A. Qodiriy nomidagi jdpi aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika) yo’nalishi magistranti Esirgapov Ilyosning „Matematika o’qitish metodikasi
A.Qodiriy nomidagi JDPI Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika) yo’nalishi magistranti Esirgapov Ilyosning „Matematika o’qitish metodikasi kursi “umumiy matematika” bo’limini „Panjaradagi bir zarrachali sistemaga mos Shrodinger operatorining xos qiymatlari va xos funksiyalari mavzusidagi dessertatsiya ishiga ilmiy rahbar
Xulosasi Ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi mehanizmi. Ushbu mehanizmning yaxshi ishlashi ta’lim samaradorligiga bog’liq. Ta’lim samarali bo’lishi uchun uning mazmuni va metodikasi doimiy tarzda, uzluksiz takomillashib, kompleks ravishda olib borilishi kerak.
Bir zаrrаchаli diskret Schrödinger operаtorlаrining spektrаl xossаlаri keyingi yillаrdа fаol o’rgаnilmoqdа.Uzluksiz Schrödinger operаtori muhim spektrning chаpidа yotuvchi diskret spektri (xos qiymаtlаri)ning mаvjudligi fаqаt zаrrаchаlаr tа’sir energiyаsi gа bog’liq bo’lаdi.
Bir o’lchаmli pаnjаrаdаgi Schrödinger operаtorlаri uchun xos qiymаtlаrning mаvjudligi vа xos qiymаtlаr o’rnining kontаkt vа qo’shni tugunlаrdа juft-jufti bilаn o’zаro tа’sirlаshuvchi potentsiаlgа bog’liqligi ochib berilgan.
Schrödinger operаtori ning xos qiymаtlаri soni uchun chegаrаlаr [3] vа [4] mаqolаlаrdа keltirilgаn. Xususаn, operаtorning muhim spektridаn chаpdа xos qiymаtlаrning mаvjudligi ko’rsаtilgаn.
Dessertatsiyada keltirilgan metodik tavsiyalar tajribada tekshirib ko’rilgach va natijalari tahlil qilinib, samaradorligi aniqlangan.
Esirgapov Ilyos tomonidan bajarilagan dessertatsiya ishidagi ilmiy metodik izlanishlar to’liq yakuniga yetkazilgan va xulosalar chiqarilgan. Mazkur dessertatsiya ishi mavzusidan kelib chiqqan holda “Zamonaviy matematikaning nazariy asoslari va amaliy masalalari Respublika ilmiy-amaliy anjumani 28-mart 2022” dagi ilmiy amaliy-anjumanida “Panjaradagi bir zarrachali Shrodenger operatorining xos qiymati haqida” mavzusida ilmiy maqolalar chop etilgan.
Magistrant Esirgapov Ilyos ushbu ishni bajarish davomida ishga oid ko’pgina ilmiy va metodik adabiyotlarni, ilg’or o’qituvchilarning tajribalarini o’rganib chiqdi va pedagogik amaliyot davrida tajribalar o’tkazish bilan o’zining o’qituvchilik kasbiga mehr qo’yganligi, bilimdonligi, mehnatsevarligi, qo’yilgan maqsadga erishishga intiluvchanligini ko’rsata oldi.
Mazkur ish dessertatsiya ishlarga qo’yiladigan DTS talablariga to’liq javob beradi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib ushbu dessertatsiya ishini davlat attestatsiyasi hay’ati huzurida himoya qilishga tavsiya etaman.
SAMDU Amaliy Matematika
kafedrasining akademigi, f.-m.f.d., akademik Laqayev S.N.