Ijtimoiy yo'nalishdagi ob'ektlardagi xodisa va halokatlar bu: odamlar o'limi bilan bogliq bo'lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv o'tkazilishini hamda zarar ko'rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshq., shuningdek uy-joy sektori binolari konstruktsiyalarining to'satdan buzilishi, yonginlar, gaz portlashi va boshq.
Gidrotexnik halokatlarbu:
suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland toglardagi ko'llardan suv toshib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan xududlarda odamlar o'limiga sanoat va qishloq ho'jaligi ob'ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko'chirish tadbirlRadioaktiv va boshqa xavfli va ekologik jihatdan zarar bo'lgan moddalarni ishlatilishi yoki saqlanishi bilan bog'liq bo'lgan halokatlar
бу:
- sanitariya - himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo'lgan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yo'l qo'yiladigandan ko'p miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan texnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob'ektlardagi halokatlar;
- radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi halokatlararini talab qiladigan halokatli atrof-muhit va odamlar salomatligi uchun xavf tug'diruvchi radioaktiv chiqindilar to'plagichlardagi, chiqindixonalardagi, ishlam to'plagichlardagi va zaharli moddalar ko'miladigan joylardagi halokatlar (o'pirishlar);
radioizotop buyumlarning yo'qotilishi;
biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyor-lash, saqlash va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo'qotilishi bilan bog'liq vaziyatlar.
Shu bilan bir qatorda, yuqorida qayd etilganidek (455-sonli qarorning ilovasiga ko'ra) texnogen FVlar (FV paydo bo'lgan kunda) zarar ko'rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko'lamlariga (xududlar chegaralariga) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlariga bo'linadi.
Lokal - bu texnogen FVlar natijasida 10dan ortiq bo'lmagan odam jabrlanadi, moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo'lmaganni tashkil etadi hamda FV zonasi ishlab chiqarish yoki ijtimoiy maqsadli ob'ekt hududi tashqarisiga chiqmaydi.
Mahalliy - bu texnogen FVlar natijasida 10dan 500gacha odam jabrlanadi, moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 mingdan to 0,5 mln baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorni tashkil etadi hamda FV zonasi aholi punkti, shahar, tuman yoki viloyat tashqarisiga chiqmaydi.
Respublika - bu texnogen FVlar natijasida 500dan ortiq odam
jabrlanadi, moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 mln baravaridan ortiqni tashkil etadi hamda FV zonasi viloyat tashqarisiga chiqadi.
Transchegara - bu texnogen FVlar oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadi, chet elda yuz bergan va O'zbekiston xududiga daxl qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |