Tadqiqot obyekti – O’zbekiston Respublikasi yoshlar mehnat bozori.
Tadqiqot predmeti – mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini oshirishda davlat siyosatida amalga oshadigan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar majmuasi.
Tadqiqotning nazariy va metodologik asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo’nalishdagi bozor iqtisodiyotiga oid asarlari, aholining ish bilan bandligi, mehnat bozori hamda vatanimiz olimlarining olib borgan ilmiy ishlari xizmat qildi.
Tadqiqot ishida O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlari manba sifatida ishlatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |