbiri orasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir.
EHMdan foydalanish sharoitlarida mazkur texnologiya ta‘lim beruvchi dasturlar orqali amalga oshiriladi.

O‘quv jarayonida kompyuterdan samarali foydalanish uchun dasturlarni loyihalashning psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish lozim. Ta‘lim texnologiyasi ta‘lim beruvchi dasturlar vositasida amalga oshiriladi.





  1. Ta‘lim metodlari talabalarning yoshlariga, ular tanlagan kasb, ixtisoslik xarakteriga, o‘tilayotgan fanning o‘ziga xos xususiyatlariga, oliy o‘quv yurtining moddiy imkoniyatlari va sharoitiga, talabalarning bilim saviyasiga mos holda tanlanadi. Bu metodlar talabalarning ichki bor imkoniyatlarini ishga solishga, qobiliyatlarni tarbiyalashga, kasbiga xos fazilatlarni tarkib toptirishga, ularni o‘ylashli, izlanishga chorlaydi, muammoli vaziyatlardan mohirlik bilan chiqib ketishga, mustaqil, erkin fikrlashga, maqsad sari intilishga, tashabbuskorlik va tarbirkorlikka o‘rgatishga, kamolotga erishishiga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda barcha ta‘lim-tarbiya maskanlarida, jumladan, pedagogika institutlarida ham ta‘lim jarayonida yangi pedagogik texnologiya ta‘lim berishning eng samarali vositasi sifatida mustahkam o‘rin egallamoqda.




Pedagogik texnologi tushunchasi.


Texnologiya – bu biror ishda, kasb-hunarda san‘atda qo‘llaniladigan usullar majmuisidir.


Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonida amalga oshiriladigan sermazmun professional usullar majmuasi.


Pedagogik texnologiya – bu ta‘lim berishning va madaniy hamda insoniy qadriyatlarni, ularning o‘zaro aloqadorligini hisoga olgan holda bilimni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning sistemali metodidir.


Ta‘lim berish jarayonining asosiy sifatlari.


Mohiyati. Har qaysi pedagogik texnologiyaning aniq ilmiy tushunishdagi asosiy negizida falsafiy, psixologik, didaktik asoslash yotadi.


Tizimlilik. Tizimlilik belgilari–jarayon mantiqi, to‘liqligi, uning barcha bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligi.


Boshqaruvchanlik. O‘quv jarayonini loyihalash, natijalarni tuzatish maqsadida uslublarni va vositalarni o‘zgartirish, diagnoslik maqsadni o‘ylab topish qulayliklarini ko‘zlaydi.


Samaradorligi. Muayyan ta‘lim standarti xarajati va muvaffaqiyati kafolatining optimalligi.


Tiklanuvchanligi. Boshqa subyektlar bilan boshqa ta‘lim berish muassasalarida qo‘llash imkoniyatini ko‘zlash.


Savol berish san‘ati.

O‘qituvchi savollari–bu chuqur fikrlashning rivojlanishida ham susayishida ham qudratli vosita bo‘lib xizmat qiladi.


Savollar bo‘ladiki, tinglovchining fikrini chegaralashga, oddiygina eslashga olib keladi. O‘ylash jarayonini bartaraf qiladi va tinglovchi xayoliga ―fikrim hyech kimga kerak emas‖ degan tushunchani olib keladi.


Savollar bo‘ladiki, tinglovchini fikrlashga, o‘ylashga, faraz qilishga undaydi. Fikrlash darajasini oshiradi hamda tinglovchilarda o‘z mulohazalarining


loyiqligiga ishonch tug‘diradi. Keyingi paytlarda institutlarda ham, maktablarda ham ta‘lim jarayonida yangi-yangi usullardan foydalanilmoqda. Bular quyidagilar:



  1. Aqliy hujum.

  2. Klaster usuli.

  3. Sinkveyn usuli.

  4. Kubikcha usuli.

  5. Venn diagrammasi usuli




  1. Blum taksonomiyasi usuli.

  2. Insert usuli

  3. Modelli dars.

Pedagogik amaliyotda bir necha turdagi darslar o‘tiladi. Ulardan biri–modelli dars. Dars bir necha o‘quv pog‘onlarida bo‘ladi: yangi bilimni o‘zlashtirishga tayyorgarlik, yangi bilimni o‘zlashtirish, bilim olish, uchun mustahkamlash va sistemalashtirish, amaliyotda qo‘llash.


Modellik dars vaqt oralig‘i etaplarida quyidagicha ko‘rib chiqiladi:



  1. Tashkiliy ish.

  2. Chorlash bosqichi.

  3. Anglash bosqichi.ChAF

  4. Fikrlash bosqichi.

  5. Uyga vazifa.

Modelli dars barcha o‘tiladigan darslarning 75-80:ini tashkil qiladi. Modelli darsning hayotiy kuchi shundaki, u o‘quv-tarbiya jarayonining obyektiv qonuniyalariga, aqliy ish qobiliyatining o‘sish sur‘atiga boshqalardan ko‘ra ko‘proq moslashadi.


Modelli dasr tuzilmasiga uch bosqich kiradi.


Chorlash

Anglash ChAF


Fikrlash

ADABIYoTLAR



  1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. T.1996.

  2. Muvavvarov A.K. Pedagogika. ―O‘qituvchi‖. 1996.

  3. O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖. T. 1997.




  1. O‘quv qo‘llanma. T. 1996

9-MAVZU: TA‘LIMNI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI.



Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish