Birinchidan og'ir psixologik jarohat olgan insonni bir guruh odamlar ichida, qandaydir jismoniy ish berilsa, odam o'zini tezroq ruhiy tiklab oladi.
Ikkinchidan, insonga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida, doimo ekstremal sharoitlarda harakatlanishga tayyorgarlik ko'rish, psixologik barqarorlikni shakllantirish, irodani chiniqtirish lozim. Shuning uchun ham psixologik tayyorlanishni asosiy mazmuni bo'lib, kerakli psixologik sifatlarni hosil qilish va mustahkamlashdir. Bu erda asosiysi aniq xududda, aholi yashaydigan joyga yoki ob'ektda, imkon darajasida yaqinlashtirib, o'rgatishni tashkil etish lozim. Dadillik, sovuqqonlik, xavfli va murakkab sharoitlarda aql-idrok bilan fikrlashni, tarbiyalashni muhimligini ta'kidlash kerak. Bu sifatlarni hosil qilishni tabiiy ofat jarayonidagi ahvol bilan og'zaki tanishtirish mumkin emas. Faqat amaliyot vaqtida kerakli malaka va psixologik barqarorlikni, emotsional (his tuyg'u) irodani tajribasidan olish mumkin. Shuning uchun ham aholi bilan mashg'ulot o'tkazishda, ayniqsa harbiy qismlar bilan, kerakli harakatlarni faqat uzoqni tavsiflab, kino-videofilmlarni ko'rsatish bilan cheklanmasdan, albatta, shu joylarda uchrashi mumkin bo'lgan qutqaruv ishlarini usullarini amalda meyoriga etkazish kerak. Malaka hosil qilish asosida kerakli mashg'ulotlarni qayta-qayta takrorlab, kerakli harakatlarni ongli ravishda qaytarib turish kerak.
Uchinchidan, jamoani tayyorlash - korxonalarni, tashkilotlarni, muassasalarni, barcha xodimlarni bardoshligini oshirish, psixologik yuklamalarga, chidamligiga, dadil bo'lishiga, qo'yilgan vazifalarni bajarishga, uzluksiz intilish, o'zaro ta'sir va yordam ko'rsatish lozim. Bunday tayyorgarlikni tabaqalashtirish bilan o'tkazish, ya'ni har bir jamoa qanday ishlarga mo'ljallanganligini va aniq jamoa qaysi vaziyatga duch kelishini hisobga olish kerak. Va buni mashqlarda o'tkazish lozim. Fojiyaviy hodisalarni oqibatlarini bartaraf etish tajribasi - jamoani ma'naviy, intellektual va moddiy resurslarni bir joyga yig'ishni, aholini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga o'rgatishni ko'rsatadi.
Shuni esda tutish kerakki, insonlarni psixologik tayyorgarlik darajasi - muhim faktorlardan biri deb hisoblanadi. Kichkina sarosimalik va qo'rquvni ko'rsatish, ayniqsa avariyani yoki halokatni boshlanishida, tabiiy halokatni rivojlanishida, juda og'ir, bir xil hodisalarda esa to'g'rilab bo'lmaydigan, natijalarga olib kelishi mumkin. Birinchi navbatda bu mansabli insonlarga tegishli, darhol kerakli choralarni ko'rishi, jamoani mobilizatsiyalab (safarbarlik), shu bilan birga shaxsiy intizomini va matonatini ko'rsatishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |