1979 yilda tashkil etilgan. Maydoni-3938 ga. O`zbekiston Respublikasi
Geologiya va mineral
resurslar davlat qo`mitasi tasarrufida. Qo`riqxonada hududida – hayvonlarning 168 turi,
shundan
10 turi O`zbekiston Respublikasi
Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 800 turi, shundan 22
turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Bu qo`riqxonada qoyali tog’lar muhofaza qilinadi. Tog’
jinslari kesmasidagi Erning
400—500 million yillar oldingi geologik davri tarixi boshqa qatlamlarda bunchalik aniq
ko`rinmaydi. Qo`riqxonada marjonlar, mollyuskalar, dengiz liliyalari, qadimgi umurtqalilar—
grantolitlar, kosali baliqlarning izlari topilgan. Ana shularga qarab bundan 400—500 million
yillar, avval tabiat qanday bo`lganini bilish mumkin. Kelajakda O`zbekistonda
tabiatni muhofaza
qiladigan qo`riqxonalar soni oshib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: