8.*HISOR DAVLAT QO`RIQXONASI Qashqadaryo viloyatida Hisor tizmasining
g’arbiy yonbag’rida dengiz sathidan 1750 m dan 4349 m gacha balandlikda joylashgan. 1983
yilda ikki davlat qo`riqxonasi-Qizilsuy va Miroqin ko`riqxonalarining birlashishi natijasida
tashkil qilingan. Hozirgi paytda bu O`zbekistondagi eng katta qo`riqxonadir. Umumiy maydoni
80986 ga ni tashkil qiladi. Qo`riqxonada o`rmon, dala ekotizimlari ajralgan; o`rmon bilan
qoplangan maydoni 56678,1 ra; yaylovlar mavjud; daryo va ko`llarga 171 ga to`g’ri keladi;
botqoqliklar 511 ga; qiyaliklar va tog’ yonbagridagi to`kilmalar 31819 ga ni tashkil qiladi;
yo`llar, shudgor va kamishzor dalalar mavjud. Qo`rikxonaning asosiy o`rmon hosil qiluvchi
o`simliklari zarafshon va yarim shar shaklidagi archalar hisoblanadi. Umuman olganda
muhofaza etiladigan hududdagi o`simliklar O`rta Osiyo tog’lari uchun odatiy bo`lib, uning katta
qismi tor endem o`simliklaridir. Ba`zi hisoblarga qaraganda tomirli o`simlik turlarining umumiy
mikdori 800-900 dan kam emas. Murakkabguldoshlar (Compositae), dukkaklilar (Leguminosae),
butguldoshlar (Craciferae), donlilar (Gramineae), soyabonlilar (Umbelliferae), labguldoshlar
(Labiatae) turlari ko`plab uchraydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob
turlardan qo`riqxona hududida 32 turdan kam bo`lmagan tomirli o`simlik turi o`sadi.
Qo`riqxonaning hayvonot olami boy, turli-tuman va tog’li o`rmonlarga xos bo`lgan deyarli
barcha turlarni qamrab oladi. Qo`rikxonada 2 turdagi baliq, 19 turdagi amfibiya va reptiliya, 103
turdagi uyali qushlar, 28 turdagi sut emizuvchi yashaydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil
kitobiga oqtirnoq ayiq, ilvirs, Turkiston silovsini, eron kunduzi, kushlardan: burgut, boltayutar,
itolg’i, kumoy, kichik burgut kiritilgan. Qizilsuy uchastkasidagi Osmontalash cho`qkisi eng
yuqori nukta — dengiz sathidan 4000 m dan baland, aynan shu erda Sibir’ ko`zisi, ilvirs, ular va
kizil sug’ur yashaydi. Sudralib yuruvchilardan suvilon, chiporilon, ko`lvor ilon, turkiston
agamasi, Osiyo ilonquyrug’i va boshqalar uchraydi. Tojikiston bilan chegarada qo`rikxonaning
eng yirik daryolaridan biri Oqsuv havzasida eng yuqori cho`qqili Gilon uchastkasi joylashgan.
Uning balandligi dengiz satqidan 2500 dan 4300 m gacha oraliqda. Bu uchastkada
O`zbekistondagi eng yirik Severtsov muzligi mavjud. Hisor davlat ko`riqxonasi O`zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat ko`mitasi tizimiga kiradi va Davbionazorat
tomonidan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |