A qodiriy nomidag jizzax davlat pedagogika instituti biologiya va uni o



Download 5,19 Mb.
bet36/144
Sana27.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#512548
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   144
Bog'liq
Эсанқулова Д. Алмаматова З. hayot faoliyat xavfsizligi

2 - rasm.

Uchsoy to'g'oni yorilsa turli tog' jinslari va suvlarning 11,5 km3 katta miqdordagi massasiga ega bo'lgan ko'chki, 100 m balandlikni tashkil etib, 80 km/soat tezlikda Bartang, Panj, Amudaryo daryolarini qamrab, bosish ehtimoli bor.


To'g'onning buzilishidan so'ng toshqin 35 soatdan so'ng Termez shahriga, 52 soatdan so'ng Kerki shaxriga, 71 soatdan so'ng Chordjou shahriga, 100 soatdan so'ng Tuya-Mo'yin suv omboriga, 124 soatdan so'ng Nukus shahriga, 149 soatdan so'ng Orol dengiziga etib boradi. O'zbekistonda toshqqin bosadigan maydon 24 ming km2ni tashkil etib, bunda Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasidan o'tadi.
Oxirgi 50 yil ichida bo'lib o'tgan kuchli zilzilalar ichida vayronagarchilik va qurbonlar miqyosiga ko'ra Ashxabod, Toshkent va boshqalar ajralib turadi. 1948 yilgi Ashxabod 8-9 balli zilzila oqibatida 100 ming odam halok bo'lgan.
1966 yildagi Toshkent zilzilasida er silkinishining kuchi noto'g'ri talqin qilingan (5-5,5 ball deb e'lon qilingan), hamda silkinish bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan. Toshkent zilzilasida ham ko'p uy-joylar vayron bo'lib, odamlar uysiz qoldilar. Ilgarigi Toshkent shahridagi bir qancha uylar er silkinishiga uncha chidamaydigan darajada qurilganligi sababli ularning ko'pchiligi yaroqsiz holatga kelgan. Ammo o'sha vaqtda moddiy zarar miqdori hech qaerda yozilmagan edi.
Suv toshqini ham Markaziy Osiyoda uchraydigan tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi hisoblanadi. Suv toshqini - daryo, ko'l, xovuz-lardagi suv sathining keskin ko'tarilishi natijasida ma'lum uchastkadagi erlar suv tagida qolishiga aytiladi.
Suv toshqiniga turli omillar sabab bo'ladi:

  1. Kuchli yomg'ir yog'ish oqibatida (jala, sel quyishi);

  2. Qorlarning surunkali erishi natijasida;

  3. Kuchli shamol esishi natijasida;

  4. Suvlardagi muzliklarni yig'ilib, damba hosil qilishi;

  5. Tog' jinslariniig nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv saqlash omborlarining dambalari buzilishi oqibatida.

Kuchli yomg'ir yog'ishi natijasida suvlarning sathi keskin ko'tarilib, daryo, ko'llarga sig'maydi va natijada ekin maydonlarni, turar joy massivlarini, yo'llarni suv bosadi va ularni izdan chiqaradi. Bulardan tashqari elektroenergiya, aloqa uzatgichlar, melliorativ sistemalar ishdan chiqadi, chorva mollari, qishloq xo'jalik ekinlari yuk bo'lib ketadi, xom ashyolar, yokilgi, oziq-ovqatlar, mineral o'g'itlar va boshqalar buziladi yoki yo'q bo'lib ketadi. Buning natijasida juda katta moddiy zarar ko'rilib, insonlar o'limiga sabab bo'ladi.
Suv toshqini ofati Markaziy Osiyo ning turli joylarida, jumladan O'zbekistonda ham tez-tez bo'lib turadi. Masalan, 1992-95 - yillarda ko'pgina viloyatlarda Xorazm, Buxoro, Surxandaryo, Kashkadaryo, Jizzax, Sirdaryo va boshqa joylarda juda katta ekin maydonlari suv ostida qolib, oqibatda katta mikdorda moddiy zarar ko'rdi.
Oqar daryolarda suvlarning satxida muzliklar xosil bo'lishi va bu muzliklar yig'ilib suvning oqimiga qarshi to'siqlar (damba) xosil qilishi natijasida ham suv toshqini bo'ladi. Bu xildagi toshqin 1992-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasida Amudaryo oqib o'tadigan uchta rayonda kuzatildi. Bu ofatning oldini olish uchun hamma omillar bajarila bordi va oxir-oqibatda harbiy samalyotlar yordamida to'siqq bolib turgan muz to'g'onlarini portlatish yo'li bilan amalga oshirildi. Bunday holatlardagi suv toshqini dunyo mikyosida tez-tez bo'lib turadi. Yana suv toshqiniga suv saqlanadigan omborlarning dambalari turli sabablar bilan buzilishi oqibatida ham sodir bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda mana shunday suv saqlanadigan omborlar soni 27ta bo'lib, ulardan 10tasi Respublikamiz chegarasidan tashqarida joylashgan. Jumladan Chorvok suv omborida 2 mlrd/m3 suv saqlanib, agar uning platinasi buziladigan bo'lsa suv 5-6 m. qalinlikda 46 km/soat tezlik bilan harakatlanib Toshkent shahri batamom suv ostida qolishi mumkin. Shunga o'xshash katta hajmdagi suv Qayroqum suv omborida 4 mlrd/m3, Tuya-Mo'yin suv omborida 5 mlrd/m3 va boshqalarda saqlanadi. Shuning uchun bunday ombor-larni saqlash uchun hamma turdagi omillar ishlab chiqilgan bo'lishi zarur.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish