Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar tizimi
Korxonaning mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishi va sotishi bilan bog’liq
ko’rsatkichlari ham tahlilda muhim o’rin egallaydi. Bularga mahsulotni (ish,
xizmatni) ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq ko’rsatkichlar tizimi kiradi.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq ko’rsatkichlarga ishlab chiqarilgan mahsulot (ish,
xizmat) hajmi (natural miqdori va qiymatida), tovar mahsuloti kabilar kiradi.
Hozirgi erkin iqtisodiyot sharoitida mahsulotni (ish, xizmatni) ishlab chiqarish
masalaning bir tomoni. Eng asosiysi ularni sotishdir. Shu tufayli iqtisodiy tahlilda
mahsulotni (ish, xizmatni) sotish hajmi muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli
ko’pgina hisobotlarda faqat sotilgan mahsulot hajmi ko’rsatiladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |