1. Sharqiy Turkistonliklar sardori Yusufxo’janing qayerni egallash uchun amalga oshirga harbiy harakatlari Xitoy hukumatini qattiq tashvishga solib qo’ydi?
a) Qashqarni b) Yorkentni c) Sharqiy Turkistonni d) Uyg’urlar hududini
2. Buxoro amirligida vaqf mulkini kimlar tasarruv etishi belgilab qo’yilgan edi?
a) vaqfchi b) shayxulrais c) mutavvali d) mutakkalim
3. Amirlikda to’plarning sozligi kimlarning nazoratida bo’lgan?
a) fors va turklar b) turk va yovmutlar c) rus va fors d) rus va turkman
4. Zarurat taqozo etganda bir necha polk sardori maqomida qaysi lavozim bajargan?
a) parvonachi b) dodxoh c) naqib d) vaziri harb
5. Amirlikda ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bilan shug’ullangan lavozim egasi?
a) mirob b) otaliq c) amin d) qoriya
6. qishloqlar uchun ajratilgan suvning ariqlar bo’yicha to’g’ri taqsimlanishini ta’minlagan lavozim egasi?
a) hazora b) otaliq c) mirob d) devonbegi
7. 300 tanob va undan kam yeri bo’lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa ……..deb atalgan.
a) hazora b) marza c) qoriya d) bir tuman
8. 1804-yilda qo’zg’alon ko’targan va Dinnosirbek hokimlik qilayotgan hududni ko’rsating?
a) Marv b) Xo’jand c) O’ratepa d) t.j.y
9. “Buxoro shoirlari taxtida sulton” deb ulug’langan shoirni ko’rsating
a) Turdi Farog’iy b) Bedil c) Ahmad Yassaviy d) Sayido Nasafiy
10. Shayboniyxon madrasasi qayerda bunyod etilgan ?
a) Samarqanda b) Buxoroda c) Xurosonda d) Toshkenta
11. 1998-yil tavalludining 170 yilligi keng nishonlanib, Bozatov va Nukusda haykal qo’yilgan shoir kim?
a) Ajiniyoz b) Berdaq c) Kunxo’ja Ibrohim d) Jiyen Jirov
12. “O’rta Osiyo bo’ylab sayohat” asari muallifi kim?
a) A. Jenkenson b) R. Baziner c) X. Vamberi d) N.I.Muravyov
13. Nechanchi yilda Xiva xonligiga tegishli bo’lgan xujjat Peterburg shahriga olib ketildi?
a) 1962 b) 1872 c) 1874 d) 1873
14. 1804-yilda yozilgan “Savodi ta’lim ” asarining muallifi kim?
a) Ogahiy b) Hamadoniy c) Hasanbek Rumlun d) Amir Avazbiy o’g’li Shermuhammad
15. 1842-yilning 27-dekabridia Xiva-Rossiya o’rtasida imzolangan “Majburiyatlar akti” ni Rossiya tomonidan kim imzoladi?
a) G.Danilevskiy b) Baziner c) V.Perovskiy d) Murkford
16. Afg’onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan shox Mahmudga yordam bergan Xiva xoni ………
a) Ollaqulixon b) Muhammad Rahimxon I c) Elbarsxon d) Avaz Muhammad
17. Xiva xonligining Buxoro, Eron, va Afg’oniston bilan savdo qiluvchi savdogarlari…….deb atalgan.
a) xivachi b) buxorochi c) xitoychi d) mahram
18. Xiva shahrida 7 nafar muftiyga kim rahbarlik qilgan?
a) qozi kalon b) qozi o’rda c) a’lam d) muftiy qozi
19. A.Bahodirxon ko’chib kelgan 32 ta o’zbek qabilasini 4 guruhga bo’lib ularga kimni rahbar qilib qo’ygan?
a) qo’shbegi b) biy c) botirlar d) inoq
20. Kim Pahlovon Mahmud maqbarsiga dafn etilgan?
a) Muhammad Rahimxon I b) Elbarsxon C) Ollaqulixon d) t.j.y
21. Poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida kiritgan ijodkor kim?
a) Sadiy Sheroziy b) Ogahiy c) Gulxaniy d) Uvaysiy
22. Qoqon xonligida o’z tig’iga ega bo’lgan harbiy bo’linma boshlig’i……
a) valiy b) to’qsabo c) mingboshi d) qo’rboshi
23. Amir al –muslimin unvonini kim oldi?
a) Umarxon b) Shohmurod c) Ollaqulixon d) Olimbek
24. 1859-yilda qaysi xiva xoni qaraqalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o’zini-o’zi boshqarish huquqini berdi?
a) Muhammad Rahimxon I b) Said Muhammad c) Ollaqulixon d) Elabarsxon
25. 1797-yilda amir Shohmurod kimni Rossiyaga elchi qilib yubordi?
a) Polvonquli qurchi b) Ernazarbiy c) Ibrohimbiy d) t.j.y
26. Kimning hukumronligi davridan amirlikda muntazam qo’shin tuzushga kirishildi?
a) Amir Nasrullo b) Doniyolbiy c) Amir Haydar d) Muhammad Rahimbiy
27. “Do rush-shifo” ni Subhonqulixon qayerda qurdirdi?
a) Samarqanda b) Marvda c) Xurosonda d) Buxoroda
28. To’lg’ama jang usulini qo’llagan sarkarda?
a) Amir Haydar b) Amir Nasrullo c) Shayboniyxon d) Jonibek Sulton
29. Davlatshayx vafot etgandan nechi yil o’tib Abulxayrxon “O’zbek ulusi” deb nomlangan davlatga asos soldi?
a) 3 yil b) 2 yil c) 1 yil d) 4 yil
30. Kimning kaltabinligi tufayli Shayboniyxon Samarqand taxtini jangsiz egalladi?
a) Bobur Mirzo b) Abu Said Mirzo c) Sulton Ali Mirzo d) Muzaffar Mirzo
Do'stlaringiz bilan baham: |