Kasallik sababi
|
Klinik belgilari
|
Birinchi yordam
|
Bola daraxtga chiqib yiqildi va son sohasini teri butunligi buzildi va qon oqishi shish paydo bo’ldi.
|
1.Ko’rik o’tkazilganda o’ng son sohasida shish 2.jarohat 2x2, 5x2 sm kattalikda bo’lib, 3.jarohatning chetlari notekis .
4jarohatdan to’q rangdagi qon oqmoqda.
|
1. Qon ketishi vaqtincha to’xtatildi
2. Immobilizasiya bog’lam qo’yish.
3.tez yordam chaqirildi..
4. Qoqsholga qarshi em-lash uchun kasalxonaga jo’-natiladi.
|
Tashhis:
|
Labaratoriya mashg’uloti-1.YUMSHOQ TO’QIMALAR SHIKASTLANISHI VA UNDA 1 – TIBBIY YORDAM .
Darsning maqsadi: 1) talabalarga lat yeyish, uzilish, cho’zilish belgisi haqida tushunchalar berish. 2)mavzuni yangi innovatsion texnologiyalar ( muammoli
masala , o’z o’rnini top, QQQ) usullarni qo’llagan
holda yoritiladi
Darsning ta’minoti: tablisalar, ta rqatma materiallar
I-Guruh
Lat yeyish – teri yuzasining butunligiga zarar yetmasdan turib, yumshoq to‘qimalarning mexanik shikastlanishi. Kishini zarb bilan urganda yoki u qattiq joyga yiqilganda lat yeydi.
Yengil, o‘rtacha va og‘ir lat yeyish kuzatiladi, uning yengil yoki og‘irligi mexanik ta’sir qiluvchi jism yuzasining o’lchami va ta’sir tezligiga, shuningdek, to‘qimaning tuzilishiga bog‘liq. Ko‘pincha teri va teri osti yog‘ qatlami, muskullar, suyak pardasi, boldirning oldingi qismi, kalla suyagi gumbazi lat yeydi. Shikastlangan joyda og‘riq va shish paydo bulishi Lat yeyishning asosiy belgisi hisoblanadi. Shish kattalashib, atrofga tarqalgan sari og‘riq kuchayishi mumkin.
Lat yeyish hayot funksiyalarining vaqtinchalik buzilishiga sabab bo‘ladi, masalan, ko‘krak qafasi qattiq lat yeganda nafas olish qiyinlashadi. Boshning lat yeyishi miya chayqlishiga olib keladi yoki quyilgan qon miyani ezib qo‘yadi. qrin lat yeganda jigar va ichak yorilishi mumkin. Shikastlangandan so‘ng to‘qimalarga qon quyilishining oldini olish uchun lat yegan joyga sovuq narsa qo‘yish (muz xalta yoki sovuq suvga latta ho‘llab bosish) kerak. Shikastlangan a’zoni qimirlatmay, mahkam qilib bog‘lash lozim. Qattiq lat yeganda (bosh, ko‘krak qafasi, qorin shikastlanganda) kuchli og‘riq paydo buladi, bemorning umumiy ahvoli og‘irlashib, boshi og‘riydi, ko‘ngli aynib, qayt qiladi. Bunda shikastlangan kishini darhol vrachga ko‘rsatish lozim. Gematoma (gemo... va yun. ota — o‘sma) — to‘qima orasiga va tana bo‘shliqlariga qon quyilishi. Turli shikastlanishlar, lat yeyish, suyaklar sinishi, chiqishi va b. oqibatida ro‘y beradi. Yumshoq to‘qimalar ezilishidan paydo bo‘lgan kichikroq Gematoma. bir oz shishib, og‘riydi, o‘sha soha mo‘mataloq bo‘lib, qontalashadi. O‘z vaktida to‘g‘ri davo qilinsa, hech bir nuqsonsiz tuzalib ketadi; asosan shu sohaga orom beriladi, sovuq qilinadi va bog‘lab qo‘yiladi. Hayot uchun muhim a’zolar (bosh miya, jigar va b.) zararlangan bo‘lsa, zudlik bilan vrachga murojaat etish zarur, aks holda og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Lat yeyish daganda zarb ta`sirida yumshoq to‘iqmalarninig anatomik o‘zgarishsiz shikastlanishi tushuniladi. Bir joyninig og‘rishi, to‘qimalarninig shishuvi,teri sezuvchanligininig uzgarishi, qon quyilishi (gematoma) kuzatiladi. SHikastlangan organ funksiyalari buzilishi mumkin. Gematoma (qon quyilgan joy) rangi pigmentninig asta- sekin parchalanishi munosabati bilam tuk qizil, ko‘kimtir, yashildan to sariq ranggacha o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |