17
1.3 Nafas olish mexanizmi harakatlari
Nafas harakatlari nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati
qovurg'alarning ko'tarilishi va diafragmaning pastga tushishi orqali ta'minlanadi.
Qovurg'aiarning ko'tarilishi bo'yin va tashqi qovurg'alararo
muskullaming
qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning
muskullari qisqa¬rishi natijasida sodir bo'ladi. Bu harakatlar natijasida ko'krak
qafasining
hajmi kattalashadi, o'pka kengayadi va tashqi muhitdan o'pkaga havo
so'rib olinadi. Qovurg'alararo muskullarning faol ishtirok etishi bilan nafas olish
ko'krak bilan nafas oUsh deb ataladi. Diafragmaning ko'proq harakatianishi orqali
nafas olish qorin bilan nafas oUsh deb ataladi. Erkaklarda asosan qorin bilan nafas
olish, ayollarda esa asosan ko'krak bilan nafas olish harakatiari rivojlangan. Nafas
olish hara¬katiarining ko'krak yoki qorin orqali
bajarilishi odamning holatiga,
bajarayotgan ishiga ham bog'liq. Masalan, odam og'ir yuk ko'targan vaqtda ko'krak
qafasi va umurtqa pog'onasi yuk uchun tayanch vazifasini o'taganligi sababli
ko'krak qafasining harakati qiyinlashadi. Shuning uchun
nafas olish harakatida
asosan diafragma ishtirok etadi. Homilador ayollarda esa diafragmaning pastga
tushish harakati qiyinlashadi. Shu sababli nafas olish harakatiari qovurg'alararo
muskullarning qisqarishi orqali ta'min¬lanadi. Nafas
chiqarish harakati ichki
qovurg'alararo va qorin muskullarining qisqarishi orqali ta'minlanadi. Ichki
qovurg'alararo muskullar qisqarganda qovurg'alar pastga tushadi, qorin muskullari
qisqarganda diafragma yuqoriga ko'tariladi. Natijada ko'krak
qafasining hajmi
kichrayib, o'pkalarning torayishiga va ulardagi havoning tashqi muhitga siqib
chiqarilishiga sabab bo'ladi.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarida, ya'ni nafas
olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida ko'krak
qafasi va plevra
bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi (atmosfera bosimiga nisbatan 6 mm simob
ustuni chamasida past bo'lishi) muhim rol o'ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish
harakati vaqtida tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini ta'minlaydi.
Bundan
tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi qonning ko'krak
qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga so'rib olinishiga va yurakning o'ng
18
bo'lmasiga quyilishiga qulaylik yaratadi.Nafas olish va nafas chiqarish
harakatlarida, ya'ni nafas olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida ko'krak
qafasi va plevra bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi (atmosfera
bosimiga
nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past bo'lishi) muhim rol o'ynaydi. Bu
manfiy bosim nafas olish harakati vaqtida tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini
ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi
qonning ko'krak qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga so'rib olinishiga va
yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishiga qulaylik yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: